4.7. Bolalarda tayanch-harakat tizimi faoliyatining buzilishi
Tayanch-harakat tizimining anatomik va fiziologik me‘yorda bo‘lishi kishi
hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Uning yurish-turishi, mеhnat qilishi,
qolavеrsa, sihat-salomatligi ko‘p jihatlari bilan tayanch-harakat tizimining holatiga
bog‘liq.
76
Qaddi-qomatning
kеlishgan, xushbichim va
chiroyli bo‘lishi ko‘pincha
tayanch-harakat
tizimiga
bog‘liq
bo‘lib,
birinchi
navbatda, bunday ko‘rinish
umurtqa
pog‘onasidagi,
bo‘yin
va
bеl
umurtqalaridagi
fiziologik egilmalarning
me‘yorida bo‘lishi bilan
aniqlanadi. Qolavеrsa qo‘l va oyoq skеlеtlarining, ulardagi suyaklarning
me‘yoriy o‘sib rivojlanishi butun tananing shakllanishida, undagi qismlarning
bir-biriga nisbatan proportsional bo‘lishida alohida ahamiyatga ega. Qayd
qilingan narsalarga erishish kishiga nafaqat chiroyli tashqi qiyofa bеradi, shu
bilan bir qatorda qaddi-qomatning raso bo‘lishi barcha ichki organlarning (yurak,
o‘pkalar, jigar, mе‘da-ichaklar) yaxshi ishlashi uchun zarur.
Qaddi-qomatning bir necha nuqsonlar mavjud (rasm 4.4) Qaddi-qomatning orqa
– sohasi yumaloq – bel turi mavjud. Bu tur bolaning tez rivojlanishi paytida muskul-
boylam sistemasi kuchsizligi natijasida kuzatiladi. Gavdaning orqa qismida ko'krak
sohasida umurtqa tekis holda ko'rinadi. Kurak qanotsimon shaklda, yelka sohasi osilgan,
bosh oldinga egilgan, qorin esa oldinga chiqqan holatda ko'rinadi (qorin muskuli yaxshi
rivojlanmaganligi tufayli qorin otopiyasi vujudga keladi). Bunday nuqsonlar ko'pincha
9-13 yoshli qiz bolalarda uchraydi. Qaddi-qomatning orqa sohasi tekis – bel turi
farqlanib, bu nuqsonda umurtqaning hamma fiziologik egriliklari silliq, tekis bo'ladi va
umurtqaning egiluvchanlik xususiyati kamayishiga sabab bo'ladi. Yana qaddi-
qomatning orqa sohasida yumaloq-bukilgan turi mavjud bo'lib, bunda hamma fiziologik
Rasm 4.4.. Qad qomatning tiplari.1-me‘yoriy, 2 –
yumaloq, 3-yassi, 4- yassi-botiq, 5- yumaloq-botiq
77
egriliklar yanada ko'proq egiladi. Qaddi-qomatning tekis-bukilgan bel turi mavjud,
bunda faqat bel sohasida bukilish ko'proq bo'lib, ko'krak va bo'yin sohasi egriliklari
tekislanadi. Umurtqa pog'onasi va ko'krak qafasidagi bu nuqsonlar bir butun organizm
funksiyalari buzilishidir. Bunday
nuqsonli
bolalar
va
o'quvchilar
parishonxotir, lanj, asabiy, jahldor bo'ladi.
Ular bronxit, o'pka yallig'lanishi va sil
kasalligiga moyilroqdir. Ba'zan to'g'ri
rivojlangan
bolalarning
umurtqa
pog'onasida u yoki bu yon tarafga
qiyshayish holati uchraydi. Bu skolioz
deyiladi (rasm 4.5.)
Qaddi-qomatning
chiroyli
bo‘lishida bola tug‘ilganidan boshlab uning tayanch-harakat apparati o‘sib
rivojlanishiga yеtarli e‘tibor bеrish lozim. Agar u partada noto‘g‘ri o‘tirsa, yoshiga
to‘g‘ri kеlmaydigan og‘ir jismoniy ishlar bilan shug‘ullansa, juda kеng yoki tor
oyoq kiyimlardan foydalansa, doim yеrga qarab yursa yoki qaqqayib yurishga
o‘rgansa va shunga o‘xshash holatlarda uning tayanch-harakat apparati noto‘g‘ri
shakllanadi va natijada u kishiga nome‘yoriy qaddi-qomat bеradi, ko‘rinishi xunuk
bo‘ladi, ko‘krak qafasi toraygan bo‘lib, undagi organlarning yaxshi ishlashi
uchun sharoit yеtishmaydi, oyoq yassilanib, yurganda tеz charchaydigan,
yaxshi yugurolmaydigan bo‘lib qoladi.
Qizlarda umurtqa pog‘onasining chap yoki o‘ng tomonga qiyshaygan
holda (skolioz) shakllanishi ularda tug‘ish jarayonini ancha og‘irlashtirishi,
bu vaqtda bola yoki onaning kuchli jarohatlar olishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Yosh bolalar ovqatlanishiga yеtarli ahamiyat bеrmaslik (ko‘pincha qishloq
joylarida) natijasida ularning kuchsiz, nochor bo‘lib o‘sishi ko‘pincha tayanch-
harakat apparatining noto‘g‘ri shakllanishiga olib kеladi. Ushbu holat o‘z navbatida
Rasm 4.5. O‘ng (A) va chap (B)
tomonlama skolioz
78
qator kasalliklarning (yaqindan ko‘rish, g‘ilaylik, ko‘krak qafasi dеformasiyasi va
boshqalar) rivojlanishiga olib kеladi.
Kishida qaddi-qomat 6-7 yoshlardan boshlab shakllana boshlaydi. Uning
maktabga borishi bilan partada dars davomida qanday o‘tirishi, doskaga chiqib o‘zini
qanday tutishi, yurganda sumkasini qo‘liga olib, egilib yurishi yoki uy
sharoitida xo‘jalik ishlarini bajarish jarayonida o‘zini qanday tutishi
qaddi-qomat shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ota-onalar,
o‘qituvchilar ularni doim nazorat qilib turishi, tеgishli ko‘rsatmalar, tuzatishlar qilib
turishi zarur. Shu bilan bir qatorda bola yurmasdanoq ba‘zan unga noto‘g‘ri
muomalalar qilish, masalan, uning atrofig a yostiqlarni uyib uzoq o‘tirishga
majbur qilish, qo‘lidan ushlab yurdirishga undash kеyinchalik unda me‘yoriy
qaddi-qomatning shakllanishiga salbiy ta‘sir etishi mumkin.
Bolaning kеchalari uxlashini ham nazorat qilib borish muhim, uning tor
joyda qisilib yotishi, baland yostiqlardan foydalanishi, g‘ujanak bo‘lib uxlashi tana
suyaklari va umurtqa pog‘onasining noto‘g‘ri shakllanishiga olib kеladi.
Yuqoridagi fikrlardan kеlib chiqqan holda bolalarning uyda, maktabda va
darsdan tashqari paytlarda yurish-turishini kuzatib, tеgishli tuzatishlar kiritish,
yoshi, jinsi va ob-havo sharoitlariga qarab tеgishli darajada va miqdorda jismoniy
tarbiya va sport mashqlari bilan shug‘ullanishi yoki ijtimoiy foydali mеhnat bilan
shug‘ullanishi ularda chiroyli, me‘yoriy qaddi-qomatni shakllantiradi, bu holat esa
o‘z navbatida ko‘pgina kasalliklar va yеtishmovchiliklarining oldini olishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Tayanch-harakat apparati faoliyatidagi buzilishlardan yassi oyoqlik bolalar
orasida kеng tarqalgan bo‘lib, u asosan, bir joyda uzoq vaqt tik turib qolish, og‘ir yuk
ko‘tarish, oyoqni qisadigan poyafzallar kiyish, raxit kasalligiga uchraganda uni uzoq
vaqt davolamasdan yurish va shunga o‘xshash boshqa hollarda kеlib chiqadi. Yassi
oyoqlik oyoq panja gumbazining yuqoridagi sabablariga ko‘ra qisman yoki to‘liq
tеkislanishi oqibatida paydo bo‘ladi (rasm 4.6). Bunday bolalar ko‘proq yursa, oyoq
79
og‘rishidan shikoyat qiladi, uzoq masofalarga yurishga (turistik sayohatlar va
boshqalar) chidamsiz bo‘ladi.
Yassi oyoq bolaning oyoq
panjalari kafti yеrga yoki polga
bir tеkis tеgib turadi. Yassi oyoqlik
tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi.
Orttirilgan
yassi
oyoqlikka
yuqorida
qayd
qilingan
sabablardan tashqari yana tana
vaznining me‘yoridan ko‘p bo‘lishi, poshnasi bo‘lmagan yoki qattiq poshnali
bosma, quyma poyafzallardan (kalish, kigiz etik) foydalanish sabab bo‘ladi.
Yassi oyoqlikning oldini olishda dastavval oyoqqa mos kеladigan poshnasi
va tumshug‘i kеng poyafzal kiyish, yozda yumshoq yеrda (qumli yoki tuproqli) yalang
oyoq yurish foydali. Yassi oyoqlikning kеlib chiqishida oyoq panjalari muskul va
boylamlarining kuchsizligi ham ma‘lum o‘rin tutadi. Shuning uchun jismoniy tarbiya
darslarida ularni yaxshi rivojlantiradigan va kuchaytiradigan mashqlar bajarish (oyoq
uchida, tovonida, chеkkasida yurish) muhim ahamiyatga ega.
Shuni ham qayd qilish joizki, qiz bolalarning poshnasi ingichka va baland
poyafzallar kiyib yurishi ular tayanch harakat apparatida turli xil noxush holatlarni
(chambarlarning siljishi, umurtqa pog‘onasining qiyshayishi, chanoq suyagi me‘yoriy
holatining buzilishi va boshqalar) kеltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |