O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi


Ovqatlanish va uning me'yorlari



Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/338
Sana19.07.2021
Hajmi4,09 Mb.
#123468
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   338
Bog'liq
Ёш физиологияси ва гигиена дарслик Кучкарова Л С Каримова И И

17.5.Ovqatlanish va uning me'yorlari  
Darsligimizning oldingi boblarida aytib o'tganimizdek, har bir organizm o'zining 
hayoti  davomida  amalga  oshiradigan  har  bir  faoliyati  uchun  aqliy  va  jismoniy  hamda 
barcha  a'zo  va  tizimlarning  (yurak-qon  tomirlari,  o'pkalar,  oshqozon-ichak  yo'li,  jigar, 
buyraklar,  asab  tizimi  va  boshqalar)  doimiy  ravishda  ishlab  turishi,  hamda  to'qima  va 
hujayralarning yangilanishi, yangidan hosil bo'lishi uchun tegishli miqdorda energiya va 
plastik  materiallar  sarflab  boradi.  Sarf  qilingan  energiya  va  moddalarning  o'rni  to'liq 
qoplangandagina  me'yoriy  o'sish,  rivojlanish,  maqsadga  muvofiq  faoliyatlar  ko'rsatish 


 
 
 
304 
 
 
kuzatiladi.  Buning  uchun  tashqi  muhitdan  kerakli  miqdorda  oziq  moddalar  doimiy 
sur'atda  qabul  qilib  turilishi  kerakki,  uni  oziqlanish  yoki  ovqatlanish  deb  aytiladi. 
Kishilarning, jumladan, bolalarning ham, oziqlanishi deganda ularning yoshi, qiladigan 
mehnati,  jinsi,  ob-hava  sharoitlari,  milliy  urf-odatlari  va  organizmining  o'ziga  xos 
xususiyatlari  hisobga  olinib  asosiy  oziq  moddalari  -  oqsil,  yog'  va  uglevodlar  hamda 
mineral  moddalar,  suv,  vitaminlardan  qancha  va  qanday  qilib  qabul  qilish  kerakligi 
tushuniladi.  Oziqlanish  bilan  bog'liq  masalalar  kishilarni  qadim  zamonlardan  beri 
qiziqtirib  kelgan,  bu  haqidagi  ommabop  va  ilmiy  ma'lumotlarni  Aristotel,  Gippokrat, 
Galen, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Farobiy, Navoiy asarlarida ko'plab uchratish mumkin. 
Fan va texnikaning rivojlanishi bilan oziqlanish haqida maxsus fan, ya'ni nutriotologiya 
yuzaga keldi, unga muvofiq oziqlanish nazariyalari yaratildi, oziqlanish me'yorlari ishlab 
chiqildi va boshqalar. Bu borada qo'lga kiritilgan yutuqlarga tayanib balanslashtirilgan, 
oqilona ovqatlanish qoidalari yaratildi. Har xil parhez taomlar yaratildiki, ular hisobidan 
ko'pgina  xastaliklarning  oldini  olish,  davolash,  jismonan  va  aqlan  sog'lom  bo'lishning 
imkoniyatlari  tug'ildi.  Organizmning  oziqlanish  me'yorlarini  aniqlash  uchun  dastavval 
iste'mol qilinadigan taomlardagi asosiy oziq moddalari - oqsil, yog' va karbonsuvlarning 
energetik qiymati hisoblaniladi. Bu ko'rsatkich 1 g oqsil uchun 4,1 kkal, shuncha  yog' 
uchun  9,3  kkal  va  shuncha  uglevod  uchun  4,1  kkalga  teng.  Har  bir  aqliy  va  jismoniy 
faoliyat  uchun  tegishli  vaqt  oralig'ida  qancha  energiya  sarflanishi  ma'lum  bo'lganligi 
bois  Shuncha  miqdordagi  energiyaga  ega  oziq-ovqat  miqdorini  hisoblash  oson.  Bu 
o'rinda, albatta, organizmning yoshiga qarab unda bo'ladigan asosiy almashinuv uchun 
qancha energiya sarflash ham hisobga olinadi. Oziqlanish me'yorlarini aniqlashda yana 
oziq  moddalarning  (oqsil,  yog',  uglevod)  yoshga  va  mehnat  xususiyatlari,  ob-hava 
sharoitiga  qarab  o'zaro  nisbati,  mineral  moddalar,  hamda  vitaminlar  qabul  qilishning 
qancha bo'lishi va boshqalar inobatga olinadi. Qayd qilingan hisob-kitoblarni olib borish 
uchun  zarur  jadvallar,  uslubiy  qo'llanmalar  mavjud.  Me'yoriy  qoidalarga  ko'ra  iste'mol 
qilinadigan  oqsil,  yog'  va  uglevodlarning  bir-biriga  nisbati  1:1:4  ko'rinishda  bo'lishi 
aniqlangan.  12-1  jadvalda  bolalar  va  o'smirlarning  umumiy  energiya,  asosiy  oziq 


 
 
 
305 
 
 
moddalari  hamda  ayrim  mineral  moddalarga  bo'lgan  me'yoriy  talablari  keltirilgan. 
Kundalik iste'mol taomlarida vitaminlarning etarli bo'lishi bolaning o'sishi, rivojlanishi, 
o'zlashtirishida muhim ahamiyat kasb etadi. Vitaminlar bilan organizmning ta'minlanishi 
hamma  vaqt  va  hamma  erda  ham  qoniqarli  bo'lavermaydi.  Aytib  o'tganimizdek, 
vitaminlarning asosiy manbalari o'simlik mahsulotlari bo'lib, u yana go'sht, tuxum, baliq, 
sut,  jigar  kabi  hayvon  maxsulotlarida  ham  ancha-muncha  uchraydi.  Ma'lum  vitamin 
etishmovchiligi  ko'pincha  shu  vitamin  mavjud  bo'lgan  mahsulotlar  iste'mol 
qilinmaganligidan  yuz  bersa,  ba'zan  ayni  vitaminning  qaysi  oziq  moddada  borligini 
bilmaslik oqibatida paydo bo'ladi. Masalan, qish paytlari qishloq sharoitida kishilarning, 
jumladan,  bolalarning  ham  ovqatlanishida  vitaminga  boy  mahsulotlar  juda  kam 
ishlatiladi ba'zan esa, umuman ishlatilmaydi. Taomlar bilan biroz ko'kat qo'shib iste'mol 
qilinsa vaziyatdan osongina chiqish mumkin, bunga e'tibor qilinsa bas. Oziq-ovqatlarni, 
ularni  tayyorlashda  ishlatiladigan  mahsulotlarni  uzoq  muddat  qaynatish  yoki 
quritilganidan foydalanish ovqat bilan tanaga kiradigan ayrim vitaminlar miqdorini juda 
kamaytirib  yuboradi,  shuning  uchun  har  kuni  iloji  boricha  maktab  oshxonalarida,  uy 
sharoitida endi uzilgan ko'katlardan iste'mol qilib turish tavsiya qilinadi. 12-2 jadvalda 
turli yoshdagi bolalarning vitaminlarga bo'lgan sutkalik talab me'yorlari keltirilgan. 12- 
jadval Turli yoshli bolalarda vitaminlarga bo'lgan sutkalik fiziologik talab. 
 Oziqlanishga  bo'lgan  asosiy  gigienik  talablar  yuqorida  biz  turli  yoshdagi 
bolalarning asosiy oziq moddalari hamda vitaminlar, mineral moddalarga bo'lgan talabi 
va  bajariladigan  mehnat  xususiyatlariga  qarab  bir  sutka  davomida  sarflaydigan 
energiyasi  haqida  tegishli  ma'lumotlarni  keltirdik.  Iste'mol  qilinadigan  tegishli  oziq-
ovqatlarning organizm tomonidan maqsadga muvofiq ravishda o'zlashtirilishi yoki to'liq 
hazm bo'lishi ovqatlanish tartibiga ham yaqindan bog'liq. Ovqatlanish dastavval yuzaga 
kelgan  ishtaha  bilan  boshlanadi.  Ishtahaning  fiziologik  va  biokimyoviy  xususiyatlari 
uning  yuzaga  kelish  mexanizmlari  ancha  murakkab  bo'lib,  bu  boradagi  ilmiy 
tushunchalar  akademik  I.P.  Pavlov  tajribalarida,  kuzatuvlarida  asoslangan.  Uning 
yuzaga  kelishi  qonda  oziq  moddalar  kontsentrasiyasining  kamayishi,  markaziy  nerv 


 
 
 
306 
 
 
sistemasida  talluqli  nerv  markazlarining  qo'zg'alishi,  oshqozon  ichaklarda  tegishli 
shiralarning  ajralishi,  qolaversa  ularning  harakat  funksiyasida  ma'lum  o'zgarishlar 
bo'lishi  bilan  kuzatiladi.  Odam  organizmidagi  barcha  hayotiy  funksiyalar  ma'lum  bir 
davriy  xususiyatga  ega  bo'lib,  shu  jumladan,  hazm  va  oziqlanish  ham  ma'lum  tartibda 
amalga oshirilishi lozim. Bevosita ovqatlanishni amalga oshirilishi ovqatlanish refleksi 
deyilib, u bolalarda har 3,5-4 soatda takrorlanib turishi lozim. Shu hisobda 1 kunda 3-4 
marta ovqatlanish kerak. O'z vaqtidan kech yoki erta ovqatlanish hazm jarayonlarining 
me'yoriy  borishini  buzadi  yoki  ishtaha  buziladi.  Natijada  ovqatlanish  refleksi  ancha 
kuchsizlanib  qoladi.  Bir  kun  davomida  necha  marta  ovqatlanishga  qarab  iste'mol 
qilingan oziq-ovqatlar turlicha miqdorda o'zlashtiriladi, masalan, 4 marta ovqatlanishda 
iste'mol qilingan taomlarning 82-84% o'zlashtirilsa, 3  marta ovqatlanish bo'lganida esa 
bu  son  75-76%  ga  tenglashadi.  Odam  uyquda  bo'lganida  hazm  bilan  bog'liq  bo'lgan 
ko'pgina  jarayonlar,  jumladan,  shiralar,  fermenlar  faolligi,  oshqozon  ichaklarning 
harakat funksiyasi bir muncha susayadi. Shuning uchun kun oxirida oxirgi ovqatlanish, 
uyqudan  kamida  1,5-2  soat  oldin  amalga  oshirilishi  kerak.  Ovqatlanish  refleksining 
maqsadga  muvofiq  borishida  ovqatlanish  tartibidan  tashqari  ovqatlanayotgan  muhit 
sharoiti ham muhim ahamiyat kasb etadi, masalan, idish-tovoqlarning ko'rkam, toza va 
alohida-alohida  bo'lishi,  dasturxonlarning  toza  bo'lishi,  iste'mol  qilinadigan  barcha 
taomlarning  did  bilan  joylashtirilishi  va  boshqalar.  Agar  ovqatlanish  paytida  yoqimsiz 
gaplar qilinsa, televizor yoki radiodagi eshittirishlarga va ko'rsatuvlarga diqqat bo'linsa, 
gazeta yoki kitob o'qib turilsa, ba'zi bir taomlardan yoqimsiz hid tarqalsa ishtaha bo'g'il 
yoib  ovqatlanish  refleksi  so'nadi.  Ovqatlanish  paytida  (issiq  ovqat  iste'mol 
qilinayotganda)  suv,  choy  yoki  shunga  o'xshash  boshqa  ichimliklarning  ketma-ket 
iste'mol  qilib  borish  hazm  jarayonlarining  buzilishiga  olib  keladi.  Buning  sababi 
shundan iboratki, oshqozonga tushgan ovqat va unga nisbatan ajralgan me'da shirasi suv 
va  boshqa  ichimliklar  bilan  aralashib,  hazm  fermentlarining  hamda  me'da  shirasidagi 
xlorid kislotaning faolligi va kontsentrasiyasi pasayib ketadi. Eng yaxshisi ovqat eyilib 
bo'linganidan keyin 20-25 minut vaqt o'tkazib suv yoki choy kabi ichimliklarni iste'mol 


 
 
 
307 
 
 
qilish  maqsadga  muvofiqdir.  Bu  vaqt  ichida  oshqozonga  tushgan  ovqat  unga  tegishli 
bo'lgan  shira  bilan  bemalol  aralashib,  hazm  bo'lishga  tayyorlanib  ulguradi.  Ovqatning 
shoshilmasdan, tegishli vaqt ichida chaynalishi uning oshqozon ichak yo'lida yaxshi va 
to'liq  hazm  bo'lishi  uchun  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Shuning  uchun  bolalar  orasida 
shoshib ovqatlanish, vaqti bevaqt ovqatlanish kabi salbiy holatlarni oldini olish borasida 
maktab  o'qituvchilari,  ota-onalar  hamda  tarbiyachilar  tegishli  targ'ibot  ishlarini  olib 
borishlari lozim
19

XULOSA 
  
Tiriklikning  asosiy  belgilaridan  biri  modda  va  energiya  almashinuvini  doimiy 
sodir  bo‘lib  turishidir.    Moddalar  almashinuvu  anabolizm  (moddalar  va  energiyani 
to‘plash)  va  katabolizm  (strukturalarni  parchalanishi  va  energiya  ajralishi  bilan 
bo‘ladigan jarayon. Asosiy ozuqa mahsulotlariga oqsillar, uglevodlar va yog‘lar kiradi. 
Organizm hujayralarining qurilishida asosan oqsillar ishtirok etsa, uglevodlar va yog‘lar 
energiya  manbasi  sifatida  hizmat  qiladi.  Mineral  moddalar  va  vitaminlar  asosiy  ozuqa 
mahsulotlari bo‘lmasada organizmning hayotchanligida nihoyat katta ahamiyatga ega. 
 
O‘sayotgan  bolada  anabolic  jarayonlar  ustun  bo‘lsa,  qariyalarda,  aksincha 
katabolik jarayonlar ustunlik qiladi. 

Download 4,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish