O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/338
Sana19.07.2021
Hajmi4,09 Mb.
#123468
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   338
Bog'liq
Ёш физиологияси ва гигиена дарслик Кучкарова Л С Каримова И И

11.1. Ko‘rish analizatori 
Tashqi  dunyo  haqidagi  axborotining  90%  dan  ortig‘i  ko‘rish  analizatori  orqali 
kеlib turadi. Ko‘rish analizatorning pеrifеrik qismi ko‘zdir. 
Ko‘z,  asosan,  uch  qavatli  ko‘z  olmasidan  iborat  bo‘lib,  unda  tashqi  oqsilli 
yoki sklеra, o‘rta tomirli va ichki to‘r qavatlar farq qilinadi (11.1-rasm). 
Sklеra qavat (qalinligi 1 mm) ko‘z olmasining oldingi qismida tiniq shox qavat 
hosil  qiladi.  Shox  qavat  endi  tug‘ilgan  bolalarda  kattalarnikiga  qaraganda  qalin  va 
bo‘rtibroq  turadi.  Sklеra  tagida  joylashgan  tomirli  qavat  0,2-0,4  mm  qalinlikka  ega 
bo‘lib, unda qon tomirlari ko‘p, ko‘zning oldingi qismida u kipriksimon tana va 
rangdor  qavatga  aylanadi.  Kipriksimon  tanada  o‘z  navbatida  ko‘z  gavhariga 
tutashib, uning egriligini o‘zgartirib turadigan muskullar mavjud. 
Ko‘z gavhari ikki tomoni bo‘rtib chiqqan linza shaklida bo‘lib, u chaqaloqlarda 
tiniq va ancha qabariq holda bo‘ladi
8

                                           
 
8
 Sherwood L. - Fundamenthal human physiology. - West Vergina University.(USA) – 2011.- P. 147-148. 


 
 
 
178 
 
 
Rangdor  qavat  ko‘z 
rangini bеlgilaydi  va uning 
o‘rtasida  ko‘z  qorachig‘i 
mavjud  bo‘lib.  shu  joyda 
joylashgan 
muskullar 
yordamida  o‘z  ko‘lamini 
o‘zgartiradi  va  buning 
oqibatida 
ko‘z 
ichiga 
tushadigan 
yorug‘lik 
ko‘payib  hamda  kamayib 
turadi. 
Endi 
tug‘ilgan 
bolalarda qorachiq ancha tor, 
12-13  Yoshlarga  kеlib  esa 
uning  yorug‘likka  nisbatan 
rеaksiyasi 
katta 
odamlarnikiga 
tеnglashadi. 
Shox  va  rangdor  qavatlar 
hamda  rangdor  qavat  va 
gavhar orasida tеgishli ravishda birlamchi va ikkilamchi ko‘z kamеralari bo‘lib, suyuqlik 
qon  tomirlari  bo'lmagan  gavhar  va  shox  qavatni  oziq  moddalar  bilan  ta'minlab  turadi. 
Gavharning  orqa  tomonida  shishasimon  tana,  deb  nomlanadigan  tiniq  elimsimon 
suyuqlik joylashadi. Chaqaloqning ko'z soqqasi ancha katta. Uning nisbiy massasi (tana 
massasiga  nisbati)  kattalardagidan  3,5  marta  katta.  Bola  hayotining  3-5-yilida  ko'z 
soqqasi tez o'sadi. O'sish jarayonida shox va rangdor pardalar diametri kattalashadi, ular 
qalinlashadi.  Ko'zning  optik  tizimini  tashkil  etuvchi  tuzilmalar  orasida  gavharning 
o'sishi eng jadal kechadi: chaqalqolarda massasi 66 mg bo'lgan gavhar bir yoshga borib 
124  mg  ga  etadi  (katta  yoshdagi  odam  gavharining  massasi  170  mg  chamasida). 
Uchinchi qavat, ya'ni ko'z olmasining ichki yuzasi murakkab tuzilish va funksiyaga ega 
 
Rasm  11-1.  Ko'z  soqqasining  tuzilishi.  1  – 
kapillyar  tomirlari;  2  –  shoh  avati;  3  shishasimon 
tana;  4  –  shox  qavati;  5  –keyingi  kamera;  6  – 
oldingi  kamera;  7-  rangdor  qavat;  8-  tsinn 
boylamlari; 9  – to'r qavati; 10  - tomirli qavat; 11- 
oqsilli qavat; 12 – ko'ruv nervi; 13 - kapillyarlar. 
 


 
 
 
179 
 
 
qalinligi 0,2-0,4 mm atrofida bo'lgan to'rsimon qatlamdan iborat. Uning o'rta qismi sariq 
dog' deyiladi. To'rsimon qatlamda yorug'likni qabul qiluvchi kolbachalar va tayoqchalar 
shaklidagi  hujayralar  bor.  Tayoqchalar  oq-qoraning  farqiga  borsa,  kolbachalar  rangli 
ko'rishni  amalga  oshiradi.  Qayd  qilingan  hujayralardan  nerv  tolalari  chiqib,  ularning 
to'plami  ko'rish  nervini  tashkil  qiladi,  yangi  tug'ilgan  bolalarda  tayoqcha  shaklidagi 
ko'ruv  hujayralari  shakllangan  bo'ladi,  kolbachalar  esa  birinchi  yoshning  oxirigacha 
rivojlanib  boradi.  Chaqaloqning  to'r  pardasi  ham  takomilga  etmagan.  Kolbachalar 
sharsimon  shaklda,  bir  qavat  bo'lib  joylashgan.  Sariq  dog'  (makula)  chuqurcha  hosil 
qilgan, ammo undagi kolbachalar soni 4000 atrofida bo'lib, kattalarnikidan 4 marta kam. 
Sariq dog'ning rivojlanishi 4 oy davom etadi. Shunday bo'lsada, to'r parda qavatlarining 
qalinlashishi va kengayishi bola 10-12 yoshga to'lgunicha davom etadi. Ko'zga tushgan 
yorug'lik to'r qavatga  har qaysisi  ma'lum sindirish kuchiga ega bo'lgan optik qatlamlar 
orqali o'tib boradi. Ularning (shox qavat, ko'zning oldingi va keyingi kameralari, gavhar 
va  shishasimon  tana)  yorug'likni  sindirish  kuchlari  (D)  yig'indisi,  ya'ni  ko'z  optik 
tizimining umumiy sindirish kuchi odamda 59,7 - 70,5 D ga teng. Predmetdan tarqalgan 
nur  ko'zning  optik  tizimidan  o'tib,  to'r  qavatda  kichraygan  teskari  tasvir  hosil  qiladi. 
Teskari tasvirning to'g'ri qabul qilish qobiliyati hayot davomida ortiriladi. Agar bir-ikki 
oylik bolaga yonib turgan elektr sham tutilsa, u shamning faqat pastki qismini ushlashga 
harakat  qiladi.  Turli  masofalarda  joylashgan  predmetlarni  ko'rish  aniqligi  tasvirini  to'r 
qavatga  aniq  tushirilishiga  (fokuslanishiga)  bog'liq  va  bunda  ko'z  gavhari  hal  qiluvchi 
ishni  bajaradi.  Ko'zdan  uzoqda  joylashgan  narsani  ko'rishda  gavhar  yassilanadi, 
yaqindagi  narsani  ko'rishda  u  qabariq  holga  keladi.  Narsalardan  kelgan  nurlar  Shu 
yo'sinda  fokuslanib,  aniq  tasviri  to'r  pardaga  tushadi.  Ko'zning  bu  xususiyati 
akkomodasiya deyiladi. Akkomodasiyani amalga oshirishda gavharning qisilib qabarishi 
va  tortilib  yassilanishi  kipriksimon  tana  muskullari  va  u  bilan  tutashgan  boylamlar 
faoliyatidir.  Predmet  ko'zga  yaqinlashib  borishi  bilan  uni  aniq  ko'rish  uchun  ko'z 
gavharning  qavarish  darajasi  oshadi  va  ma'lum  bir  masofaga  kelib  aniq  ko'rish 
qiyinlashadi. Shu masofa aniq ko'rishning eng yaqin nuqtasi deyiladi, yosh oshib borgan 


 
 
 
180 
 
 
sari bu masofa uzayib boradi, masalan, 10 yoshli bolalarda bu nuqta ko'zdan 7 sm, 20 
yoshda 8,3 sm, 30 yoshda 11 sm, 40 yoshda 17 sm, 50 yoshda 50 sm va 60-70 yoshda 
80 sm uzoqlikda joylashgan bo'ladi. Predmetlar aksining to'r qavatga tushmasligi (uning 
oldiga yoki orqasiga tushishi) yaqindan (miopiya) va uzoqdan ko'rish (gipermetropiya) 
holatlariga olib keladi, yaqindan ko'rish holatida predmetlardan ko'zga tushgan yorug'lik 
nurlari kesishib, ularning aksi to'r qavatning oldiga tushadi. Bunday odamlar faqat yaqin 
masofalardan  yaxshi  ko'radi,  xolos.  Shuning  uchun  ham  ular  televizorga  yaqinroq 
o'tirishga  harakat  qiladi,  kitob  o'qishda  uni  ko'ziga  ancha  yaqin  keltiradi  va  hokazo, 
yaqindan  ko'radigan  ko'zni  me'yoriy  holatiga  keltirishda  akkomodasiya  yordam 
bermaydi.  Bu  holatni  tuzatish  uchun  ikki  tomoni  botiq  ko'zoynaklar  taqish  kerak, 
bunday  ko'zoynak  ko'z  optik  qavatida  kuchli  sinadigan  nurlarning  tegishli  darajada 
yoyilishiga  olib  keladi,  yaqindan  ko'rish  ko'pincha  tug'ma  bo'ladi  va  o'quvchilarning 
yoshi  oshib  borishi  bilan  ularning  orasida  tez-tez  uchrab  turadi,  yaqindan  ko'rish 
alomatlarining sezilishi bilan tegishli ko'zoynaklarni taqish zarur, aks holda ushbu holat 
chuqurlashaveradi,  yaqindan  ko'rish  holati  o'qish,  yozishda  gigienik  qoidalarga  rioya 
qilmaslik,  chunonchi  parta  stolda  o'tirganda  kitob  daftarlarni  ko'zga  yaqin  tutish,  sinf 
xonalari  va  darsxonalarning  etarli  darajada  yoritilmasligi,  juda  mayda  harflar  bilan 
yozilgan kitoblarni o'qish natijasida ko'z olmasining odatdagidan cho'zilishi tufayli kelib 
chiqadi. Uzoqdan ko'rish predmetlar aksining gavharning tegishli darajada qabariq bo'la 
olmasligi  tufayli  to'r  qavat  orqasiga  tushishi  bilan  bog'liq.  U  ko'z  olmasining  qisqaligi 
hamda  shox  qavat  yoki  gavhar  egriligining  etishmasligi  tufayli  kelib  chiqadi.  Bunday 
odam  me'yoriy  masofadan  o'qish  va  yozishga  qiynaladi,  buning  uchun  u  ko'zini  qisib, 
kitob yoki daftarni uzoqroq  masofada tutishga harakat qiladi.  Uzoqdan ko'rish holatini 
tuzatish  uchun  ikki  tomoni  bo'rtib  chiqqan  linzali  ko'zoynaklar  taqish  lozim. 
Chaqaloqlarning  aksariyatida  (80,9  %  ida)  kuchsiz  gipermetropiya  kuzatiladi.  11,5  % 
chaqaloqlar  ko'zining  nur  sindirish  kuchi  (refraksiyasi)  me'yorida  bo'ladi,  7,6  %  ida 
miopiya  uchraydi.  Murg'ak  bolalarning  uzoqdan  ko'rishiga  ko'z  soqqasining  bo'ylama 
o'qini  kaltaligi  sabab  bo'ladi.  Ularda  shox  parda  va  gavhar  qavariqroq  bo'lganiga 


 
 
 
181 
 
 
qaramay,  ko'zning  fokus  nuqtasi  to'r  pardaning  orqasiga  o'tib  ketadi.  Gipermetropiya 
bola 7-8 yoshga to'lgunicha saqlanadi. Ko'z soqqasi o'sishi natijasida uning bo'ylama o'qi 
uzayadi  va  10-12  yoshga  borganda  emmetropiyani  (me'yoriy  ko'rishni)  ta'minlovchi 
o'lchamga  etadi.  Ammo  30-40  %  bolalarda  ko'z  soqqasining  bo'ylama  o'qi  o'sish 
jarayonida  keragidan  ko'p  darajada  uzunlashadi  va  ularda  yaqindan  ko'rish  (miopiya) 
rivojlanadi.  Bunday  bolalar  uzoqdagi  jismlarni  aniq  ko'rish  uchun  botiq  linzali 
ko'zoynaklardan  foydalanishga  majbur  bo'ladilar.  Miopiyaning  sabablari  bir  nechta. 
Birinchidan,  yaqindan  ko'rishga  moyillik  nasldan  naslga  o'tadi.  Ikkinchidan,  ko'zga 
yaqin bo'lgan narsalarga uzoq vaqt qarash akkomodasiya mexanizmlarini charchatadi va 
miopiya  rivojlanishiga  olib  keladi.  Shuning  uchun  bolalarni  ko'rayotgan  narsalarni 
ko'zdan etarli masofada – 35-40 sm narida ushlashga, o'qish va yozish jarayonida vaqti-
vaqti  bilan  dam  olishga  o'rgatish  kerak  Ko'z  kamchiliklaridan  yana  biri  astigmatizm, 
ya'ni  predmetlardan  to'r  qavatga  tushadigan  nurlarning  bir  nuqtada  to'planmasligidan 
noaniq  ko'rishdir.  Buning  sababi  shox  qavat  egriligining  turli  meridianlarida  har  xil 
bo'lishidir.  Bu  holatni  tuzatish  uchun  maxsus  silindrik  ko'zoynaklar  taqiladi.  Ko'zning 
bir-biriga eng yaqin joylashgan ikki nuqtani aniq ko'ra olish qobiliyatiga ko'rish o'tkirligi 
deyiladi.  Uni  aniqlashda  turli  kattalikdagi  harflar  yoki  belgilarni  qatorlarga  ajratib 
joylashtirilgan  jadvaldan  foydalaniladi.  Ma'lum  masofadan  (5  m)  jadvalning  qaysi 
qatoridagi  harflarni  aniq  ko'ra  olishni  aniqlash  asosida  ko'rish  o'tkirligi  haqida  xulosa 
qilinadi.  Odatda  odam  ko'zi  unga  nisbatan  bir  daqiqa  burchak  ostida  joylashgan  ikkita 
nuqtani  bir-biridan  ajrata  oladi.  Bunda  to'r  qavatda  hosil  bo'lgan  ikki  nuqta  tasviri 
orasidagi minimal masofa 5 mkm bo'ladi. Odamlarda o'rtacha ko'rish o'tkirligi 1 ga teng 
deb qabul qilingan. Ko'rish o'tkirligi ko'ruv analizatorining juda muhim ko'rsatkichidir. 
U ko'zning jismlarni mayda qismlarini farqlash qobiliyatiga bog'liq. Ko'rish o'tkirligi to'r 
pardaning  funksional  holati,  optik  tizim  tiniqligi  va  boshqa  omillarga  bog'liq. 
Chaqaloqlarda ko'rish o'tkirligi juda past. Bola o'sishi bilan ko'ruv o'tkirligi ortadi va 5 
yoshlarga borib me'yoriga etadi (10.1-jadval).  
11.1-jadval 


 
 
 
182 
 
 
 
Jadval 11.1 
 Turli yoshdagi bolalarning ko'rish o'tkirligi  
 
 
Yoshi  
1
 h
af
ta
  
1
 o
y
 
3
 o
y
 
6oy
 
1
 y
osh
 
2
 y
g
sh
 
3
 y
o
sh
 
4
 y
o
sh
 
5
 y
o
sh
 
7
 y
o
sh
 
Ko‘ruv 
o‘tkirligi 
0,01  0,015  0,075 
0,2 
0,5 
0,6 
0,7 
0,8 
0,9 
1,0 
 
Odam  ko'zida  yorug'likni  qabul  qiladigan  retseptorlar  to'r  qavatdagi  tayoqcha 
(120-125 mln.) va kolbacha (5-6 mln.) shaklidagi hujayralardir. Tayoqchalar oq nurlarni 
qabul  qiladigan  hujayralar  bo'lib,  to'r  qavatning  chet  qismida  qalin  joylashgan.  Rangli 
ko'rish  esa  kolbachalar  faoliyati  bilan  bog'liq.  Kolbacha  va  tayoqcha  hujayralaridan 
keyin  bipolyar  va  ganglionar  neyronlar  joylashgan  bo'lib,  ganglionar  neyronlarning 
tolalari  to'planib  ko'ruv  nervini  hosil  qiladi.  Ko'ruv  nervining  chiqayotgan  joyida 
yorug'likni  sezuvchi  retseptorlar  bo'lmaydi  va  to'r  qavatning  sariq  dog'dan  pastrog'ida 
joylashgan  bu  soha  ko'r  dog',  deb  ataladi,  yana  shunisi  ham  muhimki,  kolbachalar, 
asosan, kunduzi, ya'ni yorug'likda yaxshi ishlaydi, chunki ularning yorug'likka sezgirligi 
tayoqchalarnikidan  past.  Ba'zan  kishilar  ranglarni  bir-biridan  farqlay  olmaydi 
(daltonizm). Har qanday rangli predmet ularga kulrang bo'lib ko'rinadi. 3-7 haftalik bola 
rang ko'rish qobiliyatiga ega. 3 oylik bolalarda turli ranglarga shartli emish refleksi hosil 
qilish mumkin. 5-6 oylik bolalar o'yinchoqlarni rangiga qarab ajrata boshlaydi. Ammo 
rangni  anglash  keyinroq  rivojlanadi.  2,5-3  yoshdagi  bolalar  jismlar  rangini  to'g'ri  ayta 
oladilar.  Bolalarda  rangni  farqlash  qobiliyatini  rivojlanishi  birinchi  va  ikkinchi  bolalik 
davrlarida davom etadi. Bu jarayon analizatorning markaziy tuzilmalari va kolbachalar 
faoliyatini  takomillashishidan  iborat  bo'ladi.  Shox  parda  va  kon'yunktiva  namlanib 
turishi uchun ko'z  yoshi zarur,  yosh ajratuvchi bezlar bola tug'ilishi bilan oz miqdorda 
sekret  ishlab  chiqaradi.  Ammo  bu  bezlarning  bola  yig'lashi  bilan  bog'liq  holda  yosh 


 
 
 
183 
 
 
ajratishini ko'paytirish imkoniyati 1,5-2 oydan keyin shakllanadi. Chaqaloqlar yorug'lik 
manbai harakatini ko'z bilan kuzatish qobiliyatiga ega. Faqat bu davrda ko'zlar harakati 
hali mukammal emas, turtkisimon shaklda. Vaqti-vaqti bilan ularda g'ilaylik alomatlari 
paydo  bo'ladi.  Ko'z  soqqasi  tashqi  muskullari  harakatlarining  monandlanishi  tez 
takomillashadi.  1-2  oylik  bolalar  nigohini  bir  nuqtaga  qarata  oladilar,  3-oyga  borib 
ko'zlar  konvergensiyasi  kuzatilishi  mumkin.  Ko'zning  murakkab  harakatlarni  bajarish 
qobiliyati 7-8 yoshgacha rivojlanadi. 
 

Download 4,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish