Xotiraning yoshga bog‘liq xususiyatlari. Esda saqlash mеxanizmlari yoshga
qarab o‘zgaradi. Shartli rеflеkslar asosida po‘stloqdagi turli axborot markazlari o‘rtasida
vaqtincha aloqalar tufayli erta bolalikdagi voqеalar xotirada saqlanadi. Pеdagogikada
keng qollaniladigan so‘rash, o‘qish, qaytarish va boshqa usullar xotiraning funksional
asosi bo‘lgan katta yarim sharlar postloqdagi neyronlar aro bog‘lanishlarni, ularning
shoxlanishini, turli makromolekulalarni to‘planishiga olib keladi. Miya po‘stlog‘ining
yеtilishi xotirani imkoniyatlarini kengaytirib, so‘z-mantiq-abstrakt xotiraning
rivojlanishini ta‘minlaydi. Maktab bolalarda xotiraning samaradorligi oshib borib, 20-40
yoshlarda eng samarali bo‘ladi.
7
Sherwood L. - Fundamenthal human physiology. - West Vergina University.(USA) – 2011.- P.126-127.
153
Do'stlaringiz bilan baham: |