Bog'liq Ёш физиологияси ва гигиена дарслик Кучкарова Л С Каримова И И
Autosoma anomaliyalari. Autosoma - jinsiy bo‘lmagan xromosomadir. Ayrim
autosoma kasalliklari(trisomiya) juda ham ko‘p tug‘ma nuqsonlar bilan bo‘ladi va
bunday bolalar tug‘ilgach ko‘p vaqt o‘tmay vafot etadi. Autosoma mutasiyalaridi bola
vaznining tug‘ilganda juda kam bo‘lishi; bosh suyagi shaklining o‘zgarishi; boshning
kichikligi va qator mikroanomaliyalari: ko‘z kosalari orasidagi masofaning ortishi,
ko‘zning ichki burchagida qo‘shimcha vеrtikal ajinlarning bo‘lishi, quloq yo‘lining
pastga tushishi, qisqa bo‘yin, egri oyoq va boshq. Undan tashqari tashqi jinsiy
organlardagi o‘zgarishlar (moyakning bo‘lmasligi, o‘g‘il bolalarda jinsiy olat
48
o‘lchamining kichrayishi va h.k.), nutq rivojining kеchikishi va ichki organlar – yurak,
buyrak, jigar, o‘pka va boshqalarning nuqsonli bo‘lishi mumkin.