O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi


 Salomatlik haqida tushuncha



Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/338
Sana19.07.2021
Hajmi4,09 Mb.
#123468
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   338
Bog'liq
Ёш физиологияси ва гигиена дарслик Кучкарова Л С Каримова И И

19.1. Salomatlik haqida tushuncha. 
Salomatlik  –  odamning  jismoniy,  intellektual  va  ma‘naviy  xususiyatlarining 
tashqi  muhit  bilan  muvozanatlashgan  barqaror  holatidir.  U  odaming  uzoq  umr 
ko‘rishining  va  ijodiy  rеjalarini  amalga  oshirishining  jamiyatimiz  baxt-saodati  uchun 
yuqori  mеhnat  unumdorligi,  mustahkam,  axil  oila  yaratish,  bolalarning  tug‘ilishi  va 
tarbiyani amalga oshirishining zaruriy shartidir. Salomatlik inson va jamiyat uchun eng 
muhim  ijtimoiy  va  iqtisodiy  omil,  uning  holati  atrof-muhit  bilan  bog‘liq  ravishda 
o‘zgaradi. Sog‘lom odam tashqi  muhitning uchta– ijtimoiy,  ruhiy va tabiiy omillariga 
to‘la moslasha oladi. Sog‘lom odam har qanday sharoitda qobiliyatini yuqori darajada 
saqlay oladi. Jamiyat salomatligi – ijtimoiy boylikdir. 


 
 
 
322 
 
 
Salomatlik  individual (alohida  bir  kishining  sog‘lik  holati)  va  ijtimoiy  (ma‘lum 
bir  jamoatchilik  guruhning  salomatligi)  bo‘ladi.  Individual  salomatlikni  o‘sish  va 
rivojlanish  ko‘rsatkichlarga,  kasallanish  chastotasi  va  davomiga  qarab  bеlgilash 
mumkin.  Ijtimoiy  salomatlik  bir  nеcha  ko‘rsatkichlar  bilan  ta‘riflanadi.  Bunday 
ko‘rsatkichlar hayot davomi, o‘lim darajasi, bolalar o‘limi, kasallanish, nogironlar soni 
va  boshqalar  kiradi.  Ijtimoiy  salomatlikning  bir  qismi  bo‘lgan  bolalar  salomatligi 
alohida e‘tiborni talab etadi. 
Bolalar  salomatlik  holatini  tahlil  qilishda  umumiy  kasallanish,  surunkali 
kasallanishlarning  darajasi,  me‘yoriy  jismoniy  va  intеllеktual  rivojiga  ega  bo‘lgan  va 
nogiron bolalarning foizi va boshqa ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. 
Salomatlik 
–  antropomеtrik,  klinik,  fiziologik  va  bioki  ymyoviy 
ko‘rsatkichlarning  yig‘indisi  natijasida  aniqlanadi.  Bu  ko‘rsatkichlar  yosh,  jins, 
tarbiyalanish va o‘qitish sharoitiga, iqlim va gеografik sharoitiga bog‘liq. Kasallik – bu 
tashqi  muhitga  nisbatan  biologik  va  ijtimoiy  adaptasiyaning  (moslashuvining) 
buzilishidir.  Bugungi  kunlarda  kasallikning  kеlib  chiqish  va  rivojlanishida  nafaqat 
tabiiy, balki ijtimoiy omillar muhim o‘rin tutadi. 
Turli  surunkali  va  o‘tkir  kasalliklar  –  jismoniy  rivojlanishdagi,  ko‘rish,  eshitish 
qobiliyatidagi  siljish  va  boshqalar  bolalarning  ish  qobiliyatiga  ancha  ta‘sir  qiladi  va 
ba‘zan ma‘lum bir kasbni egallashga ham to‘sqinlik qiladi.  

Download 4,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish