O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi


  Qon tizimining yoshga bog‘liq xususiyatlari



Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/338
Sana19.07.2021
Hajmi4,09 Mb.
#123468
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   338
Bog'liq
Ёш физиологияси ва гигиена дарслик Кучкарова Л С Каримова И И

13.6.  Qon tizimining yoshga bog‘liq xususiyatlari. 
Anemiya 
Tana  massasiga  nisbatan  hisoblaganda,  chaqaloq  qonining  miqdori  12-15%  ni 
tashkil etadi. Bu miqdorga bola tug‘ilganidan kindik bog‘lanib, kesilgunicha o‘tgan vaqt 


 
 
 
233 
 
 
ta‘sir qiladi. Kindik shoshilinch holda bog‘lansa,yo‘ldosh to‘la qisqarishga ulgurmaydi 
va qonning talay qismi uning tomirlarida qolib ketadi (13.8-jadval). 
Bola  1  yoshga  to‘lganida  qonning  miqdori  10-11%  gacha  kamayadi.  Katta 
yoshdagi odamlarda bu miqdor 7-8 % ga teng. Demak, chaqaloq tanasi massasining 1 
kg ga 130-150 ml, bir yashar bolaga – 100 ml, katta yoshli odamga – 70 ml qon to‘g‘ri 
keladi.  O‘g‘il  bolalarda  qonning  nisbiy  miqdori  qiz  bolalarnikidan  ko‘proq.  Bola  12 
yoshga to‘lganida qonning miqdori katta yoshdagi odamnikiga yaqinlashadi. Balog‘atga 
yetish davrida bu ko‘rsatkich yana ozroq ko‘payadi. 
 
 
 
 
13.8-jadval 
Chaqaloq qonining hajmiga kindik bog‘lanish vaqtining ta‘siri  
Kindik bog‘lanish vaqti 
Qonning 
miqdori, ml/kg 
Plazma 
miqdori 
ml/kg 
Gematokrit 
(hajm%) 
Bola  tug‘ilgandan  keyin 
3-5 minut o‘tgach  
(kech bog‘lash) 
102,5 ±
 
9,0 
48,8 ±8,3 
57,4 ±3,2 
Bola  tug‘ilgandan  keyin 
10 sekunt o‘tgach  
(erta bog‘lash) 
 
76,9 ±5,4 
42,7 ±5,4 
49,4 ±3,8 
 Bolalarda  qon  miqdorining  nisbatan  ko‘pligi  organizmning  kislorodga  bo‘lgan 
yuqori ehtiyotjini qondirishga qaratilgan.  
Yangi tug‘ilgan bola qonining nisbiy zichligi 1070 g/l, ammo bu ko‘rsatkich 1-2 
oy o‘tgach 1050-1060 g/l ga tushadi va keyin o‘zgarmaydi. 


 
 
 
234 
 
 
 Chaqaloq  qonining  yopishqoqligi  10-15  shartli  birlik  atrofida  (suvning 
yopishqoqligi  1  deb  olinganda)  bo‘ladi.  Bola  hayotining  birinchi  haftasidayoq  bu 
ko‘‘satkich pasaya boshlaydi va bir oylik bolalarda 4,6-5,0 shartli birlikni tashkil qiladi 
yoki  katta  yoshli  odam  ko‘rsatkichi  bilan  tenglashadi.  O‘g‘il  va  qiz  bolalar  qonining 
yopishqoqligi bir xil. 
 Qon zardobi yopishqoqligida yoshga bog‘liq farq deyarli yo‘q. O‘sish davrida bu 
ko‘rsatkich o‘rta hisobda 1,88 shartli birlikka teng. 
 Chaqaloq  qonining  faol  reaksiyasi  kislotali  tomonga  surilgan.  Bola  hayotining 
birinchi kuni qonning vodorod ko‘rsatkichi – pH 7,2-7,3 atrofida. Birinchi oy davomida 
7,38-7,51 oralig‘ida o‘zgarib turadi va bola 7-8 yoshga to‘lganida mo‘tadillashib, 7,40-
7,42  ni  tashkil  qiladi.  Chaqaloqlik  davrida  kuzatiladigan  atsidoz  moddalar 
almashinuvining  xususiyatiga  bog‘liq.  Bu  vaqtda  qonda  oxirigacha  oksidlanmagan 
kislota tabiatli moddalar  miqdori ko‘payadi. SHu sababli qonda bufer asoslar  miqdori 
kamayadi va 23-41 mmol/l ni tashkil qiladi (katta yoshdagi odamda – 44,4 mmol/l). 
Bir  kunlik  chaqaloq  qoni  hajmining  54%  ini  shaklli  unsurlar  tashkil  qiladi, 
plazmaning  hajmi  –  46%.  Katta  yoshdagi  odamda  bu  nisbat  teskari,  ya‘ni  shaklli 
unsurlar hajmi 45% va plazma hajmi 55% ga teng. Demak, endi tug‘ilgan bola qonining 
gematokrit  soni  (shaklli  unsurlarhajmining  plazma  hajmiga  nisbati)  ancha  yuqori. 
Buning  sababi,  chaqaloq  qonida  eritrotsitlar  umumiy  sonining  ko‘pligi  va  har  qaysi 
eritrotsit hajmining kattaligidir. 
 Chaqaloqlik davrining oxirlarida (8-10 kun) gematokrit soni 52% gacha, birinchi 
oyning  oxirida  42%  gacha  kamayadi.  Bu  yo‘nalishdagi  o‘zgarish  emizikli  davrida 
davom etadi: bola bir yoshga to‘lganida qonda eritrotsitlar hajmi 35% ni tashkil qiladi. 
Keyin gematokrit son sekin orta boshlaydi. 5 yashar bolada 37% gacha, 11-15 yoshga 
borib  esa  39%  gacha  ko‘tariladi  va  balog‘atga  yetish  tugaganida  kattalarniki  bilan 
tenglashadi. 
 Demak,  chaqaloqlik  davridan  tashqari,  bolalik  davrida  qon  plazmasining  hajmi 
nisbatan ko‘p bo‘ladi. 


 
 
 
235 
 
 
 Bola  qonining  plazma  tarkibida  ham  sezilarli  farq  kuzatiladi.  Birinchi  galda  bu 
emizikli  bolalar  qon  plazmasida  oqsillar  umumiy  miqdorining  kamligida  namoyon 
bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq plazmasida oqsillarning umumiy miqdori o‘rtacha 56 
g/l  ga  teng  bo‘lsa,  birinchi  oyning  oxirida  48  g/l  gacha  kamayadi.  Bola  hayotining 
ikkinchi  oyidan  boshlab  bu  miqdor  ko‘payib  boradi  va  12  oylik  bolalarda  65  g/l  ga 
yetadi. Qon plazmasining oqsilga boyishi keyingi yillarda ham sekin va bir tekis davom 
etadi va o‘smirlarda ularning miqdori 70-75 g/l gacha ko‘tariladi. 
 Bola  tug‘ilganidan  keyin  qon  plazmasi  oqsillarining  nisbati  ham  o‘zgaradi. 
Masalan,  yangi  tug‘ilgan  bolalarda  oqsillarning  umumiy  miqdori,  albumin,  globulin 
fraksiyalarining yig‘indisi katta yoshdagi odamnikidan 15-20% kam bo‘lgan bir vaqtda, 
gamma-globulin  fraksiyasining  miqdori  kattalarnikiga  teng  bo‘ladi.  Chaqaloqlarda 
gamma-globulinlarning  ko‘p  bo‘lishi,  ularning  platsenta  orqali  ona  qonidan  o‘tishiga 
bog‘liq  bo‘ladi.  Gamma-globulinlar  immunitetning  asosiy  gumoral  omillari  ekanini 
e‘tiborga olsak, ularning chaqaloq qonidagi ahamiyati tushunarli bo‘ladi. 
 Bola  hayotining  birinchi  va  ikkinchi  oylarida  ona  qonidan  o‘tgan  gamma-
globulinlar parchalanadi va ularning bola qonidagi miqdori keskin kamayadi (11 g/l dan 
4,4  g/l  gacha).  Ayni  vaqtda  oqsillar  umumiy  miqdorining  kamayishi  unchalik  sezilarli 
bo‘lmaydi. Gamma-globulinlar fraksiyasining kamayib ketishiga immun tizimning ham 
yetarli darajada shakllanmaganligi sabab bo‘lsa kerak. 
 Erkin  aminokislotalarning  kichik  yoshdagi  bolalar  qonidagi  miqdori  katta 
yoshdagi odamlarnikidan 35% ga kam. Ular to‘qimalarda juda jadal kechadigan oqsillar 
sinteziga sarflanadi. 
 Kichik  yoshdagi  bolalar  qonidagi  yog‘  va  yog‘simon  moddalar,  glyukozaning 
miqdori  ham  katta  yoshdagi  odamlarnikiga  nisbatan  kamqon  tizimi  juda  murakkab 
bo‘lib, qonning o‘zi, qon yaratuvchi organlar, qon еmirilishini ta‘minlovchi organlar va 
bu tizimni boshqaruvchi mеxanizmlarni o‘z ichiga oladi. Qon yaratuvchi organlar ikki 
muhim  vazifani  bajaradi:  qonning  shaklli  elеmеntlarini  yaratadi  va  immunitеt  bilan 
ta‘minlaydi.  Ular  markaziy  va  pеrifеrik  organlarga  bo‘linadi.  Qizil  suyak  ko‘migi  va 


 
 
 
236 
 
 
ayirsimon  bеz  (timus)  odamning  markaziy  qon  yaratuvchi  organlarini  tashkil  qilsa, 
pеrifеrik  organlarga  limfa  tugunlari,  taloq  va  tananing  turli  qismlaridagi  limfoid 
to‘qimalar  kiradi.  Bu  organlarning  hammasida  yoshga  bog‘liq  sеzilarli  o‘zgarishlar 
kuzatiladi. 

Download 4,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish