3. Faollik tamoyilini tushuntirib bering?
4. O’qitishda ta’lim oluvchilarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga
olish tamoyilini tushuntirib bering?
5. Ko’rgazmalilik tamoyilini tushuntirib bering?
6. O’qitishda tizimlilik va izchillilik tamoyili tushuntirib bering?
7.
O’qitishda talabalarning onglilik va faolligi tamoyilini tushuntirib bering?
8.
O’qitishning tarbiyalovchi xarakterliligi tamoyilini tushuntirib bering?
9.
O’qitishning tarbiyalovchi xarakterliligi tamoyiliga oid buyuk mutaffakkirlar
qarashlarini aytib bering?
4. MAXSUS FANLARNI O’QITISHNING TASHKILIY SHAKLLARI
Tayanch so’z va iboralar: Nazariy ta’lim, ma’ruza, amaliy va tajriba
mashg’ulotlari, ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiya darsi, o’quv
ustaxonasida o’qitish.
4.1. Ta’limni tashkil etish shakllari.
Fan-texnika taraqqiyoti ta’lim jarayoniga asosan yangicha yondashishni,
ta’limning faol metodlari va texnologiyalarini qo‘llashni talab qilmoqda, chunki
xotira kuchiga asoslangan an’anaviy ta’lim berish usuli ta’lim oluvchilarning fikr
yuritish va bilish faolligining o‘sishiga ham yordam beradi.
Hozirgi vaqtda respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida faoliyat olib
borayotgan pedagoglar oldida ta’lim oluvchilarga tayyor bilimlarni beribgina
qolmasdan, balki ularga mustaqil fikr yuritish, ijodiy izlanish, faollik va ziyraklik
ko‘nikmalarini singdirishi kerakligi masalasi turibdi.
O‘qitishning tashkiliy shakllari deganda, ta’lim beruvchi va ta’lim
oluvchilarning maxsus tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan rejimda
o‘tadigan faoliyati tushuniladi. O‘qitishning u yoki bu tashkiliy shakli jamoaviy va
yakka tartibda o‘qitishning har xil ko‘rinishda qo‘shib olib borilishi, o‘qitishda
ta’lim oluvchilar mustaqilligining turli darajasi, ta’lim oluvchilarning o‘qishga
o‘qituvchi rahbarligining har xil usullari bilan tavsiflanadi. O‘qitishni tashkil etish
shakllarini tanlash ta’lim-tarbiyaviy vazifalar bilan belgilanadi va o‘quv ishining
mazmuni hamda metodlariga bog‘liq bo‘ladi.
Ta’limni tashkil etish shakllari pedagogik jarayonni tashkil etishning tarixan
mavjud bo’lgan, barqaror va mantiqiy tugallangan ko’rinishi bo’lib, unga
muntazamlik va yaxlitlik, o’z-o’zini rivojlantirish, shaxsiylik va faoliyatli xarakter,
ishtirokchilar tarkibining doimiyligi, o’tkazishning muayyan tartibi mavjudligi
xosdir.
Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar)ning
ma’lum belgilangan tartibda amalga oshiriladigan hamkorlikdagi faoliyatining
tashqi ko’rinishi kasbiy ta’limning tashkiliy shaklini anglatadi.
Maxsus fanlarni o’qitishning tashkiliy shakllari deganda o’quv-ishlab
chiqarish faoliyati uchun talabalarlar jamoasini tashkil etish yo’llari, bu faoliyatga
rahbarlik qilish shakllari, shuningdek, o’quv mashg’ulotlarini tuzilish tarkibi
tushuniladi.
Ta`limni u yoki bu shaklini tanlashda, talabalarni kasbiy bilim, ko’nikma va
malakalar bilan qurollantirish jarayonida ularning mutloq maqsadi va yaqin
vazifalari, mazmun hamda metodlari, shuningdek, moddiy sharoitini belgilaydigan
asosiy faktor (ko’rsatkich)larini u yoki bu shakllariga bog’liq.
Kishilik jamiyatining taraqqiyot etish jarayonida ta’limning tashkiliy
shakllari turlicha bo’lgan.
Qadimgi paytlarda yakka tartibda o’qitish usuli keng tarqalgan bo’lib,
ma’lum ijodiy jihatlarga ega bo’lganligi bois bu usul hozirgacha saqlanib qolgan.
O’rta asrlarga kelib, ta’lim-tarbiya kichik guruhlar shaklida o’tkazila boshlagan.
Chunki bu davrda sanoat ishlab chiqarishi yo’lga qo’yilayotgan davr hisoblangan.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida chex pedagogi
Ya.A.Komenskiy sinf-dars tizimini nazariy jihatdan isbotlab berdi.
Hozirgi paytda maxsus fanlarni o’qitishning tashkiliy shakllari tahsil
oluvchilarning soni, o’qitish joyi va o’quv vaqtining davomiyligiga ko’ra
quyidagicha guruhlanadi (4.1-rasm):
4.1-rasm. Maxsus fanlarni o’qitishning tashkiliy shakllari
4.2. Nazariy va tajriba-amaliy mashg’ulotlarning asosiy shakllari.
Ijtimoiy talablar, maxsus fanlarning maqsad va vazifalari, ta’lim
oluvchilarning talab hamda ehtiyojlari, ta’lim-tarbiya qonuniyatlari, tamoyillari
kabilarga ko’ra maxsus fanlar mashg’ulotlariga quyidagi talablar qo’yilishi lozim:
fan-texnika va ishlab chiqarish texnologiyalarining so’nggi yutuqlari,
ilg’or pedagogik tajribalardan imkon qadar foydalanish, ta’lim-tarbiya
qonuniyatlariga asoslanib, dars tuzilmasini maqbullashtirish;
darsda barcha didaktik tamoyillarning maqbul nisbatini ta’minlash;
ta’lim oluvchilarning qiziqishi, ehtiyojlari, moyilligini hisobga olgan
holda yuqori samarali o’quv-bilish faoliyati uchun shart-sharoit yaratish;
o’quv
materialini
mukammal
o’zlashtirilishi
uchun
fanlararo
aloqadorlikka amal qilish;
ta’lim oluvchilar tomonidan ilgari o’zlashtirilgan bilimlar va ularning
hayotiy tajribalariga tayangan holda ish ko’rish;
ta’lim
oluvchilarning
barcha
ijobiy
jihatlarini
rag’batlantirish,
o’quv-bilish faoliyatini faollashtirish yo’li bilan rivojlantirishga erishish;
darsning barcha bosqichlarida mantiqiy va his-tuyg’ularga asoslanish;
didaktik materiallar va vositalardan samarali foydalanish;
nazariy materialni amaliyot bilan uzviy bog’lab o’rganish;
zarur bilim, ish-harakat, oqilona fikrlash va amaliy faoliyat ko’rsatish
usullarini tarkib toptirish;
ta’lim oluvchilarda uzluksiz ravishda o’qib-o’rganish, o’z bilimi
va kasbiy mahoratini oshira borish malakasini shakllantirish;
darslarni mukammal rejalashtirish natijalarini oldindan bashorat
etish va tashxislash.
Maxsus fanlar bo’yicha zamonaviy darslarda bir-biri bilan uzviy bog’liq
ta’lim, tarbiya va rivojlantiruvchi maqsadlarni uyg’unlashtirish bu sohadagi aniq
maqsadlarni ham aniqlashtirib olishni talab etadi.
Maxsus fanlarni o’qitishda zamonaviy darslarga quyidagi didaktik talablar
qo’yiladi:
har bir darsning ta’lim-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifasini aniq
belgilab olish;
ijtimoiy talab va tahsil oluvchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan
holda ta’lim mazmunini maqbullashtirish;
o’quv-bilish faoliyatini samarali pedagogik texnologiyalar asosida tashkil
etish;
ta’limning turli shakl, metod va vositalarining uyg’unligini oqilona
ta’minlash;
dars tuzilmasini ijodiy yondashgan holda shakllantirish;
tahsil oluvchilarning turli o’quv-bilish faoliyatlarini uyg’unlashtirish;
ta’lim jarayoni ishtirokchilari orasida tezkor-teskari aloqani ta’minlash,
ta’sirchan boshqaruv mexanizmini ishlatish;
darsni ilmiy-uslubiy asosda tashkil etish.
Amaliyotda sinf-dars tizimi keng ko’lamda qo’llanilganligi sababli maxsus
fanlarni o’qitishda ham sinf-dars ta’lim-tarbiya ishining asosiy shakli deb
hisoblanadi.
Oliy ta’limda ham ta’limni tashkil etishning asosiy shakli sinf-dars shakli
Sinf – dars shaklining quyidagi o’ziga hos xususiyatlari mavjud:
deyarli bir hil tarkib, yoshi va tayyorgarlik darajadagi ta’lim oluvchini
ishtirok etishi;
ta’lim tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq alohida–alohida qismlar ko’rinishiga
ega bo’lishi;
har bir darsning o’quv rejasiga kirgan ma’lum bir o’quv predmetiga oid
bo’lishi;
darslarni jadval asosida muntazam ravishda almashinib turishi;
darslarda ta’lim beruvchining rahbarlik qilishi;
Dars deganda o’qituvchining o’quv guruhiga uyushgan, tayyorgarlik darajasi bir
xil, tarkibi o’zgarmas o’quvchilar bilan mashg’ulot o’tkazishi tushuniladi.
ta’lim oluvchilarni turli ko’rinishdagi o’quv-bilish jarayonida ishtirok
etishidir.
Sinf – dars shaklining quyidagi ijobiy va salbiy tomonlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |