ishlar tahlili, ta’limiy tahlil, uslubiy tahlil, metodologik tahlil, psixologik tahlil,
pedagogik tahlil, yakuniy tahlil, dars tahlil qilish metodikasi.
10.1. Dars tahlili va uning maqasadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini nazorat qilishni professor-o‘qituvchilar jamoasi
ishiga rahbarlik etishning asosiy usullaridan biri deb qarash kerak. Pedagogik
nazoratni amalga oshirish - bu maslahatlar berish, ishga ta’sir ko‘rsatish, uni
yaxshilash, oldindan ko‘rish, voqealarni seza bilish, har bir ta’lim muassasasidagi
ishlarni o‘z vaqtida to‘g‘rilashdir.
O‘quv jarayonini nazorat qilish professor-o‘qituvchilar tomonidan olib
boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni, darajasini, tashkil qilishlari va
metodikasini yaxshilash, o‘qitish jarayonidagi mavjud xato va kamchiliklarni
ochishi kerak.
Dars tahlili, professor-o‘qituvchi faoliyatini o‘rganish va tekshirish,
professor-o‘qituvchi ishning ijobiy va salbiy tomonlarini chuqur bilishga
asoslanilgan malakali yordamdir.
To‘g‘ri tashkil etilgan nazorat professor-o‘qituvchilarning eng yaxshi
tajribalarini aniqlash hamda uni tarqatish choralarini ko‘rishda yordam beradi.
O‘quv ishini nazorat qilish doimiy, rejali, ob’ektiv bo‘lishi kerak. Uni shunday
tashkil qilish kerakki, u professor-o‘qituvchilarda ijobiy tashabbusni, o‘quv
ishining holatiga javobgarlik hissini o‘stirsin. O‘quv ishlarini nazorat qilish
quyidagilarni: darslarga kirishning maqsadlarini aniqlash; darslarni tahlil qilishni
rejalashtirish; darslarni tahlil qilishga tayyorlanish; darslarga kirish; darslar tahlili;
nazorat natijalaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Pedagogik faoliyatda amalga oshirilgan ko’p yillik ish tajribalari va
kuzatishlar, o’qituvchi hamisha o’z ustida ishlashi, bilim, ko’nikma va malakalarni
takomillashtirib borishi kerakligini ko’rsatmoqda. O’qituvchi pedagogik
mahoratining kundan-kunga o’sib borishi, o’quv jarayonida pedagogik va axborot
texnologiyalarni qo’llay olishini kuchayishi, uning pedagogik faoliyatida amalga
oshadi. O’qituvchi faoliyatining qanchalik samarali ekanligini, odatda, uning
mahoratini kuzatish, o’tayotgan darslarini tahlil qilish orqali baholash mumkin.
Bunday ishlarni ko’pincha tegishli Vazirlikning mas’ul xodimlari, ta’lim
muassasasi rahbari yoki uslubchilar, uslubiy birlashma boshliqlari amalga
oshiradilar. Biror o’qituvchining darsiga kirish mo’ljallangan bo’lsa, o’qituvchilik
kasbi odobiga ko’ra shaxslarni darsga kiritish oldidan (ayniqsa, tashqaridan kelgan
shaxslarni) qaysi o’quv xona (auditoriya)ga va qaysi darsga kirish kerak ekanliklari
bo’yicha ogohlantirilishlari lozim. Avvalo, o’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i,
imkoniyat bo’lmay qolgan taqdirda rahbariyat xodimlaridan biri, tashqaridan
kelgan kuzatuvchini birga olib kirishi maqsadga muvofiq. Bu, o’z navbatida, ba’zi-
bir anglashilmovchiliklar va psixologik to’siqlarning oldini olishga yordam beradi.
Darsni kuzatish va tahlil qilish rejasidan qaysi birini tanlash
darsga qanday maqsadni ko’zlab tahlil qilishga;
kuzatuvchining kasbiy tayyorgarlik darajasiga;
dars tahlili kuzuvchisini egallab turgan lavozimiga;
dars tahlilini tashkil etish shakllariga bog’liq.
10.2. Dars tahlilining tarkibiy qismlari.
Dars tahlilining tarkibiy qismlari quyidagi 10.1-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |