9
xo`jalik va harbiy ehtiyojlarni ta`minlash bilan cheklanib qolmasdan, O`rta Osiyoning bosh
xaritasini tuzish ishiga kirishib ketdi.
Turkiston bosib olingandan keyin o`lkani xaritaga tushirish va iqlimini o`rganish uchun
ilmiy baza yaratish masalasi tug`ildi. 1867 yilda Toshkent meteorologik markazi tuzildi, bir oz
vaqtdan keyin shunday markazlardan bir qanchasi boshqa erlarda ham vujudga keldi.
Toshkentda falakiyotshunoslik rasadxonasi yaratish yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib
borildi va 1874 yilda Russiyadagi eng qadimgi Pulkovo rasadxonasi xodimlarining yordami
bilan shunday rasadxona ochildi. SHart-sharoitning qiyinligiga qaramay,
bu sohada katta
yutuqlar qo`lga kiritildi. Rasadxonaxodimlari hozirgi O`rta Osiyo respublikalari hududida qariyb
870 falakiyot manzillarini aniqladilar. Rasadxona xodimlari o`z tashabbuslari bilan ilmiy-
tekshirish ishlari olib bordilar. I. I. Pomerantsevning Farg`ona vodiysida geoid shakli ustida olib
borgan tekshiriolari (1896 yilda), D. D. Gedeonovning Toshkent kengligining o`zgarishi
haqidagi dadqiqotlari (1895 — 1896 yillarda) diqqatga sazopordir. Biroq kadrlar etishmasligi va
ajratilgai
mablag`ning ozligi sababli rasadxona tadqi-qot ishlaripi rsjali ravishda muntazam olib
bora olmadi.
O`lkani o`
rganishda statistika qo`mitalari ham muhim rol’ o`ynadi. 1868
yil yanvarda
Turkiston statistika qo`mitasi tuzildi. Uning tashabbusi bilan 1872 yildan «Turkiston o`lkasi
statistikasi uchun materiallar» nomli to`plam chiqarila boshlandi: (1872—1876 yillar ichida
hammasi bo`lib 5 to`plam chiqarildi.) 1887 yil birinchi yanvardan boshlab Sirdaryo
(Toshkentda), Samarqand (Samarqandda), Farg`ona (YAngi Marg`ilonda) viloyatlari statistika
qo`mitalari tuzildi. qo`mitalar viloyatlarga xos obzorlar nashr qilib, ularda «tabiiy va ishlab
chiqarish ishlari», xalq xo`jaligi, sug`orish tizimlari, yo`llar,
aholi va uning mashguloti, o`lpon
va soliqlar, ma`muriy tuzilish, sog`liqni saqlash va maorif, jamoat obodonchiligi, ob-havo
kuzatishlari va hokazolar haqidagi mufassal ma`lumotlar berildi. 1886—1913 yillarga oid
«Sirdaryo viloyati obzorlari» (Toshkent, 1887—1916 yillar), 1884—1913 yillarga oid «Farg`ona
viloyati obzorlari» (YAngi Marg`ilon-Skobelev, 1889—1916 yillar) nashr qilingan edi.
qo`mitalar •bulardan tashqari yana o`z ishlari haqida hisobotlar va boshqa kitoblarni ham nashr
qildirdi.
O`rta Osiyo xalqlarining turmushiga bag`ishlangan, ilmiy va o`lkashunoslikka doir turli
xabarlar va maqolalar «Turkestanskie vedomosti» hamda «Turkiston viloyatining gazeti»
(Toshkent, 1870—1917 yillar) va boshqa mahalliy matbuotda muntazam bosilib turdi.
1870 yilda Toshkentda ochilgan Turkiston xalq kutubxonasi (hozirgi Alisher Navoiy
nomidagi O`zbekiston milliy kutubxonasi) o`lkani o`rganish bilan shug`ullanuvchi barcha
tadqiqotchilar, ayniqsa mahalliy xodimlar uchun katta ahamiyatga ega bo`ldi. Kutubxona
tashabbuskor bibliofillar (kitob muxbirlari) va bibliograflarning ko`rsatgan faoliyati asosida
o`lkani o`rganishga doir qimmatli asar va materiallar bilan boyib bordi. Kutubxona ochilishi
vaqtida faqat 1700 jild kitob bor edi, 1917 yilga kelib undagi kitoblar soni 80 ming jildga etdi^
Kutubxona fondida saqlanayotgan adabiyot va manba majmualaridan «O`rta Osiyoga, ayniqsa
Turkiston o`lkasiga taalluqli Turkiston asarlar va maqolalar to`plami» juda ham qimmatli asar
bo`lib, shu kunlarda ham o`z axamiyatini yo`qotmagan.
Bu to`plamni tuzish ishlarini ko`zga ko`ringan rus bibliografi V. I. Mejov Peterburgda
1868 yildan boshlab 20 yil davomida olib borgan edi. 1888 yilda «Turkiston to`plami»ga kirgan
katta-katta jildlarning soni 416 ga etganda (bular 1867—1887 yillarda
to`plangan
materiallar edi) o`lkadagi chor ma`muriyati- buyrugi bilan «mablag` yo`qligi sababli» bu ishlar
to`xtatilgan edi. V. I. Mejov «Turkiston to`plami»ga uch kitobdan iborat sistematik va alfavit
ko`rsatkich tuzgan. 1872 yilda A. L. Kun va boshqa sharqshunoslar mashhur «Turkiston
al’bomi» (Turkiston o`lkasining etnografiya, arxeologiya, kasb-hunar va tarixiga doir suratli
al’bom)ni tuzib tamomladilar. Bu nodir asar hozirgacha ham o`z ilmiy qimmatini yo`qotgani
yo`q. Al’bom 1262 dona rangli va rangsiz fotosuratlar yopishtirilgan 447 kartondan iborat bo`lib,
Rossiyada faqat uch kutubxona — imperator kutubxonasi, Fanlar akademiyasi kutubxonasi va
Turkiston kutubxonasigina faxrlana oladigan, badiiy jihatdan g`oyat noyob asar edi.
10
1917 yilga qadar o`lkadagi ilmiy jamiyatlar tomonidan hammasi bo`lib Rus geografiya
jamiyatining Turkiston bo`limi «Axboroti»ning 13 jildi (1898—1917 yillar), Turkiston
arxeologiya va havaskorlar to`garagining majlisi qarorlari va axborotlaridan 21 to`plam (1896—
1917 yillar), Turkiston qishloq xo`jaligi jamiyati tomonidan «Turkiston qishloq xo`jaligi»,
jurnalidan 142 son (1906—1917 yillar), «Turkiston dehqoni» jurnalidan 60 son (1915 — 1917
yillar), SHarqshunoslik jamiyati Toshkent bo`limi «Axboroti» ning 6 soni (1908—1909 yillar),
bundan tashqari yana ilmiy-tibbiyot jamiyatlarining ko`pgina protokol hamda asarlari va
boshqalar bosib chiqarilgan edi.
Ozbekistonning va umuman butun Turkistonning yodgorliklari ko`pdan buyon olimlarning
diqqatini o`ziga jalb qilib kelardi. XIX asr davomida osori atiqalar ustida arxeologik kuzatishlar,
qidiruv ishlari olib borildi. Bu sohadagi ishlar P. I. Lerh N. I. Veselovskiy, V. A. Jukovskiy, V.
V. Bartol’d va mahalliy turkistonshunoslardan M. S. Andreev, V. L. Vyatkin, A. L. Kun, A. A.
Semyonov va boshqalarning nomlari bilan bog`liqdir.
Sobiq Turkistonning qadimiy yodgorliklarini hisobga
olish va tekshirishga markazdagi
ilmiy muassasalar
imperator arxeologaya komissiyasi, ayniqsa Rus
arxeologiya jamiyatinyng
SHarq bo`limi, shuningdek, 1903 yil
aprelda tashkil qilingan o`rta va SHarqiy Osiyoni tarixiy,
arxsologik, lingvistik va etnografik lsihatdan o`
rganish qo`mitasi ham e`tibor berdi.
Rus
havaskor kollektsiyachilari Barshchevskiy,
Vyatkin, Dobromnslov, Kastal’skiy,
Komarov, Petrov-Borzna, Poslavskiy, Stolyarov, Terent’ev, Trofimov va boshqalarning
to`plagan ko`pdan-Ko`p ma`lumotlari hammaga mashhur edi.
Arxeologiya yig`malari 1871, 1874, 1889 yillarda Toshkent, Samarqand va Farg`onada
ochilgan muzeylarda saqlanadi.
O`rta Osiyo tarixiga oid eng muhim manbalardan biri Muhammad Narshaxiyning «Buxoro
tarixi» (X asr) asari N. S. Likoshin tomonidan rus tiliga tarjima qilinib, 1897 yilda nashr etilishi
(V. V. Bartol’d tahriri ostida) katta ahamiyatga ega bo`ldi.
Qadimgi me`morchilik yodgorliklaridan asosan Samarqand yodgorliklari o`rganildi. 1895
yilda N. I. Veselovskiy rahbarligi ostida va me`mor A. V. SHchusev va boshqa mutaxassislar
ishtirokida Imperator arxeologiya komissiyasi Go`ri Amirni me`morchilik, dekoratsiya nuqtai
nazaridan o`rganish uchun ilmiy safar uyushtirdi. Bu ilmiy safar ishlarining natijalari 1905 yilda
ajoyib al’bom holida nashr etildi!
O`rta Osiyo chor Rossiyasi tarafidan bosib olinganidan keyin O`zbekistonning tarixi va
arxeologiyasini o`rganish
bilan birga, butun o`lkani etnografik jihatdan o`rganish ishlari ham
birmuncha kengaytirildi. Bu ishlarda sharqshunos mutaxassislar bilan bir qatorda, havaskor
o`lkashunoslar va mansabdorlar, ko`proq harbiy-lar orasidan chiqqanlar ham qatnashdilar. O`lar
Turkiston o`lka idora organlaridagi xizmatlarining bergan imkoniyatidan foydalanib, xalq
turmushini o`rgandilar, turli joylarga borib mahalliy aholi bilan aloqa bog`ladilar.
V. V. Bartol’d, N. I. Veselovskiy, V. V. Radlov, A. N. Samoylovich singari mashhur
sharqshunoslarning ayrim asarlari etnografiya nuqtai nazaridan katta ahamiyatga egadir.
Turkistonda mahalliy aholi orasida ishlab kelgan rus shifokorlarining e`lon qilgan maqola va
ma`lumotlarida ham etnografiyaga oid ko`pgina qimmatli ma`lumotlar bor.
Etnografik kuzatishlar bilan bir qatorda o`zbek xalqining turmushi va maishiy buyumlari
(kiyim-bosh,zeb-ziynat,qurol-yarog`,uy-ro`zg`or buyumlari,ishlab chiqarish qunollari)dan
Do'stlaringiz bilan baham: