YUnusobod — Toshkent shahrining yangi dahalaridan biri. Bu joy 1917 yildan keyin
tashkil topgan. Usha qishloqni barpo qilishda ishtirok etgan keksa kosib Abdulla ota Nu`monov
va o`tkir ota Hoshimovlar 1919 yilda taxtapullik kosib YUnus ismli kishi o`sha joyda chayla
qurib, atrofidagi bo`sh yotgan erlarni o`zlashtirib olgan. Keyinchalik ko`pgina taxtapullik
kishilar qatori biz ham ko`chib kelganmiz va yangi er ochib dehqonchilik qilganmiz, deydilar.
O`shalarning aytishlaricha, birinchi bo`lib qo`riq er ochgan YUnus akaning nomi bilan
YUnusobod bo`lib qolgan. B. A. Ahmedovning fikricha 1784 yili Toshkent hokimi YUnusxo`ja
bu joylarni obod qilganligi sababli, uning nomi bilan YUnus obod deb atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |