«Borliq» kategoriyasi. Aksariyat falsafiy tizimlarning kategoriyalar a‘‘aratini tashkil etadigan ko‘p sonli
falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy o‘rinni egallaydi. CHunki u har qanday predmet
, hodisa, voqea va shu kabilarning eng muhim xususiyatini, aniqroq aytganda, ularning mavjud bo‘lish, bevosita
yoki bilvosita namoyon bo‘lish, o‘zaro ta‘sirga kirishish qobiliyatini aks ettiradi.
Bu inson o‘zligini va o‘zini qurshagan borliqni anglashga ilk urinishlaridayoq duch keladigan har qanday
ob‘ektning, borliq har qanday qismining umumiy xossasidir.
Inson aqlli jonzot sifatida shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridayoq o‘z dunyoqarashining negizini tashkil
etadigan muhim savollarga javob to‘ish zaruriyati bilan to‘qnash keladi:
1. «Men kimman?»
2. «Meni qurshagan borliqning mohiyati nimada?»
3. «Borliq qanday va qaerdan paydobo‘lgan?»
4. «Dunyoni nima yoki kim harakatlantiradi?»
5. «Dunyoning rivojlanishida biron-bir maqsadga muvofiqlik, maqsad, mo‘ljal bormi?»
Inson bunday savollarga javob berishga kirishar ekan, uning ongi avvalo o‘zi nima bilan bevosita ish
ko‘rayotganini qayd etadi. Buni aniq anglamasdan, u o‘zining dunyo haqidagi mulohazalarini aniq-ravshan
narsalarni qayd etishdan boshlaydi. SHu tariqa inson va uning ongi o‘zini qurshagan barcha narsalar avvalo mavjud
bo‘lish qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch hosil qiladi.
SHunday qilib, borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yo‘lidagi ilk urinishlaridayoq duch kelgan
barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy
mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o‘rin oldi. Mifologiyaning bosh vazifasi – «borliqni
kim yaratgani» haqida ga‘irib berishni falsafa «borliqning nimaligi, u qaerdan paydobo‘lgani va qaerga
yo‘qolishi»ni oqilona tushuntirish bilan almashtirgani tasodifiy emas. Bunday tushuntirishga urinish jarayonida
faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob to‘ish zaruriyati bilan to‘qnash kelganlar:
falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima?
bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin?
unga qanday falsafiy ma‘no yuklanadi?
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning etimologiyasiga ham murojaat
etishni nazarda tutadi. Mazkur dastur bo‘yicha ta‘lim oluvchilar tarixiy-falsafiy kurs bilan tanish bo‘lishlari
lozimligini hisobga olib, bu yerda faqat falsafiy tafakkur tarixiga qisqacha to‘xtalamiz va mazkur muammoni anglab
etish jarayonidagi muhim bosqichlarinigina qayd etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |