majmuyiga kiruvchi SHerdor madrasasini 1619-1939 olib ko‘raylik. Madrasa peshtoqidagi koshinkorli bezak
orasida qora zamini koshinga oq harflar bilan me‘mor Abdujabbor nomi bitilgan. Peshtoq ravog‘ining tepasida
qizg‘ish zarhal tusli sher oq kiyikni quvib bormoqda. Quyosh bodomqovoq, qiyiq ko‘zli tarzda tasvirlanib, yuzi
zarhal yog‘duga yo‘g‘rilgan
197
. Binoga sinchikovlik bilan qarar ekanmiz, uning bir paytlar mulavachchalar
(talabalar) o‘qiydigan oliy o‘quv yurtlaridagi madrasa bo‘lganiga hatto ishongingiz kelmaydi..
Albatta zamonaviy me‘morlikda bunday jihatlarining hammasini, tasviriy to‘kiislikni uchratish qiyin.
Ayniqsa sho‘rolar davridagi o‘quv yurtlari, rasmiy va turar-joy binolari qurilishlari vaqt nuqtayi nazaridan an‘anaviy
me‘morlikdan qanchalik uzoqlashgan sari, shunchalik san‘atlik xususiyatini yo‘qotib bordi. Masalan, ikkinchi jahon
urushi davridagi me‘morlik qurilishlari (Alisher Navoiy nomidagi katta akademik teatr binosi) bilan 60-80 yillarda
tiklangan binolarni solishtirishda bu farq yaqqol ko‘rinadi. Ayniqsa turar joy binolarining bir xilligi, xususan,
to‘qqiz qavvatli ―quti‖larga me‘morlik san‘ati haqida o‘ylashing o‘zi g‘ayritabiiy tuyuladi. Buni mashhur rus
kinorejisyori E.Razyanov o‘zining hammamiz yaxshi biladigan ―Qushday engil bo‘ling‖ filmida ko‘rsatib bergan.
Filmning premerasida dastlab ekranda meksikancha shlyapa kiygan, qo‘lida ulkan qamchi tutgan, qavog‘i soliq
haybatli kishi paydo bo‘lgan. U me‘morlik san‘ati qo‘llangan turli ko‘rinishdagi binolarni har qamchilaganida
yalong‘ochlab (avval tomlardagi va peshtoqlardagi, keyin derazalardagi va devorlardagi bezaklarni ko‘chirib
tushirish asnosida) bir xildagi ―quti‖larga aylantirib chiqadi(keyinchalik «qamchili hukmdor» olib tashlandi). Ana
shundan so‘ng bir xildagi «qutilarga joylashgan» sovet kishilarining kulgili sarguzashtlari boshlanar edi.
Insonga asosan ishlab chiqaruvchi kuch sifatida qaragan, har bir shaxsning noyob hodisa, takrorlanmas oliy
qadriyat ekanligi tan olinmagan totalitar tuzum me‘morlikka san‘at, ya‘ni ma‘naviy qadriyat tarzida munosabatda
bo‘lmasdi ham. Ne-ne me‘moriy yodgorliklarning – yuzlab qadimgi, takrorlanmas sa‘nat namunalari hisoblangan
madrasalar, maqbaralar va cherkovlarning portlatib tag-tugi bilan yo‘q qilib tashlanganini eslang. Mustaqillikka
erishganimizdan so‘ng me‘morlik yana o‘zining san‘atligiga qaytdi. Respublikamiz prezidenti Islom Karimovning
tashabbusi bilan qator me‘moriy majmular, loyihalar yaratildi, qadimgi yodgorliklar ta‘mirlandi. Shuning natijasi
o‘laroq, bugun biz Imom Buxoriy me‘moriy majmui
kabi ulug‘vor san‘at namunalariga egamiz. Yakka tartibdagi
binolar ham, jamoat binolari ham, ishlab chiqarish inshoatlari ham endilikda har xil original loyihalar asosida,
me‘morlik san‘ati qoidalariga binoan bunyod etilmoqda.
Zero har bir binoni umumiy qolip asosida emas, alohida me‘mor – arxitektor taklif qilgan loyiha vositasida
bunyod etilishi me‘morlikning san‘at ekanini belgilaydigan eng muhim omil hisoblanadi. Chunki me‘mor –
quruvchi-injener emas, san‘atkor. Uning uchun bino loyihasi shunchaki hisob-kitob qilingan chizmalar emas,
ilhom, iste‘dod natijasi bo‘lgan ijodiy ish, bo‘lajak asarning g‘oyasi va rejasidir. Shu bois ba‘zi bizgacha etib kelgan
ulug‘vor, go‘zal me‘moriy obidalar Amir Temur, (Samarqanddagi Amir Temur Jome masjidi), Ulug‘bek (Ulug‘bek
madrasasi, Observatoriya) kabi hukmdorlar loyihalari asosida qurilgani bejiz emas.
Hozirgi paytda zamonaviy materiallar asosida qurilayotgan binolar ham san‘atlik xususiyatiga ega ekani
bilan
diqqatga sazovor. Ularda ko‘rgazmali-amaliy san‘at, atrof-muhit go‘zallashtirish estetikasi binoning mahobati bilan
uyg‘unlashib ketadi. Natijada bino yanada ulug‘vorroq ko‘rinish kasb etadi. M., «SHeraton» mehmonxonasi, Oliy
Majlis binosi kabi inshootlarni shunday zamonaviy me‘morlik namunalari qatoriga kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: