O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/408
Sana07.07.2021
Hajmi3,89 Mb.
#111120
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   408
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

IV  -  bosqich  Hozirgi  zamon  falsafasi.  Ob‘ektiv  borliqni  ifodalash  uchun  mo‘ljallangan  falsafiy  kategoriya 
bo‘lib, uni inson o‘z sezgi a‘zolari orqali idrok etadi, uni tushunishi mumkin va tushunishga harakat qiladi, lekin 
bunda materiya insondan qat‘iy nazar mavjuddir. Bu davrda materiyani tushunishda tabiiy ilmiy jihat emas, balki 
falsafiy  jihat  birinchi  o‘ringa  qo‘yildi.  Bu  materiyaga  narsalar  va  hodisalar  butun  rang-barangligining  ichki 
yagonaligi  zamirida  yotuvchi  mohiyat  –  substantsiya  sifatida  yondashuvdir.  Bu  esa  materiyaga  ob‘ektiv  borliq 
sifatida  yondoshuv  ifodasidir.  XIX  va  XX  asrlar  chegarasida  falsafa  va  tabiatshunoslikda  yuzaga  kelgan  vaziyatni 
tahlil  qilgan  faylasuflar  (ularni  faqat  sobiq  marksizm  vakillaridan  iborat,  deb  tushunmaslik  lozim),  xususan, 
«materiya» tushunchasidan voz kyechish yo‘lidan emas, balki unga  tabiatshunoslikdagi ixtirolarni umumlashtirish 
orqali  chiqarilgan  yangi  va  yangi  xulosalarni  kiritish  yo‘lidan  borishni  taklif  qildilar.  «Materiya»  falsafiy 
kategoriyasining  vazifasi amalda mavjud  materiya turlarining butun cheksiz rang-barangligini qamrab olish va  uni 
ong bilan bog‘lash mumkin emasligiga urg‘u berishdan iborat. Muammoga falsafiy munosabatni uning tabiiy-ilmiy 
talqinidan  farqlash  imkonini  beruvchi  mazkur  yondashuv  juda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi,  aks  holda  mazkur 
sohadagi  tadqiqotlar  va  bilish  imkoniyatlari  doirasi  asossiz  ravishda  torayadi.  Bunga,  masalan,  neo‘ozitivizm 
yo‘nalishlaridan  biri  –  lingvistik  falsafada  duch  kelishimiz  mumkin.  Uning  taniqli  namoyandalari  J.Mur, 
L.Vitgenshteyn va boshqalar hamonki «materiya» va «ong» kabi tushunchalarga ilmiy nuqtayi nazardan aniq ta‘rif 
berish mumkin emas ekan, ulardan voz kyechish lozim, deb hisoblaydi.  
Materiyaning  tarkibiyligi  g‘oyasining  ildizlari  antik  falsafaga,  xususan,  Demokrit,  Epikur  va  Lukretsiy 
Karning atomistik ta‘limotiga borib taqalsada, bu g‘oya tabiatshunoslikning rivojlanishiga kuchli ta‘sir ko‘rsatgan. 
Hozirgi  zamon  falsafasida  u  ancha  salmoqli  va  ilmiy  asoslangan  materiyaning  tizimli  tuzilishi  kontseptsiyasida 
mujassamlashgan. 
 Keyinchalik materiya haqidagi tasavvurlar asosan uning muayyan xossalari - massa, energiya, ko‘lam bilan 
bog‘langan va uning muayyan turlari - modda, atomlar, korpuskulalar va sh.k. bilan tenglashtirilgan.  
Bu masalalarga nisbatan hozirgi yondashuvlar ancha o‘zgargan va  materiya  haqidagi tabiiy-ilmiy, masalan, 
fizik yoki kimyoviy tasavvurlar bilan bir qatorda uni anglab etishning falsafiy darajasini ham nazarda tutadi. Boshqa 
hozirgi falsafiy yo‘nalishlarning aksariyatida bu tushunchalar faol qo‘llaniladi va muhim metodologik rol o‘ynaydi. 
Xususan, uning substantsiyalilik, cheksizlik, yo‘q bo‘lmaslik, harakat, makon, vaqt kabi uzviy xossalari farqlanadi.  
Materiyaning  tuzilishiga  nisbatan  kim  qanday  yondashmasin,  u  bir  qancha  alohida  va  katta  guruhlarga 
bo‘linadi. Zero, barcha moddiy ob‘ektlar tartibga solingan, izchil ichki tuzilishga ega.  
Materiyaning  cheksizligini  hozirgi  zamon  tabiatshunosligi  ham  tasdiqlaydi.  Materiyaning  notirik,  tirik  va 
ijtimoiy kabi tarkibiy darajalari farqlanadi. Ular borliqning  asosiy  shakllari bilan  mos  keladi. Bunda turli darajalar 
bir-biri  bilan  uzviy  bog‘liqdir.  Ayni  vaqtda  ularning  tarkibida  muayyan  ierarxiya  va  soddaroq  shakllardan  (jonsiz 
materiyadan) murakkabroq shakllar (jonli va ijtimoiy materiya) sari yuksalish kuzatiladiki, bugungi kunda ularning 
mavjudligi  faqat  sayyoramizga  nisbatan  o‘zining  ilmiy  tasdig‘ini  to‘gan.  Jonsiz  tabiatning  tuzilishi  va  rang-
barangligi haqidagi tasavvurlar esa, mikro, makro va megadunyolarni qamrab olib, tinimsiz kengayib va teranlashib 
bormoqda.  
XX  asrda  bu  borada  ayniqsa  katta  yutuqlarga  erishildi.  Asr  boshida  modda  diskret  zarralardan  iborat 
qandaydir  uzluksiz  narsa  sifatida,  maydon  esa  uzluksiz  moddiy  muhit  sifatida  tushunilar  edi.  Endilikda,  kvant 
fizikasi,  nisbiylik  nazariyasi  va  boshqa  tabiiy-ilmiy  g‘oyalarning  rivojlanishi  bilan  modda  va  maydon  o‘rtasidagi 
farq  nisbiy  tus  oldi,  kashf  etilayotgan  elementar  zarralar  esa  o‘zining  rang-barangligi  bilan  kishini  hayratga 
solmoqda.  Bu  sohada  yechilmagan  muammolar  hali  bisyor  bo‘lsa-da,  fan  materiya  tashkil  to‘ishining 
«subelementar» darajasini o‘rganib, elementar zarralarning yagona tabiatini tushunishda  sezilarli darajada yutuqqa 
erishdi.  Bu  yerda  so‘nggi  yillarda  plazma,  materiyaning  alohida  holati  sifatidagi  fizik  bo‘shliq  hodisalari  va 
materiyaning cheksizligi haqidagi g‘oyani tasdiqlovchi boshqa jarayonlar kashf etildi va o‘rganilmoqda.  
Hozirgi davrda materiyaning uch tarkibiy darajasi farqlanadi: 
- mikrodunyo – atomlar va elementar zarralar dunyosi. ( bunda ...dan tashkil to‘adi» tamoyili amal qilmaydi)  
- megadunyo – koinot dunyosi (sayyoralar, yulduzlar komplekslari, galaktikalar, megagalaktikalar); 
- makrodunyo – barqaror shakllar va insonga mos kattaliklar dunyosi (unga molekulalarning krisstallashgan 
komplekslari, organizmlar, organizmlarning hamjamiyatlari ham kiradi); 
Materiya  tarkibiy  darajalarining  aniq  chegarasini  aniqlash  mushkul.  Uni  fan  doimo  qayd  etavermaydi. 
Bizning bilimlarimiz  tobora chuqurlashib, darajalarning  yangi va  yangi  sifat chegaralarini aniqlaydi. Materiyaning 
tarkibiy  darajalari  to‘g‘risida  so‘z  yuritilganida,  subelementar,  mikroelementar,  yadroviy,  atom,  molekular, 
makroskopik va kosmik darajalar ham tilga olinadi. Materiyaning mikroskopik darajasida fizika taxminan 10-15 sm 
uzunlikda  taxminan  10-22  ga  teng  vaqt  ichida  yuz  beruvchi  jarayonlarni  o‘rganish  bilan  shug‘ullanadi. 
Megadunyoda  esa,  kosmologiya  taxminan  1010ga  teng  vaqt  (Koinot  yoshi)  ichida  yuz  beruvchi  jarayonlarni 
o‘rganadi.  Materiyaning  tarkibiy  darajalari  g‘oyasi  metodologiya  mutaxassislari  tomonidan  sababiyat  va  dunyoni 
bilish mumkinligi g‘oyasi bilan bir qatorda juda yuksak baholanadi.  
Ayni  vaqtda  shuni  qayd  etish  zarurki,  materiyaning  tarkibiy  darajalari  tasnifi  zamirida  chiziqli  ierarxiya 
tamoyili  yotadi.  Bu  yerda  «qism  butundan  kichkina»  tamoyili  amal  qiladi.  Lekin  bu  dunyolarning  biri  soddaroq, 


ikkinchisi  murakkabroq,  degan  ma‘noni  anglatmaydi.  Dunyolar  qism  va  butun  sifatida  taqqoslanmaydi,  ular 
universumning o‘ziga xos teran o‘zgarishlarini ifodalaydi. SHu bois bu tasnifni mutlaqlashtirish kerak emas.  
Yuqorida aytilganlarga ishonch hosil qilish uchun misol keltiramiz. Butun sonlar qatori 1, 2, 3, 4 , 5, 6 , 7, 8, 
9, ... n ni olamiz, bu to‘plamdan kichik to‘plam – juft sonlar qatori 2, 4, 6, 8, 10, 12, 14, ...n ni ajratamiz. Dastlab juft 
sonlar qatori butunning, ya‘ni butun sonlar qatorining bir qismigina bo‘lib tuyuladi. Ammo ularni taqqoslasak, juft 
sonlar qatori butun sonlar qatori kabi cheksiz ekanligini ko‘ramiz. Binobarin, bu yerda qism butun bilan teng.  
Bundan  tashqari,  mikrodunyoda  o‘tkaziluvchi  barcha  eks‘erimentlar  g‘ayrioddiy  natijaga  olib  keladi. 
Mikrodunyo azaldan jumboqlarga to‘la, deb aytish mumkin. Ikki elementar zarra to‘qnashuvidan keyin hech qanday 
kichikroq elementar zarralar hosil bo‘lmaydi. To‘qnashgan zarralar bilan bir xil, ya‘ni elementar zarralar, masalan, 
ikki ‗roton to‘qnashuvidan keyin boshqa ko‘plab elementar zarralar, shu jumladan, protonlar, mezonlar, giperonlar 
vujudga  keladi.  Zarralarning  «ko‘plab  tug‘ilishi»  hodisasini  Geyzenberg  quyidagicha  tushuntirgan.  Elementar 
zarralar  to‘qnashganida  ko‘p  miqdordagi  kinetik  energiya  moddaga,  paydobo‘luvchi  zarralarga  aylanadi  va  biz 
zarralarning  ko‘plab  tug‘ilishi  jarayonini  kuzatamiz.  yarim  asr  muqaddam  elementar  zarralarning  atigi  uch  turi  - 
moddaning  eng  kichik  elementlari  –  elektron  va  proton  hamda  energiyaning  eng  oz  portsiyasi  hisoblangan  foton 
ma‘lum  bo‘lsa,  hozir  200  dan  ortiq  elementar  zarralar  kashf  etilgan.  Oddiy  ob‘ektlar  tarkibini  aniqlash  uchun, 
«qandaydir  kichikroq  elementlardan  tashkil  topadi»  formulasi  mos  kelsa,  bu  mikrodunyoni  tavsiflashga  mos 
kelmaydi.  
Mikrodunyoning boshqa bir g‘ayrioddiy effekti mikrozarraning ikki yoqlama tabiati, ya‘ni u ham korpuskula, 
ham to‘lqindan iborat ekanligi bilan bog‘liq. SHu sababli bunday zarra makon va vaqtda aniq o‘rin olishi mumkin 
emas. Bu xususiyat Geyzenbergning nomuayyanliklarning o‘zaro nisbati tamoyilida o‘z aksini to‘gan.  
Materiyaning tarkibiy darajalari ierarxiyasida inson markaziy o‘rinni egallaydi. Qadimdayoq protagor «Inson 
hamma  narsalarning o‘lchovidir», degan edi.  Dunyoni o‘zlashtirishda  inson qadriyatlari  shkalasini andoza sifatida 
qabul  qiluvchi  falsafiy  ta‘limot  –  «Antropologizm»  zamirida  ana  shu  tezis  yotadi.  Materiya  tuzilishining  inson 
tomonidan  kuzatiluvchi  darajalari  odamlar  yashovchi  muhitning  tabiiy  shart-sharoitlarini,  ya‘ni  bizning  dunyoviy 
qonuniyatlarimizni  hisobga  olgan  holda  o‘zlashtiriladi.  Lekin  bu  bizdan  ancha  olisdagi  darajalarda  materiyaning 
mavjud  shakllari  va  holatlaridan  butunlay  farq  qiluvchi,  mutlaqo  boshqacha  xossalar  bilan  tavsiflanuvchi 
«g‘ayritabiiy»  shakl  hamda  holatlari  mavjud  bo‘lishi  mumkin,  degan  taxminni  istisno  etmaydi.  SHu  munosabat 
bilan olimlar geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlarni farqlay boshladi.  
SHunday qilib, materiya kategoriyasining funksiyalari qo‟yidagilar: 

 
ongga, ma‘naviy kuchlarga bog‘liq bo‘lmagan ob‘ektiv borliqning mavjudligi haqidagi fikrni ifodalaydi; 

 
barcha narsalarda mavjud bo‘lgan umumiy xossalarni tavsiflaydi; 

 
barcha narsalarni bilishga eltuvchi yo‘lni, ularni bilishda amal qilish lozim bo‘lgan umumiy dastur yoki 
strategiyani umumiy ko‘rinishda belgilaydi.  
Bu funksiyalarni materiya kategoriyasi falsafaning keyingi rivojlanishi jarayonida saqlab qoldi.  
 Materiya  tuzilishining  inson  tomonidan  kuzatiluvchi  darajalari  odamlar  yashovchi  muhitning  tabiiy  shart-
sharoitlarini, ya‘ni bizning dunyoviy qonuniyatlarimizni hisobga olgan holda o‘zlashtiriladi. Lekin bu bizdan ancha 
olisdagi  darajalarda  materiyaning  mavjud  shakllari  va  holatlaridan  butunlay  farq  qiluvchi,  mutlaqo  boshqacha 
xossalar bilan tavsiflanuvchi «g‘ayritabiiy» shakl hamda holatlari mavjud bo‘lishi mumkin, degan taxminni istisno 
etmaydi. SHu munosabat bilan olimlar geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlarni farqlay boshladi.  

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish