qo‘shig‘ini tinglaymiz. Kinoshunos Z.Krakauer: «Fotografiya bilan bir qatorda kino ham materialni nisbatan qo‘l
tegmagan ko‘rinishda etkazib beradigan yagona san‘at turidir... Suratga tushirilgan tasvirni idrok etar ekan,
tomoshabin ba‘zan haqiqiy reallikning ovozini – «borliqning shivirini» tinglaydi», – deganida haqiqatni aytgan
edi.
204
Fotosan‘atning ham turli janrlari mavjud, ularning ko‘pi rassomlikdan «o‘tgan»: portret, manzara, natyurmort
v.h. Ammo har ikki san‘at turidagi bir xil janr o‘ziga xos tafovutga ega. M., portret janrida rassomlik san‘ati har
qanday syujetdan yiroq, o‘z dunyosiga o‘zi sho‘ng‘igan individual inson tasvirini beradi. Badiiy suratkashlikdagi
portret esa aynan «odam ishtirokidagi syujetni» aks ettiradi, undagi individ o‘z dunyosidan chiqib ketadi va o‘zi
ishtirok etayotgan jarayonning bir qismi sifatida gavdalanadi. Ya‘ni fotosan‘atda insonning o‘zi emas, uning tashqi
dunyoga munosabati birinchi o‘rinda turadi.
Fotosan‘atda montaj katta ahamiyatga ega. Montaj orqali badiiy qiyofa yaratish imkoni nihoyatda keng. Fan
va texnikaning ravnaqi tufayli u «mo‘‘jizaviy» darajaga ko‘tarildi. Hozirgi kunda tasvir tayyorlashning
kompyuterlashtirilishi natijasida badiiy suratkashlik eng qamrovli san‘atga aylanib bormoqda va boshqa san‘at
turlariga tobora katta ta‘sir ko‘rsatmoqda. Ayni paytda fotoreklama va fototanqiddagi o‘ziga xos go‘zallik hamda
go‘zallikka aylanishi kerak bo‘lgan xunuklikning badiiy qiyofalar darajasidagi tasviri ham jamiyat taraqqiyotida
muhim ahamiyatga ega.
Kino. Eng miqyosli zamonaviy san‘at turi, bu – kino. Bugungi kunda u hamma erda «hoziru nozir». Uni
kinoteatrlarda jamoaviy, televidenie va videomagnitafon orqali esa oilaviy yoki individual tomosha qilish mumkin.
Hozirgi paytda kino o‘zining dastlabki «harakatdagi fotografiya» holatidan shu qadar uzoqlashib ketganki, endi
uning ovozsiz davridagi montaj dramaturgiyasiga suyanib qolgan san‘at sifatida tasavvur ham qilish qiyin. Hozir
aktyorlar yaratgan, murakkab psixologizmga asoslangan badiiy qiyofalar, adabiy sstenariy zaminida
ekranlashtirilgan real hayotni badiiy aks ettiradigan davomli, ko‘pchiziqli syujet birinchi o‘rinda turadi. Kinoda
teatrdagidek dinamik dramatizm hamda uning asosini tashkil etgan harakat, harakat va yana harakat (bunda fikriy
harakat ham nazardan qochirilmasligi lozim) asarning moyasini tashkil etadi. Biroq kino, teatrdan farqli ravishda,
kadrlar orqali zamondan-zamonga «sakrab» o‘tish imkoniga ega, biroq bu «sakrash», agar film rejissurasi puxta
bo‘lsa, tomoshabinga sezilmaydi, u hozirgi voqealarning ibtidosi, sababchisi – avval bo‘lib o‘tgan voqealar ekanini
his qilib turadi. Chunki o‘tgan voqealarning eng muhim, qahramonlar taqdirini belgilaydigan holatlari kadrlarda
bugungi voqealar bilan tabiiy ulanib ketadi, ya‘ni kecha – bugunga, bugun – kechaga o‘tib turishi ekran imkoniyati
doirasidagi «oddiy gap», kino san‘ati usullaridan biri. Sahnada esa bunday imkoniyat yo‘q, unda mazkur holatlar
tomoshabinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki dekorastiya va musiqa o‘zgarishlari yordamida aktyorlar monologlarida,
ba‘zan diologlarida nutq (so‘z) orqaligina shartli ravishda etkazib beriladi.
Ekranning imkoniyatlari, haqiqatan ham nihoyatda keng: u rassomlik, teatr, adabiyot, stirk, musiqa, estrada
v.b. san‘at turlaridan bemalol foydalana oladi, ularning zarur jihatlarini o‘ziga «qo‘shib oladi». Bundan tashqari
kinoda kinematografiya tili bilan aytganda «plan»lar bor: umumiy. o‘rta, yirik M., umumiy planda film
qahramonlari yoki asosiy ob‘ekt atrof-muhitdan alohida ajratib olinmaydi, umumiy tasvirning bir qismi sifatida,
o‘rta planda – u ajratib, lekin atrof-muhit unga fon sifatida xizmat qilgan holda tasvirlanadi. Yirik planda esa
qahramon yoki ob‘ektning faqat eng muhim tomonlari – inson yuz-ko‘zi va undagi ruhiy evrilishlar yoki, deylik,
bayroqning butun ekranni tutib hilpirashi kabi holatlar «tomoshabinga qarab keladi». Bunda va umuman, kinoda
rejissyor g‘oyasi bilan birga tasvirchi – operatorning roli katta. Agar muqim suratga olishda asosan rejissyorning
«degani-degan» bo‘lsa, harakatdagi kamera orqali tushiriladigan tasvirlarda tasvirchining mahorati, tajribasi, ijodiy
fikrlash qobiliyati muhim. SHu bois iste‘dodli tasvirchilarning keyinchalik taniqli rejissyorlarga aylanganini kino
tarixida uchratishimiz mumkin. Mashhur rejissyor Malik Qayumov ko‘p yillar tasvirchi bo‘lib ishlagani bunga misol
bo‘la oladi.
Jahon kinosi bilan deyarli bir vaqtda vujudga kelgan, Hudoybergan Devonov asos solgan o‘zbek
kinematografiyasi bugungi kunda katta tarix va salohiyatga ega. N.G‘anievning «Tohir va Zuhra», K.YOrmatovning
«Alisher Navoiy» kabi filmlari kino san‘atidagi mumtoz asarlar hisoblanadi. Bugungi kunda xususiy
kinostudiyalarning ko‘plab vujudga kelishi, ijod erkinligi tufayli o‘zbek kinosi ravnaqi uchun har tomonlama etarli
sharoit mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: