O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Mirzo Ulug‟bek nomidagi O‟zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/408
Sana07.07.2021
Hajmi3,89 Mb.
#111120
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   408
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Mirzo Ulug‟bek nomidagi O‟zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti. 1922 yilda O‘rta Osiyo davlat 
universiteti  (hozirgi  O‘zMU)  ijtimoiy  gumanitar  fanlar  fakultetida  falsafa  fanidan  o‘quv  mashg‘ulotlarining  olib 
borilishi, bu boradagi dastlabki qadam bo‘ldi. 
1935  yilda  birinchi  «Dialektika  va  tarixiy  materializm»  kafedrasi  tashkil  qilindi.  1944  yilda  Dialektika  va 
tarixiy  materializm  kafedrasi  tarkibidan  «Falsafa»  kafedrasi  ajralib  chiqqan.  Aynan  ―Falsafa‖  kafedrasi  negizida 
1962 yilda  ―Ilmiy kommunizm‖, 1967 yilda  ―Tabiiy  va  gumanitar fakultetlar falsafa‖  kafedralari tashkil qilingan. 
Kafedralar tarkibi milliy kadrlar bilan boyib borgan. 
1960  yillarda  ―Falsafa‖  kafedrasida  45  ta  professor-o‘qituvchi  faoliyat  olib  borgan.  Bu  davrda  falsafa 
mutaxassisligi  bo‘yicha  universitetning  o‘zida  milliy  kadrlar  tayyorlash  imkoniyati  paydobo‘lgan.  ‗rofessor 
A.Ayupov, H.Umarov sa‘y harakatlari bilan oliy ta‘lim vazirligida bu  masalaga ijobiy yondoshilib, universitetning 
tarix  fakultetida  1963-1964  o‘quv  yilidan  boshlab  falsafa  bo‘limi  tashkil  qilingan  va  unga  H.Umarov  rahbar  etib 
tayinlangan.  O‘quv  rejasi  asosida  Respublikaning  yirik  olimlari  jalb  qilinib,  falsafa  bo‘yicha  mutaxassis  kadrlar 
tayyorlash jarayoni boshlangan. 
SHu yillarda ilmiy ishlar rivoj to‘ib yuqori malakali kadrlar etishib chiqa boshlagan. 1962-1967 yillarda 18 ta 
falsafa  fanlari  nomzodi  tayyorlangan.  1962-1992  yillar  davomida  gumanitar  fakultetlar  ―Falsafa‖  kafedrasini 
                                                 
25
 Karimоv I.A. Insоn, uning huquq va erkinliklari оliy qadriyat. 14-jild. –T.: O‘zbеkistоn, 2006. –B.108-109.  
26
 Karimоv I.A. Insоn, uning huquq va erkinliklari оliy qadriyat. 14-jild. –T.: O‘zbеkistоn, 2006. –B.108-109.  


boshqargan  professor  A.T.Ayupov  boshchiligida  dotsentlar  G‘.SHoyusupova,  A.I.Abdusamedov,  K.S.Sadikov, 
K.I.Ivanova,  I.Rahimov,  V.S.Nikitchenko  va  boshqalar  dastlab  falsafa  bo‘limi,  keyin  falsafa  fakultetining  milliy 
kadrlarni  tayyorlash  faoliyatida  katta  rol  o‘ynadilar.  O‘sha  yillarda  falsafa  bo‘limi  professor-o‘qituvchilari  nafaqat 
o‘quv  jarayoni,  balki  ilmiy  bilish  sohasida  faol  ishtirok  qilganlar.  1974  yilda  K.I.Ivanovaning  ―Ilmiy  bilishda 
sababiylik  tamoyili‖  nomli  monografiyasi,  professor  L.E.Garber,  A.T.Ayu‘ov,  U.Xaydarov,  B.To‘ychiev, 
V.G.CHernaxlarning ―Ilmiy bilish mantig‘i va metodlari‖(1986) mavzusidagi turkum asarlari nashr qilingan. 
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi E.YU.YUsupov, professorlar M.V.Vohidov, I.R.Rahimovlar 
1980-2005  yillarda  O‘zbekistonning  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy-madaniy  taraqqiyotining  falsafiy  muammolari 
bo‘yicha  ilmiy  tadqiqot  ishlari  olib  borish  bilan  birga,  darslik  va  o‘quv  qo‘llanmalari  yozganlar,  yosh  kadrlarni 
tayyorlashga  o‘zlarining  munosib  hissasini  qo‘shganlar.  SHu  yillar  davomida  J.Babayevning  ―Falsafa  asoslari‖ 
o‘quv  qo‘llanmasi,  E.YUsupovning  tahririda  ―Falsafa‖  (1985)  darsligi,  I  Raximovning  ―Mantiq  fanidan  seminar 
mashg‘ulotlari‖ (1984) o‘quv qo‘llanmalari nashr qilingan.  
Falsafa  bo‘limida  o‘qitiladigan  fanlarning  differentsiallashuvi  natijasida  ―Mantiq‖,  ―Falsafa  tarixi‖  va 
―Dinshunoslik‖  kafedralari  tashkil  qilingan.  O‘sha  yillarda  falsafa  bo‘limi  professor-o‘qituvchilari  nafaqat  o‘quv 
jarayoni, balki ilmiy ishlar sohasida ham faol ishtirok qilganlar. 
Mustahkam  poydevor  yaratilgach,  1979  yilda  tarix  fakulteti  tarkibidan  ―Falsafa,  iqtisod  va  psixologiya‖ 
bo‘limlari ajratilib, uchta mutaxassislikni birlashtiruvchi yangi ―Falsafa-iqtisod‖ fakulteti tashkil qilingan va falsafa 
fanlari nomzodi, ‗rofessor G.SH.SHoyusu‘ova (1979-1985) dekan lavozimiga tayinlandi.  
Bu  esa  falsafa  fanining  yanada  chuqur  va  keng  o‘rganilishi  yo‘lidagi  dadil  qadam  bo‘ldi.  yangi  kafedralar 
tashkil  qilinib,  falsafani  o‘qitishga  differentsial  yondoshuv  shakllandi.  SHu  yillarda  fakultetda  professorlar:  - 
M.Xayrullaev,  M.Baratov,  L.E.  Garber,  V.N.  Moroz,  M.  Nurmatov  f.f.n  dotsent  M.Q.  Aripov,  f.f.n.  dotsent 
M.Daliev,  dotsent  E.N.  Abramyan,  Z.Mo‘minova,  dotsent  T.M.Ramazanov,  I.R.Ramazanov,  R.Nosirov, 
SH.B.Qahharova,  M.  Usmonov,  I.L.  Turchaninov,  fakultetning  bitiruvchi  yoshlari  M.  SHaripov,  B.To‘ychiev, 
E.Mo‘minov,  A.O‘tamurodov,  I.Ergashev,  o‘rindoshlik  asosida  professorlar  M.N.  Abdullaeva,  H.Aliqulov  va 
boshqalar ilmiy pedagogik faoliyat olib borganlar. 
1990  yilda  universitet  yangi  Nizomi  qabul  qilinib,  uning  keyingi  taraqqiyot  yo‘llari,  vazifalari,  huquqlari, 
xalq  hayotidagi  mavqei  yangi  dunyoqarash  nuqtayi  nazaridan  belgilab  olindi.  SHu  bois  1991  yilda  fakultet 
tarkibidan  ―Iqtisod‖  bo‘limi ajraldi hamda  Falsafa, sotsiologiya  va  psixologiya‖ bo‘limlari va  9 kafedradan iborat 
―Falsafa‖  fakulteti  yoshlar  ongiga  mustaqillik  mafkurasining  mazmun  va  mohiyatini  singdirish,  yangi 
dunyoqarashni shakllantirish yo‘lida fidokorona mehnat qildilar. 
1989-2007  yillarda  ―Falsafa  tarixi  va  mantiq‖  kafedrasining  mudiri  lavozimida  ishlagan  professor 
S.A.Yo‘ldoshev kafedra a‘zolari bilan hamkorlikda SHarq va G‘arb xalqlari tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari falsafasi 
va  ijtimoiy  axloqiy  qarashlarini  o‘rganish  bilan  bir  qatorda,  mantiq  fanining  keng  qamrovli  o‘rganilishiga  ham 
alohida  e‘tibor qaratib kelgan. Magistraturada  ushbu  yo‘nalish bo‘yicha  mutaxassislik ochishga  boshchilik qilgan. 
Pokiston va Eron falsafasini O‘zbekistonda chuqur o‘rganilishiga munosib hissa qo‘shgan. 
 O‘zbekiston  Respublikasi  prezidenti  I.A.Karimovning  2000  yil  28  yanvardagi  farmoniga  ko‘ra,  Toshkent 
Davlat  universitetiga  ―Milliy‖  maqomi  berilishi,  fakultet  professor  o‘qituvchilariga  mas‘uliyat  yuklashi  bilan  bir 
qatorda yangi faoliyatga chorladi. Ular falsafiy bilimlarni, yangilangan tafakkur nuqtayi nazaridan yoritish bo‘yicha 
faol ish olib bordilar.  
2002  yilda  yangi  ―Falsafa  va  fan  metodologiyasi‖  kafedrasining  tashkil  qilinishi  falsafadagi  ijtimoiy 
muammolar  bilan  bir  qatorda,  fundamental  masalalarning  o‘rganilishiga  keng  imkoniyatlar  yaratdi.  ―Falsafaning 
metodologik muammolari‖ ilmiy maktabiga asos solindi.  Bugungi kunda  ushbu maktab tadqiqotchilari tomonidan 
―gerontologiya‖  -  qariyalik  muammosi,  ―tanatalogiya‖  -  o‘lim  va  barhayotlik  muammosi,  ―fenomenologiya‖ 
insonning individual ijtimoiy ongiga ta‘sir qiluvchi omillar muammosi, ‖germenevtika‖  - tushunish va tushuntirish 
muammosi,  ―epistemologiya‖,  ―fan  falsafasi‖,  ―Ijtimoiy  vaqt‖,  ―Sinergetika‖,  ―Dialog  tushunish  vositasi‖  kabi 
muammolarning  falsafiy  tahliliga  qiziqishning  kundan  kunga  ortib  borishi  yangi  avlod  faylasuflarining  yuqori 
intellektual  salohiyatga  egaligi  va  ayni  paytda  ularni  ilmga  yo‘naltiruvchi  munosib  ustozlar  borligidan  dalolat 
beradi. 
O‘tgan yillar davomida fakultet bitiruvchilari nafaqat pedagogik faoliyati, balki ilmiy salohiyati bilan falsafiy 
fanlar bo‘yicha yangi o‘quv adabiyotlarini yaratish jarayonida ham faol ishtirok qildilar. I.Saifnazarov muallifligida 
―Kurs  lektsiy  po  filosofii‖  (2001),  ―Ilmiy  ijod  metodologiyasi‖  (2004),  ―Fanlarning  falsafiy  masalalari‖  (2007 
I.Rahimov A.O‘tamurodov hamkorligida ―Fanlarning falsafiy masalalari‖ (2005), D.Fayzixo‘jaeva va M.SHarpovlar 
hammuallifligida  ―Mantiq‖  (2004) o‘quv  qo‘llanmalari,  S.Mamashokirov  tahriri  ostida  Falsafa  (2005  lotin  tilida), 
―Milliy  istiqlol  g‘oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar‖  (2004),  ―O‘zbekistonda  yangi  jamiyat  qurilishining 
g‘oyaviy-mafkuraviy  masalalari‖  (2005),  ―Erkin  va  farovon  hayot  qurilishining  g‘oyaviy  mafkuraviy  masalalari‖ 
(2007)  o‘quv  qo‘llanmalari,  Q.Nazarov  tahriri  ostida  ―Falsafa  qomusiy  lug‘at‖  (2004),  ―G‘arb  falsafasi‖  (2004), 
―Jahon falsafasi tarixidan lavhalar‖ (2005), ―Milliy g‘oya asosiy tushuncha va tamoyillar‖ o‘quv qo‘llanmasi (2001), 
―Milliy g‘oya asosiy tushuncha va tamoyillari lug‘ati‖ (2005), ―Milliy g‘oya va rahbar mas‘uliyati‖ (2008) kitoblari, 
yakka  muallifligida  ―Bilish  falsafasi‖  (2005),  ―Qadriyatlar  falsafasi‖  (2004)  o‘quv  qo‘llanmalari, 
N.A.SHermuxamedova muallifligida ―Filosofiya i metodologiya nauki‖ (2003) o‘quv qo‘llanmasi, ―Falsafa va fan 
metodologiyasi‖  (2005),  ―Gnoseologiya‖  (2007),  Gnoseologiya  –  bilish  nazariyasi  (2009)  darsliklari, 
A.Ochildievning  ―Milliy  g‘oya  va  millatlararo  munosabatlar‖  (2004),  Ye.Emirovaning  ―Metodika  prepodavaniya 


filosofii‖ (2004), shuningdek A.Streltsova bilan hamkorlikdagi ―Vvedenie v spetsialnost» (2009) o‘quv qo‘llanmasi 
kabi qator yangi adabiyotlarining nashr qilinishi fakultetning katta ilmiy salohiyatga egaligidan dalolat beradi. 
O‘zMUning 90 yillik tarixida Falsafa bo‘limining 45 yillik, falsafa fakultetining deyarli 30 yillik faoliyati o‘z 
o‘rniga ega. Zero, bugungi kunda yangilangan tafakkur egalari o‘zbek falsafasining nomini dunyoga tanitmoqdalar. 
Azaliy  falsafiy  muammolarga  yangicha  yondoshmoqdalar.  ―Ustoz  va  shogird‖  maktabining  yangi  avlodi 
shakllanmoqda,  yangi  ilmiy  maktablarga  asos  solinmoqda.  Fakultetning  1500  mingdan  ortiq  bitiruvchilaridan  shu 
yillar davomida 40 ta fan doktorlari va 200 dan ortiq fan nomzodlari etishib chiqdi. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish