aksiologik, axloqiy va tarbiyaviy funksiyalarni qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir.
Bu funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan vazifalar darajasi va xususiyati
bilan belgilanadi.
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi. Falsafaning, dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi, insonning
dunyoga munosabati, uning o‘z-o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni tushunishi, shuningdek turli voqealar,
hodisalarni va o‘z burchini qanday talqin qilishi avvalo va bevosita uning dunyoqarashiga bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, inson dunyoqarashida e‘tiqodlar va bilimlar, tuyg‘ular va emotsiyalar, oqilonalik va
irratsionallik, tajriba, intuitsiya va hokazolar chambarchas bog‘lanadi. Ayni shu sababli falsafasiz dunyoning yaxlit
manzarasini yaratish mumkin emas, chunki, «hamma narsaga aralashadigan» falsafagina dunyoqarashning o‘zaro
bog‘lanmagan turli «parchalari»ni birlashtirib, shu tariqa odamlarning butun borliqqa nisbatan umumiy, izchil va
mantiqan to‘g‘ri munosabatini yaratish imkonini beradi. Bunda falsafa ayrim ikir-chikirlar, ahamiyatsiz tafsilotlarni
mavhumlashtiradi va umumiy aloqalarga, turli narsalar va hodisalar xossalarining birligiga e‘tiborni qaratadi va shu
tariqa o‘zining bosh funksiyasi – dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini bajaradi.
Falsafaning gnoseologik funksiyasi tajribada sinash, tavsiflash yoki shak-shubhasiz inkor etish mumkin
bo‘lmagan, ya‘ni fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir bo‘lmagan narsalar va hodisalarni oqilona
yo‘l bilan tushuntirishga harakat qilishdir. Falsafa u yoki bu mohiyati aniqlanmagan yoki kam o‘rganilgan
hodisalarni tushuntirishga nisbatan o‘z yondashuvlari, nazariyalari va gipotezalarini taklif qilar ekan, ularni bilishga
bo‘lgan qondirilmagan qiziqish o‘rnini ma‘lum darajada to‘ldiradi, shu tariqa mifologik va diniy fantaziyalarga
kamroq o‘rin qoldiradi. Falsafa gnoseologiyada hal qiladigan boshqa bir muhim vazifa «Haqiqat nima?», «Uning
mezonlari qanday?», degan masalalar bilan bog‘liq, zero har qanday bilish jarayoni oxir-oqibatda, u yoki bu tarzda
haqiqatning tagiga etishga qarab mo‘ljal oladi, bu esa eng muhim masaladir.
Metodologik funksiyasi to‘g‘risida so‘z yuritganda metod tushunchasiga murojaat etish o‘rinli bo‘ladi. Bu
tushuncha yunoncha methodos – yo‘l, tadqiqot, tekshirish so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,
u yoki bu maqsadga
erishishning muayyan usulini, shuningdek borliqni nazariy va amaliy o‘zlashtirishga qaratilgan usullar yoki
amallar majmuini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, bu faylasuf yoki olim o‘zi o‘rganayotgan predmet ning
tadqiqot yo‘lidir. Odatda metodologiya muammolari falsafa doirasida o‘rganilgan, biroq ayrim fanlar vujudga
kelishi bilan falsafiy (umumiy) metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim ilmiy metodlar ham rivojlana boshladi.
Falsafaning boshqa bir muhim metodologik funksiyasi falsafada ham, ayrim fanlarda ham muhim rol o‘ynaydigan
har xil kategoriyalarni ishlab chiqishidan iborat. Kezi kelganda yana shuni ham ta‘kidlab o‘tish lozimki, falsafa o‘ta
keng tushunchalar, ya‘ni kategoriyalar bilan ish ko‘rar, ularni ta‘riflar ekan, metodologik funksiya bilan bir vaqtda
dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini ham bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: