O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 166,48 Kb.
bet1/2
Sana27.03.2017
Hajmi166,48 Kb.
#5434
  1   2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

4 VA 5 KURSLAR AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYA KAFEDRASI

c:\users\2013\desktop\derma\j-37 aku.jpg



O’quv-uslubiy boshqarma tomonidan ro’yxatga olindi №______________

«_____» ________________2015 y.



«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

Teshaev O.R.___ ______________

«_____» _____________2015 y.




GINEKOLOGIYA FANIDAN

ISHCHI O’QUV DASTURI

Bilim sohasi:

500000 -

Sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta`minot










Ta`lim sohasi:

110000 -

Pedagogika




510000 -

Cog`liqni saqlash










Ta`lim yo’nalishi:

5111000 -

Kasb ta`limi (5510100-Davolash ishi)




5510100 -

Davolash ishi



















Toshkent-2015

Fanning ishchi o’quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.

Tuzuvchi:

Ayupova F.M. – 4 va 5 kurslar akusherlik va ginekologiya kafedra mudiri, t.f.d., professor

Ayupova D.A. – 4 va 5 kurslar akusherlik va ginekologiya kafedra assistenti, t.f.n.
Sattarova K.A. – 4 va 5 kurslar akusherlik va ginekologiya kafedra assistenti.

Taqrizchilar:

Najmutdinova D.K. – UASH akusherlik va ginekologiya kafedra mudiri, t.f.d., professor

Kurbanov D.D. - TashMPI akusherlik va ginekologiya kafedra mudiri, t.f.d., professor

Fanning ishchi o’quv dasturi 4 va 5 kurslar akusherlik va ginekologiya kafedrasining 2015 yil .... may ...-son yig`ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.

Kafedra mudiri Ayupova F.M

Fanning ishchi o’quv dasturi tibbiy profilaktika fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2015 yil .... iyundagi ....-sonli bayonnoma)

Fakultet kengashi raisi Salomova F.I.

Kelishildi:


O’quv-uslubiy boshqarma

boshlig`i Azizova F.X.


1. Kirish

Oliy ta`limning Davlat ta`lim standartiga ko’ra “Pedagogika” va “Sog`liqni saqlash” ta`lim sohalarida o’qitiladigan ginekologiya talablariga mos ravishda tuzilgan. U o’z oldiga umumiy amaliyot vrachini tayyorlash maqsadini qo’yadi. ≪Ginekologiya≫ fanini o’rganish birinchi navbatda aholi yashash sifatini yaxshilashga olib keluvchi ayollar reproduktiv salomatligi holatini saqlash, homiladorlik, tug`ruq, tug`ruqdan keyingi davr xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan. SHunga ko’ra ayollar jinsiy sohasi kasalliklarini diagnostikasi, davolash va profilaktikasi muhim ahamiyatga egadir. Bu o’z navbatida perinatal va onalar kasallanishi va o’limi ko’rsatkichlarini pasayishi, shuningdek ayollar hayotining sifati va davomiyligini yaxshilashga olib keladi. Keltirib o’tilganlarda asosiy rolni umumiy amaliyot vrachini tayyorlash o’ynaydi va ular majburiyatlariga quyidagilar kiradi: ayollarni homiladorlik davrida va homilador bo’lmagan davrda tekshirish, tashxis qo’yish, jiddiy vaziyatlarda tibbiy yordamni ko’rsatish, xavf guruhlarida, dispanserizatsiyada profilaktik chora tadbirlarni o’tkazish, patologik holatlarda reabilitatsion chora−tadbirlarni, aholi o’rtasida ma`rifat ishlarini o’tkazish va boshqalar.




    1. Fanning maqsad va vazifalari

Ginekologiya-ayollar jinsiy tizimining anatomo−fiziologik xususiyatlarini, ulardagi kasalliklarni, diagnostika, davolash va profilaktika usullarini o’rganuvchi klinik tibbiyot sohasi hisoblanadi. Zamonaviy akusherlik va ginekologiya yagona klinik fan hisoblanadi.

Ta`lim berish maqsadi: avvalgi kurslarda olingan bilimlar bazasiga asoslangan ginekologiyani, ginekologik bemorlarni tekshirish printsiplarini, profilaktika va birinchi yordam usullarini, diagnostikani, ginekologik amaliyotda ko’p uchraydigan shoshilinch holatlarni talabalarga o’rgatish

Fanning vazifalari:



  • Ayollar jinsiy a`zolari anatomiyasi va fiziologiyasi bo’yicha talabalar bilimini mustahkamlash. Ayollar organizmi reprduktiv tizimi ishlashi va normal hayz tsikli;

  • Ginekologik kasallarni tekshirish, zamonaviy laborator va instrumental tekshiruv usullari, hamda funktsional tashxis testlari bo’yicha bilim va ko’nikmalarni ishlab chiqish;

  • Hayz tsikli buzilishi sabablari, funktsional va organik genez, diagnostika, davolash va profilaktika usullarihaqida bilimlarni shakllantirish;

  • Homiladorlikning birinchi yarmida qon ketish sabablari, ularning diagnostikasi, klinikasi va davolash printsiplari haqida bilimlarni shakllantirish;

  • Fon va rak oldi holatlar va shifokor taktikasi haqida bilimlarni shakllantirish;

  • Ayollar jinsiy a`zolari xavfli va xavfsiz o’smalari va unda shifokor taktikasi haqida bilimlarni shakllantirish;

  • YAllig`lanish jarayonlarni etiologiyasi, lokalizatsiyasi va klinik kechishi bo’yicha tasnifi bilan talabalarni tanishtirish. YAllig`lanishniing ba`zi patofiziologik asoslarini qaytarish. Genitaliyning nospetsifik va spetsifik etiologiyali yallig`lanish kasalliklari tarqalgan formalarini diagnostik, klinik, davolash va profilaktik usullariga o’rgatish.

  • Talabalarni kontratseptsiyaning zamonaviy usullari bilan tanishtirish;

  • Bepusht nikoh savollari bo’yicha bilimlarni shakllantirish.

  • Jinsiy organlar rivojlanish anomaliyalari va joylashishi o’yicha bilimlarni shakillantirish.



1.2. Fan bo’yicha talabalarning malakasiga qo’yiladigan talablar

5 kursda ginekologiya programmasi bo’yicha tahsil olayotgan talaba zamonaviy klinik tibbiyot va biologik ilm fan hisobga olgan holda bilishi kerak:

  • ayollar reproduktiv tizimi ishlashining yoshga oid xususiyatlari, hayz tsikli boshqarilishining zamonaviy yondashuvlari;

  • ginekologik bemorlarni tekshirish usullari;

  • ko’p uchraydigan ginekologik kasalliklarni etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, diagnostikasi:

  • nospetsifik va spetsifik yallig`lanish kasalliklari, shuningdek jinsiy yo’l orqali yuquvchi kasalliklar,

  • fon va rak oldi kasalliklari, hayz tsiklini buzilishi, ayollar jinsiy a`zolari o’smalari va b.

Talaba qila olishi kerak:

  • ginekologik bemorlardan anamnez yig`ish va klinik tekshiruv o’tkazish;

  • funktsional diagnostika testlarini o’tkazish va natijalarini tahlil qilish;

  • ginekologik bemorlarlarni laborator va instrumental tekshiruv natijalarini to’g`ri baholashni bilish;

  • konservativ va xirurgik davolash usullariga ko’rsatmalariga ko’ra orientirlanish;

  • bepushtlikni tashxislash;

5 kurs talabalari quyidagi amaliy ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak:

  • ginekologik bemorlardan anamnez yig`ish va tashqi ko’ruv

  • ginekologik ko’ruv:

  • bachadon bo’ynini ko’zgularda ko’rish;

  • bimanual tekshiruv;

  • sut bezlarini palpatsiyasi;

  • funktsional diagnostika testlari;

  • bachadon bo’ynidan tsitologik tekshiruv uchun surtma olish;

  • PAP testga surtma olish;

  • Lyugol eritmasi bilan sinama

  • bachadon bo’shlig`ini diagnostik qirish texnikasi (assistent sifatida)

  • BIS qo’yish va olish

  • orqa gumbazni punktsiyasi (assistent sifatida)

  • qin tozalik darajasini aniqlash


1.3. Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog`liqligi va sog`liqni saqlash tizimidagi o’rni
Mazkur fan o’quv rejadagi odam anatomiyasi, gistologiya, mikrobiologiya, normal fiziologiya, farmokologiya fanlar bilan uzviy bog`liqdir. Fanni o’rganishda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari anatomiya, biologiya nazariy va amaliy bilimlar zarur bo’lsa, o’z navbatida bu fandan olingan bilimlar umumiy amaliyot vrachini tayyorlashda katta rol o’ynaydi. Fanni o’rganish birinchi navbatda aholi yashash sifatini yaxshilashga olib keluvchi ayollar reproduktiv salomatligi holatini saqlash, homiladorlik, tug`ruq, tug`ruqdan keyingi davr xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan.
1.4. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
O’quv jarayoni bilan bog`liq ta`lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma`ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg`or pedagogik texnologiyalardan va multimediya vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.

Ginekologiya” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:



SHaxsga yo’naltirilgan ta`lim. Bu ta`lim o’z mohiyatiga ko’ra ta`lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta`limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma`lum bir ta`lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog`liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondshilishni nazarda tutadi.

Tizimli yondoshuv. Ta`lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog`i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g`inlarini o’zaro bog`langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. SHaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta`lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta`limni ifodalaydi.

Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlikdagi ta`limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e`tiborni qaratish zarurligini bildiradi.

Muammoli ta`lim. Ta`lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish usuli ta`lim oluvchi faoliyatini aktivlashtiradi. Bunda ilmiy bilimni ob`ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini ijodiy tarzda qo’llanilishi dialektik mushohadani shakllantiradi va rivojlantiradi natijada talabani mustaqil ijodiy faoliyati ta`minlanadi.

Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vosita va usullarini qo’llash – yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga tatbiq etish.

O’qitishning usullari va texnikasi. Ma`ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta`lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.

O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.

O’qitish vositalari o’qitishning an`anaviy shakllari (darslik, ma`ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.

Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.

Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so’rov, oraliq, joriy va yakuniy nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg`uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik xarita ko’rinishidagi o’quv mashg`ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va talabaning birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg`ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Monitoring va baholash: o’quv mashg`ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida preparatlar diagnostikasi va test topshiriqlari yordamida tinglovchilarning bilimlarini baholash.

“Ginekologiya” fanini o’qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan, mavzular bo’yicha tarqatma materiallar tayyorlanadi. Tabalar bilimini baholash og`zaki, kompyuterli test shakllarida amalga oshiriladi.



Ginekologiya fanidan mashg`ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi
5510100-davolash ishi, 5111000 – Kasb ta`limi (5510100 –Davolash ishi)

ta`lim yo’nalishlari uchun




Mavzular nomi

Jami soat

ma`ruza

Amaliy mashg`ulot

Mustaqil ta`lim

1

A. Anamnezning o’rni. Ginekologik bemorlarni tekshirish usullari. Kasallik tarixi sxemasi. Bemorlar kuratsiyasi.

10




6

4

2

A. Xayz tsikli buzilishlari. Amenoreya.

12

2

6

4

3

A. Bachadondan disfunktsional kon ketishlar. Bachadon miomasi.

11

1

6

4

4

A. Xomiladorlik I yarmida kon ketishlar. Abortlar. Bachadondan tashkari xomiladorlik

11

1

6

4

5

A. Ayollar jinsiy a`zolari nospetsifik yalliglanish kasalliklari.

12

2

6

4

6

A. Tuxumdon havfsiz usma kasalliklari.

11

1

6

4

7

A. Ayollar jinsiy a`zolari notugri joylashishi va nuksonli rivojlanishi.

10




6

4

8

A. Bachadon va b/b fon va rak oldi kasalliklari.

11

1

6

4




jami

88

8

48

32

2. O’QUV MATERIALLARI MAZMUNI
2.1. Ma`ruza mashg`ulotlari

1. Ginekologiya fani. Normal hayz tsikli va uni boshqarilishi. Hayz tsiklini buzilishi. Tasnifi. Amenoreya. (2 soat)
Ginekologiya –turli hayotiy davrida ayol organizmining normal faoliyatini va uning kasalliklarini o’rganuvchi ilm−fandir. Bu ilm−fan ayollarning turli davrda sog`lom hayot kechirishi uchun kasalliklarni oldini olish bilan shug`ullanadi.

NORMAL HAYZ TSIKLI

Hayz tsikli - bu qindan ma`lum vaqt oralig`ida takrorlanuvchi qonli ajralma. Hayz tsikllar ayol reproduktiv tizimi normal faoliyatini xarakterlovchi belgi hisoblanadi. Bu reproduktiv yoshdagi ayollarda kuzatiluvchi biologik ritmdir. A.Reinberg (1980) so’zlariga ko’ra, “ritmik takrorlanish hamma tiriklik uchun, ya`ni bir hujayralidan odamgacha xarakterli”. Filogenetik jihatdan tsikllar faqat primatlarga tegishli.Turli etnik guruhidan qat`i nazar hamma sog`lom fertil ayollarning o’rtacha hayz tsikli davomiyligi 21-35 kunni (o’tgan hayz tsiklining birinchi kunidan keyinga tsiklning birinchi kunigacha), qonli ajralmalar davomiyligi 2−6 kunni, qon yo’qotish -60-80 ml ni tashkil etadi.

Ginekologik kasalliklar propedevtikasi.

Bemorlarni turli informatsiyalarni beruvchi zamonaviy ob`ektiv tekshiruv usullari anamnestik ma`lumotlar qiymatini kamaytirmaydi. Anamnezga katta e`tibor berishadi, masalan, bachadondan tashqari homiladorlikdagi xatoliklar noto’liq yig`ilgan anamnezdan dalolat beradi. Anamnez umumiy va maxsusga bo’linadi. Anamnez yig`ishda parallel ravishda kuzatiladi:

1. rangparlik, semizlik, girsutizm, qaysidir tashxisni asoslashga etarlidir.

2. Maxsus tekshiruvlar (ko’ruv, ko’zgularda ko’ruv, bimanual qin orqali, rektal tekshiruv). Buning uchun ginekologbeshta savolga javob berishi kerak: bachadon va ortiqlarning kattaligi, formasi, konsistentsiyasi, qo’zg`aluvchanligi, og`riqliligi.

3. Maxsus usullar:


  • qin gumbazi, tservikal kanal, uretradan gonokokk va floraga tekshirish uchun surtma olish.

  • ko’zgular yordamida bachadon bo’ynini tekshirish, kolposkopiya (optik kattalashuv 28 marta va undan ko’p)

  • qorin bo’shlig`ini qin orqa gumbazi orqali punktsiya qilish.

  • UT tekshiruv. Bachadon va ortiqlar tekshiruvi.

  • Bachadonni zondlash, bachadon bo’shlig`ini biopsiyasi.

  • Rentgenologik tekshiruv: kontrast - gisterosalpingrafiya, pnevmnopelviografiya (kontrast - kislorod –qorin bo’shlig`iga yuborish).

  • Laparoskopiya.

TEKSHIRUV USULLARI

Ginekologik kasalliklarni aniqlash uchun umumiy usullardan tashqari, endoskopik, tsitologik, gistologik va rentgenografik, shuningdek kichik chanoq a`zolarini exoskopiyasi, qonda gormonlar va siydikda ularning metabolitlarini aniqlash, tibbiy genetik maslahatlash ishlatiladi.

A: 1,2,3; Q: 3,4,8,10, 12,13,14

2. Disfunktsional bachadondan qon ketish. Homiladorlikning I yarmida qon ketish. Bachadondan tashqari homiladorlik.(2 soat)

BDQK–jinsiy a`zolarda organik o’zgarishlarga ham, qon tizimi ivishi buzilishiga bog`liq kasalliklarga ham bog`liq bo’lmagan qon ketish.

BDQK sabablari:


  • psixogen omillar va stress

  • aqliy va jismoniy charchash

  • o’tkir va surunkali intoksikatsiya va kasbiy zararlik

  • kichik chanoqning yallig`lanish jarayonlari

  • endokrin bezlar funktsiyasining buzilishi.

Bachadondan qon ketishning 2 ta katta guruhi ajratiladi:

  1. Ovulyator. Tuxumdondagi o’zgarishlarga ko’ra BDQK ning 3 ta tipi ajratiladi: a. TSiklning birinchi fazasining qisqarishi; b. TSiklning ikkinchi fazasining qisqarishi; v TSiklning ikkinchi fazasining uzayishi.Ovulyator bachadondan qon ketish klinikasi: kamqonlikka olib keluvchi qon ketish bo’lmasdan, balki hayzdan oldin qonli surtma, hayzdan keyin qonli ajralma, hayz o’rtasida qonli ajralmalar ko’rinishida bo’lishi mumkin. SHuningdek bemorlar homiladorlikni ko’tara olmaslik yoki bepushtlik bilan kasallanishadi.

DIAGNOSTIKA:

  • bemor shikoyati va anamnezi

  • funktsional dianostika testlari orqali tekshiruv.

  • endometriyning gistologik tekshiruvi

DAVOLASH - buzilishlardan kelib chiqib tsiklni tiklashdan iborat.

Masalan: Tashxis–tsiklning 2-fazasini qisqarishi, uni uzaytirish lozim, gestagenlardan progesteronni tavsiya etamiz.

TSiklning 1-fazasini qisqarishi - uni uzaytirish lozim– estrogenlarni tavsiya etamiz.

SHuni ta`kidlab o’tish joizki, ovulyator qon ketish kam hollarda uchraydi va o’z navbatida kichik chanoqda yallig`lanishli chandiqli jarayonlar bilan birga keladi.



  1. Anovulyator bachadondan qon ketish.

ANOVULYATOR BACHADONDAN QON KETISHI–nisbatan ko’proq uchraydi. Quyidagi davrlarda uchraydi:

  • yuvenil yoshda 20-25%

  • klimakterik yoshda 60%

- 10% esa reproduktiv yoshga to’g`ri keladi.

DIAGNOSTIKA.



  • Funktsional diagnostika testlari (follikul atreziyasida ham, persistentsiyasida ham bazal harorat monofazli, persistentsiyada qorachiq simptomi ++++, atreziyada + ,++; gormonal kolpotsitologiya ikkala holatda ham esterogen ta`siridan darak beradi, kariopiknotik indeks follikulatreziyasida past, persistentsiyada esa - yuqori).

  • Miometriyni gistologik tekshiruvida ikkala holatda ham patoproliferatsiya kuzatiladi.

YAkuniy tashxis bachadonni qirishdan so’ng qo’yiladi.

DAVOLASH etiologiya, patogenez va menstrual funktsiyani organizm butunligi funktsiyasi deb qaralagan printsipga asosan olib boriladi. Boshqa tarafdan qaraganda davolash qat`iy individual bo’lishi lozim.Tarkibi:



  • Umumquvvatlovchi terapiya.

  • Simptomatik.

  • Gormonalterapiya.

  • Xirurgik aralashuv.

A: 1,2,3; Q: 3,4,8,10, 12,13,14

3. Ayollar jinsiy a`zolarining yallig`lanish kasalliklari. (2 soat)

Ayollar jinsiy a`zolarining yallig`lanish kasalliklarihamma ginekologik kasalliklarning 50-70% ini tashkil etadi va ko’pincha yoshlarda uchraydi.

Spetsifik va nospetsifik etiologiyali yallig`lanish kasalliklari farqlanadi.

Etiologiya.YAllig`lanish kasalliklari qo’zg`atuvchilari orasidan etakchi o’rinni stafilokokk (kamroq streptokokk), gonokokk, sil mikobakteriyalari egallaydi. Ichak tayoqchasi va enterokokk ham yallig`lanish jarayonni sababchisi bo’lishi mumkin, lekin bu mikroblar mavjud yallig`lanish o’chog`iga kirib, ikkilamchi infitsirlanishni keltirib chiqaradi. SHuningdek, yallig`lanish jarayonlarini qo’zg`atuvchilari bo’lib trixomonadalar, kam hollarda zamburug`lar bo’lishi mumkin.

Ayollar jinsiy tizimi himoya mexanizmlari: YAllig`lanish jarayonlarini paydo bo’lishi va uning kechish xususiyatlari nafaqat mikrobning ko’rinishi va virulentligi, balki ayol organizmining reaktivligi, himoya va kompensator reaktsiyalarining xarakteriga bog`liqdir.

YAllig`lanish kasalliklarini diagnostikasi. YAllig`lanish kasalliklarini diagnostikasida quyidagilarga javob topiladi:


  • YAllig`lanish jarayonini mavjudligi, uning lokalizatsiyasi, rivojlanish bosqichlari (o’tkir, surunkali, qoldiq asoratlar).

  • Spetsifik (gonoreya, tuberkulyoz, trixomonoz va b.) va nospetsifik xarakterdagi yallig`lanish kasalliklari.

  • YUqori jinsiy yo’llardagi yallig`lanish kasalliklarini uzoq kechishi va tez tez qo’zishi oqibatida yuzaga keluvchi endokrin, asab, qon tomir va boshqa tizimlardagi o’zgarishlar.

  • Ko’pincha surunkali kasalliklar (salpingoofarit, endometrit, kolpit) bilan birga keluvchi ichki a`zolar kasalliklarini (jigar, ichak, siydik yo’llari) yuzaga kelishi.

  • Dorilarga va boshqalarga allergiyasini mavjudligi.

YAllig`lanish kasalliklarini mavjudligi ko’p hollarda anamnez ma`lumotlari va tekshiruv usullari natijalariga asoslanib qiyinchiliksiz aniqlanadi.

Davolash.YAllig`lanish kasalliklari mavjud bemorlarni umumiy davolashni 5 ta asosiy printsipi mavjud:

  1. organizmga umumiy ta`sir etish

  2. infektsion jarayonga ta`sir etish

  3. fizioterapevtik davolash

  4. simptomatik davolash

  5. xirurgik davolash.

A: 1,2,3; Q: 3,4,8,10, 12,13,14

4. Bachadon xavfsiz o’smalari. Tuxumdan o’smalari.

Bachadon tanasi va bo’yni fon va rak oldi kasalliklari. (2 soat)

Tuxumdan o’smalarini turliligi yagona klassifikatsiya hosil bo’lishiga qiyinchilik tug`dirdi. Tuxumdon o’smalarining ko’pchilik klassifikatsiyasiga o’smalarning gistologik ko’rinishi asos bo’lgan.

Tuxumdon o’smalari klassifikatsiyasi (VOZ, 1973y.) gistologik tipga ko’ra 8 ta gruppaga bo’linadi



  1. Epitelial;

  2. Jinsiy a`zo stromasi o’smalari;

  3. Lipoid hujayrali;

  4. Germinogen;

  5. Gonadoblastoma;

  6. Tuxumdon yumshoq to’qimalari o’smalari;

  7. Tasniflanmagan;

  8. Metastatik, ikkilamchi

Alohida tuxumdonning noo’smasimon hosilalari ajratilgan–oddiy kistalar.

TUXUMDON O’SMALARI KLINIKASI. Bu kasallik asosan simptomsiz kechadi. Klinik belgilar o’smaning qo’shni a`zolarga mexanik ta`sir ko’rsatishiga bog`liq. Ular qorin pastida, kam hollarda ko’krak osti yoki qovurg`a ostida to’mtoq simillovchi og`riqning bo’lishi bilan xarakterlanadi. Og`riq doimiy yoki qisqa muddat to’xtab qoluvchi bo’lishi mumkin.

TUXUMDON O’SMALARIDIAGNOSTIKASI. Tuxumdan o’smalari va o’smasimon hosilalari mavjud bemorlarda ma`lum bir o’smaga tegishli bo’lgan spetsifik klinik simptomlar kuzatilmaydi. Tuxumdon o’smalari tashxisi anamnez ma`lumotlari, qin orqali, rektal, hamda qo’shimcha tekshiruv usullari asosida qo’yiladi.

TUXUMDON XAVFSIZ O’SMALARI ASORATLARI.



  • Kistomada xavfli o’smani paydo bo’lishi (malignizatsiya)

  • O’sma oyoqchasi buralib qolishi.

  • Kistoma kapsulasi yorilishi.

  • O’sma yiringlashi.

Tuxumdon o’smalarining hamma asoratlari operativ davoni talab qiladi.

TUXUMDON XAVFSIZ O’SMALARINI DAVOLASH. Tuxumdon xavfsiz o’smalarini davolashning yagona usuli bu xirurgik davodir. Modomiki o’smani morfologik tekshiruvisiz xavfli yoki xavfsiz xarakterda ekanligini aniqlab bo’lmas ekan, har bir tashxislangan tuxumdon o’smasi operativ davolanishi kerak degan joiz qoida ishlab chiqilgan.

Ma`ruza ginekologiya va onkologiyagadagi dolzarb muammolarga bag`ishlangan. Unda bachadon tanasi va bo’yni rak oldi kasalliklarining chastotasi va ko’rinishlari hamda bu kasalliklar rivojlanishining xavf omillari haqidagi ma`lumotlar ko’rsatib o’tilgan. Bachadon tanasi va bo’yni fon kasalliklarining tasnifi, diagnostika usullari haqida ma`lumotlar keltirilgan. Asosiy e`tibor papillomovirusli infektsiyani bachadon bo’yni raki sababchisi sifatida aniqlanishiga, uning diagnostikasi va profilaktik emlashga qaratilgan. Kolposkopiya yordamida olingan bachadon bo’yni fon kasalliklari rasmlari berilgan. Keyinroq esa bachadon bo’yni va endometriyning rak oldi va rak holatlari haqida ma`lumotlar keltirilgan. Bu kasalliklar rivojlanishining profilaktikasiga e`tibor qaratilgan.

A: 1,2,3; Q: 3,4,8,10, 12,13,14




    1. AMALIY MASHG`ULOTLARNING TAVSIYA ETILADIGAN MAVZULARI

1.Anamnezning o`rni. Ginekologik bemorlarni tekshirish usullari. Kasallik tarixi sxemasi. Bemorlar kuratsiyasi. (6 soat)

Ginekologiya – (gune - ayol, logos - fan) ayollar haqidagi ilm fandir.

Ginekologik bemorlarni tekshirishdan oldin anamnez yig`ish zarur, chunki to`g`ri yig`ilgan anamnez kasallik sababini aniqlashga yordam beradi. Anamnez bemor shikoyatlari (asosiy va qo`shimcha)dan keyin yig`iladi, tashqi ko`ruv o`z ichiga tana tuzilishini baholash, fenotipik xarakteristika (tuklanish tipi, yog` massasini taqsimlanishi, sut bezlari holati va b.) larni oladi; maxsus ginekologik va instrumental tekshiruv usullari.

Qo’llaniladigan ta`lim texnologiyalari: munozara, miya hujumi



Adabiyotlar: A: 1,2,3; Q: 1,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14

2.Hayz siklini buzilishi. Amenoreya. (6 soat)

Hayz sikli - bu qindan ma`lum vaqt oralig`ida takrorlanuvchi qonli ajralma. Hayz sikllar ayol reproduktiv tizimi normal faoliyatini xarakterlovchi belgi hisoblanadi. Bu reproduktiv yoshdagi ayollarda kuzatiluvchi biologik ritmdir. Davomiyligi va hajmi bo`yicha regulyar va normal, og`riqsiz hayz kelishi GGTT funktsiyasini normal ekanligi va nishon a`zolarning (tashqi jinsiy a`zolar, qin, bachadon tanasi va bo`yni, bachadon naylari, ter bezlari, soch follikulalari, sut bezlari, bosh miya) anatomo-funktsional holatining normalligidan darak beradi. GGTT ishining ritmi tuxumdonlarning anatomo-funktsional xususiyatlari bilan aniqlanadi.

Reproduktiv tizim ierarxik printsipga asoslanib tuzilgan, unda 5 ta daraja farqlanadi va har biri to`g`ri va qayta ta`sir mexanizmiga asoslanib yuqorida turuvchi struktura orqali boshqariladi

Qo’llaniladigan ta`lim texnologiyalari: munozara, miya xujumi, o’rgimchak to’ri

Adabiyotlar: A: 1,2,3; Q: 1,3,4,6,7,8,9,10,11,12,13,14


  1. Bachadondan disfunktsional qon ketish. Bachadon miomasi. (6 soat)

BDQK – jinsiy a`zolarda organik o`zgarishlarga ham, qon tizimi ivishi buzilishiga bog`liq kasalliklarga ham bog`liq bo`lmagan qon ketish.

Bachadondan qon ketishning 2 ta katta guruhi ajratiladi:



Ovulyator. Tuxumdondagi o`zgarishlarga ko`ra BDQK ning 3 ta tipi ajratiladi: a. Siklning birinchi fazasining qisqarishi; b. Siklning ikkinchi fazasining qisqarishi; v Siklning ikkinchi fazasining uzayishi.Ovulyator bachadondan qon ketish klinikasi: kamqonlikka olib keluvchi qon ketish bo`lmasdan, balki hayzdan oldin qonli surtma, hayzdan keyin qonli ajralma, hayz o`rtasida qonli ajralmalar ko`rinishida bo`lishi mumkin.SHuningdek bemorlar homiladorlikni ko`tara olmaslik yoki bepushtlik bilan kasallanishadi.

Anovulyator bachadondan qon ketish.Quyidagi davrlarda uchraydi:

  • yuvenil yoshda 20-25%

  • klimakterik yoshda 60%

- 10% esa reproduktiv yoshga to`g`ri keladi.

Anovulyator bachadondan qon ketishda ayol organizmida quyidagi o`zgarishlar uchraydi:



  • Ovulyatsiyani yo`qligi.

  • Sikl ikkinchi fazasini yo`qligi (progesteronajralishini yo`qligi).

  • Follikul etilishi jarayonini buzilishi. 2 ko`rinishda bo`ladi: follikul atreziyasi va follikulpersistentsiyasi.

  • Butun sikl davomida faqat esterogenlar ajraladi, bu o`z navbatida retseptor a`zolarda proliferativ emas, giperplastik jarayonlarni (endometriyni bezli giperplaziyasi va endometriy polipozi)

Qo’llaniladigan ta`lim texnologiyalari: munozara, miya xujumi, o’rgimchak to’ri

Adabiyotlar: A: 1,2,3; Q: 1,3,4,6,7,8,9,10,11,12,13,14

4. Homiladorlikning I yarmida qon ketish. Abortlar. Bachadondan tashqari homiladorlik. (6 soat)

Homiladorlikning birinchi yarmida, xususan o`z o`zidan homila tushishida qon ketish sabablari, etiopatogenezi, bachadondan tashqari homiladorlik va trofoblastik kasalliklar (elbo`g`oz, xorionepitelioma) haqida talabalarda bilimlarni shakllantirishga qaratilgan. Talabalarni ektopik homiladorlik va trofoblastik kasalliklar diagnostikasi, konservativ va operativ davolash printsiplariga o`rgatish. Talabalarni o`z o`zidan homila tushishi turli darajalarida diagnostika, konservativ va operativ davolash usullariga o`rgatish.

Bachadondan tashqari (ektopik) homiladorlik – homilani bachadon bo`shlig`idan tashqari implantatsiyasi bilan namoyon bo`luvchi homiladorlik.

Abortlar erta va kechki, shuningdek artifitsial va o`z o`zidan bo`ladi. Rivojlanmagan homiladorlik bachadon bo`shlig`ida rivojlanishdan to`xtagan (nobud bo`lgan) homila holati bilan namoyon bo`ladi. Abortning quyidagi klinik bosqichlari farqlanadi: abort xavfi, boshlangan, yo`ldagi, noto`liq va to`liq abort.

Qo’llaniladigan ta`lim texnologiyalari: munozara, miya xujumi, o’rgimchak to’ri

Adabiyotlar: A: 1,2,3; Q: 1,3,4,6,7,8,9,10,11,12,13,14

5. Nospetsifik etiologiyali ayollar jinsiy organlarining yallig`lanish kasalliklari. (6 soat)

Talabalarda ayollar jinsiy organlarining yallig`lanish kasalliklari tasnifi, etiopatogenezi, klinikasi haqida bilimlarni shakllantirishdan iborat. Talabalarni ayollar jinsiy organlarining yallig`lanish kasalliklaridiagnostikasi, davolash printsiplari, profilaktikasi va reabilitatsiyasiga o`rgatish.

Ayollar jinsiy a`zolarining yallig`lanish kasalliklarihamma ginekologik kasalliklarning 50-70% ini tashkil etadi va ko`pincha yoshlarda uchraydi.

Spetsifik va nospetsifik etiologiyali yallig`lanish kasalliklari farqlanadi.

Etiologiya.YAllig`lanish kasalliklari qo`zg`atuvchilari orasidan etakchi o`rinni stafilokokk (kamroq streptokokk), gonokokk, sil mikobakteriyalari egallaydi. Ichak tayoqchasi va enterokokk ham yallig`lanish jarayonni sababchisi bo`lishi mumkin, lekin bu mikroblar mavjud yallig`lanish o`chog`iga kirib, ikkilamchi infitsirlanishni keltirib chiqaradi. SHuningdek, yallig`lanish jarayonlarini qo`zg`atuvchilari bo`lib trixomonadalar, kam hollarda zamburug`lar bo`lishi mumkin.

Ayollar jinsiy a`zolarining yallig`lanish kasalliklari yuzaga kelishida asosiy rolni jinsiy yo`llardagi ko`p miqdorda mikroorganizmlardan iborat bo`lgan normal mikroflora o`ynaydi.

Qo’llaniladigan ta`lim texnologiyalari: munozara, miya xujumi, o’rgimchak to’ri

Adabiyotlar: A: 1,2,3; Q: 1,3,4,6,7,8,9,10,11,12,13,14

6. Tuxumdonlar xavfsiz o`smalari. (6 soat)

Talabalarda tuxumdon xavfsiz o`smalari tushunchasi, etiologiyasi, klinikasi, diagnostikasi, asoratlari, davolash usullari va profilaktikasi haqida, shuningdek tuxumdon o`smalariga va ularni asoratlariga – o`sma oyoqchasining buralib qolishi, kapsulaning yorilishi, yiringlash, malignizatsiyaga tashxis qo`yish haqida bilimlarni shakllantirish.

Tuxumdon o`smalari klassifikatsiyasi (VOZ, 1973y.) gistologik tipga ko`ra 8 ta gruppaga bo`linadi



  1. Epitelial;

  2. Jinsiy a`zo stromasi o`smalari;

  3. Lipoid hujayrali;

  4. Germinogen;

  5. Gonadoblastoma;

  6. Tuxumdon yumshoq to`qimalari o`smalari;

  7. Tasniflanmagan;

  8. Metastatik, ikkilamchi

Alohida tuxumdonning noo`smasimon hosilalari ajratilgan – oddiy kistalar.

Qo’llaniladigan ta`lim texnologiyalari: munozara, miya xujumi, o’rgimchak to’ri



Adabiyotlar: A: 1,2,3; Q: 1,3,4,6,7,8,9,10,11,12,13,14

  1. Ayollar jinsiy a`zolarini noto`g`ri joylashishi va rivojlanish anomaliyalari. (6 soat)

Talabalarni ayollar jinsiy a`zolarini noto`g`ri joylashishi va rivojlanish anomaliyalari diagnostikasi va differentsial diagnostikasiga o`rgatish. Ayollar jinsiy a`zolarini noto`g`ri joylashishi va rivojlanish anomaliyalari bilan kelgan bemorlarni zamonaviy diagnostika usullari va olib borish taktikasiga bog`liq bilimlarni shakllantirish. Tekshirish va olib borish taktika bo`yicha individual rejalarni tuzish ko`nikmalarini ishlab chiqish. Operatsiyadan keyingi davrda reabilitatsiya bo`yicha bilim va ko`nikmalarini ishlab chiqish.

Ayollar jinsiy a`zolarini rivojlanish anomaliyalari yuzaga kelishi sabablari:


1) embriogenez davrida atrof muhitning xavfli omillarini ta`siri (intoksikatsiya, yuqori va past harorat), kasbiy zararli omillar (ximik vositalar, radioaktiv moddalar), maishiy intoksikatsiyalar (alkogolizm, chekish, narkomaniya, toksikomaniya)
2) xromosom va gen mutatsiyalar
3) asoratlangan irsiyat
4) ota onaning yoshi 35 yoshdan katta bo`lishi

Qin aplaziyasi — qinni umuman bo`lmasligi. Aplaziya qin shakllanishini tug`ma nuqsonlariga kiradi.

Qizlik pardasi atreziyasi — qizlik pardasini bitib qolishi. Jinsiy balog`atga etish davrida hayz boshlanishi bilan aniqlanadi, bunda hayz qonining qindan chiqib ketishiga to`sqinligi natijasida gematokolposni shakllanishi

Bachadon rivojlanishi anomaliyasi.Quyidagi bachadon rivojlanishi anomaliyalari farqlanadi: bachadonni, bachadon bo`yni va qinni ikkilanishi (uterusdidelphus); qinni normal rivojlanishi bilan birga bir shoxli bachadon (uterusunicornusversus, vaginasimplex); normal qin bilan ikki bachadon bo`yinli ikki shoxli bachadon (uterusbicornisbucalis, vaginasimplex); ikkinchi rudimentar shoxli va normal qinli bir shoxli bachadon (uterusunicorniscumcornurudimentario, vaginasimplex), bachadon bo`yni va tanasi to`liq to`silganligi (uterusseptus); bachadon bo`yni va tanasi noto`liq to`silganligi (uterussubseptus). Ayollar jinsiy a`zolarini kam uchraydigan rivojlanish nuqsonlari Rokitan-Kyustner sindromida kuzatiladi. Bunday holatlarda bachadon va qin tuliq yoki noto`liq aplaziyasi normal rivojlangan tuxumdon va bachadon naylari bilan birga kuzatiladi.

Qo’llaniladigan ta`lim texnologiyalari: munozara, miya xujumi, o’rgimchak to’ri



Adabiyotlar: A: 1,2,3; Q: 1,3,4,6,7,8,9,10,11,12,13,14

8.Bachadon tanasi va bo`yni fon va rak oldi kasalliklari. (6 soat)

Talabalarni bachadon tanasi va bo`yni fon kasalliklarini aniqlashga o`rgatish va bunday bemorlarni olib borish taktikasi bilan tanishtirish.

Bachadon tanasi va bo`yni fon va rak oldi kasalliklari klassifikatsiyasi haqida bilimlarni shakllantirish.

Bunday kasalliklarni yuzaga kelishida etiopatogenetikomillarning roli bilan tanishtirish.

Bachadon tanasi va bo`yni fon va rak oldi kasalliklaridiagnostikasi va dif. diagnostikasi bo`yicha bilim va ko`nikmalarni ishlab chiqish.

Ushbu guruh kasalliklari klinik ko`rinishlari, prognozi va profilaktikasi bo`yicha bilimlarni shakllantirish.

Ushbu ginekologik bemorlarni olib borish taktikasi va dispanserizatsiyasi bo`yicha bilim va ko`nikmalarni ishlab chiqish.

Bachadon tanasi va bo`yni fon va rak oldi kasalliklari asosiy laborator va funktsional tekshirish usullari interpritatsiyasi haqida ko`nikmalarni ishlab chiqish.

Qo’llaniladigan ta`lim texnologiyalari: munozara, miya xujumi, o’rgimchak to’ri

Adabiyotlar: A: 1,2,3; Q: 1,3,4,6,7,8,9,10,11,12,13,14

2.3. Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar

Fan bo’yicha laboratoriya ishlari namunaviy o’quv rejada ko’zda tutilmagan.


2.4. Kurs ishini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar

Fan bo’yicha kurs ishi namunaviy o’quv rejada rejalashtirilmagan.


2.5. Mustaqil ta`limni tashkil etishning shakli va mazmuni

Ginekologiya fani bo’yicha talabaning mustaqil ta`limi shu fanni o’rganish

jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot-resurslari bilan to’la

ta`minlangan. Fan bo’yicha talaba mustaqil ishi shakllari quyidagicha belgilangan:

1. Ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish;

2. Berilgan mavzu bo’yicha axborot (referat) tayyorlash;

3. Amaliy mashg`ulotlarga tayyorgarlik ko’rish;

4. Mashg`ulot mavzulari bo’yicha konspektlar yozish;

5. Fanning bo’limlari yoki mavzulari ustida maxsus yoki ilmiy adabiyotlar

(monografiyalar, maqolalar) bo’yicha ishlash va ma`ruzalar qilish;

6. Ilmiy maqola, anjumanga ma`ruza tezislarini tayyorlash;

7. Keys echish;

8. Grafik organayzerlash ishlab chiqish va to’ldirish;

9. Krossvordlar tuzish va echish;

10. Vaziyatli masalalar echish

Talaba mustaqil ishi auditoriyada va auditoriyadan tashqari o’tkaziladi.


Auditoriyadagi mustaqil ish

Auditoriyadagi talaba mustaqil ishi amaliy mashg`ulotlarda o’qituvchi nazorati ostida amalga oshiriladi: vaziyatli masalalarni echish, jadval, krossvordlar to’ldirish kabi individual topshiriqlarni o’z ichiga oladi. Mustaqil ishni o’tkazish davomida o’qituvchi har bir talaba bilan individual ishlaydi, mustaqil ishni bajarish bo’yicha maslahat beradi, ish natijalarini tekshiradi.



Auditoriyadan tashqari mustaqil ish

Auditoriyadan tashqari mustaqil ish amaliy mashg`ulotlarga tayyorgarlik ko’rish, mashg`ulot berilgan mavzu bo’yicha axborot (referat) tayyorlash u talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.

Talabalarning o’quv fani bo’yicha mustaqil ishi joriy va oraliq nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.
Talabalar mustaqil ta`limining mazmuni va hajmi

5510100-davolash ishi, 5111000 – Kasb ta`limi (5510100 –Davolash ishi)




Mustaqil ta`lim mavzulari

Berilgan topshiriqlar

Davolash fakulteti

1

Normal hayz tsikli va o’ning boshkarilishi.

Normal hayz tsikli va o’ning boshkarilishi bosqichlari sxemasini albomga chizish. Individual topshiriqlarni bajarish. Referat yoki prezentatsiya tayorlash

4

2

Xayz tsikli buzilishlari tasnifi va tushunchalari. Gipomenstrual sindrom.

Xayz tsikli buzilishlari tasnifi va tushunchalari. Gipomenstrual sindrom.

Individual topshiriqlarni bajarish. Referat yoki prezentatsiya tayorlash



4

3

Endometrioz.

Endometrioz.

Individual topshiriqlarni bajarish. Referat yoki prezentatsiya tayorlash



4

4

Elbug`oz, xorionepitelioma

Elbug`oz, xorionepitelioma.

Individual topshiriqlarni bajarish. Referat yoki prezentatsiya tayorlash



4

5

Ayollar jinsiy a`zolari spetsifik yalliglanish kasalliklari.


Ayollar jinsiy a`zolari spetsifik yalliglanish kasalliklari.

Individual topshiriqlarni bajarish. Referat yoki prezentatsiya tayorlash



4

6

Tuxumdon havfli usma kasalliklari.

Tuxumdon havfli usma kasalliklari. Individual topshiriqlarni bajarish. Referat yoki prezentatsiya tayorlash

4

7

Bepusht nikox. Kontratseptsiya usullari.

Bepusht nikox. Kontratseptsiya usullari.Individual topshiriqlarni bajarish. Referat yoki prezentatsiya tayorlash

4

8

Bachadon buyni va tanasi raki.

Bachadon buyni va tanasi raki.

Individual topshiriqlarni bajarish. Referat yoki prezentatsiya tayorlash



4

Jami 32


2.6. Fan bo’yicha amaliy ko’nikmalar ro’yxati

1. Bazal haroratni o’lchash usuli

2.Ginekologik bemorlarni bimanual tekshirish o’tkazish texnikasini ayting.

3.Kichik chanoq bo’shlig`ini qin orqa gumbazi orqali punktsiyasini o’tkazish texnikasini ayting

4.Bachadon bo’shlig`ini diagnostik qirish o’tkazish texnikasi

5.Ko’zgular yordamida ginekologik ko’ruv o’tkazish texnikasini ayting

6.Sut bezlari palpatsiyasi

7.Qorachiq simptomini aniqlash

8.Bachadon bo’yni shillig`ini cho’ziluvchanligini aniqlash

9.Qin tozalik darajalarini aniqlash qadamlari, tozalik darajalari va ularni baholash

10.Lyugol eritmasi bilan sinama o’tkazish qadamlari


    1. Dasturning informatsion-uslubiy ta`minoti

Ginecologya fanini o’qitish jarayonida ta`limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo’llanilishi nazarda tutilgan:

1. Barcha mavzular bo’yicha ma`ruza mashg`ulotlarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron didaktik texnologiyalardanfoydalanilgan

2. Fanning umumiy va xususiy bo’limlariga tegishli mavzularida o’tkaziladigan amaliy mashg`ulotlarda aqliy hujum, qora quti, o’rgimchak ini, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalarini qo’llash nazarda tutiladi.
2.8. Ginekologiya fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezonlari

Talabalarning fan bo’yicha o’zlashtirish darajasining Davlat ta`lim standartlariga muvofiqligini ta`minlash uchun quyidagi nazorat turlari o’tkaziladi:

- joriy baxolash (JB);

- talaba mustaqil ishi (TMI);

- oraliq baholash (OB);

- yakuniy baholash (YAB)

Fan bo’yicha talabaning semestr (o’quv yili) davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.

Ushbu 100 ball baholash turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi:





Baxolash turi

Maksimal ball

Koeffitsient

Saralash bali

1.

Auditoriyadagi o’quv mashg`ulotlarni baxolash+TMI

50

0,5

27,5

2.

Oraliq baholash

-

-

-

3.

YAkuniy baholash

50

0,5

27,5




JAMI

100

1

55,0

JORIY BAHOLASH (JB)

JBda talabaning fanni mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholab borish ko’zda tutiladi. Ginekologiya fani bo’yicha JB og`zaki, o’rgatuvchi-nazorat tarqatma materiallari bilan ishlash, gistologik preparatlarni o’rganish va diagnostika qilish, mustaqil ishlarni bajarish, uy vazifalarni tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin.

Baholashda talabaning bilim darajasi, amaliy mashg`ulot materiallarini o’zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta`limning interaktiv uslublarida qatnashishning faollik darajasi, shuningdek, amaliy bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish darajasi (ya`ni nazariy, analitik va amaliy yondoshuvlar) hisobga olinadi.

Har bir mashg`ulotda barcha talabalar baholanishi shart.

Joriy nazoratda talabalar bilimi ta`lim modeliga asoslangan xolda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: nazariy, amaliy qism va TMI (50:40:10)




96-100

91-95

86-90

81-85

76-80

71-75

66-70

61-65

55-60

31-54

0-30

Nazariy qism

52- 50

46-48

43-45

41-42

38-40

36-38

33-35

31-33

28-30

15-27

0-18

Amaliy qism

35-40

36-38

34-36

32-34

31-32

28-30

26-28

24-26

22-24

12-22

0-12

TMI

9-10

9

9

8-9

7-8

7

7

6

5-6

4-5

0

JN ni baholash mezeonlari:Joriy nazorat (JN) – har bir amaliy mashg`ulotda amalga oshiriladi(baholar joriy nazoratning tasdiqlangan nizomiga asosan qo’yiladi).


Baholar darajalari

Reyting

ballar

Joriy nazorat xarakteristikasi

A`lo


86-100%

96-100

91-95


86-90


Javob barcha talablargajavob beradi, original, yuqori sifatli.Talabaning yuqori eruditsiyasi aniqlanadi.
Javob yuqori sifatga ega, yuqori savodxonlikda yondoshadi.

Javob to’g`ri, chuqur bilimlar bilan bir nechaadabiyotlar ustida ishlagan. Ertalabki konferentsiyalarda faol qatnashadi. Klinik auditlarda aktiv ishtirok etadi.


YAxshi


71-85,9%

81-85,9

76-80


71-75,9

Javob to’g`ri, dasturga mos keladi. Talabada yaxshi eruditsiya aniqlanadi.
Javob dasturga mos keladi. Talaba ichki kasalliklarning ushbu soxasida yuqori erishish bilan xolatini isbotlaydi.
Javob o’rtacha to’g`rilikda, ba`zi xatolari bilan.

Qoniqarli

55-70,9%


66-70,9

61-65,9

55-60,9


Ish o’rta darajada, ximoyada noaniq javoblar va ishni bajarishda aloxida xatoliklar bor.Mavzuni muxokamasida va bemorlarni ko’rishda aloxida xatolarga yo’l qo’yadi.
Javobda jiddiy xatolar bor,savollarni kam biladi. Mavzuni muxokamasida va bemorlarni ko’rishda etarlicha xatolarga yo’l qo’yadi.
Javob juda past darajada to’g`ri ko’p xatolari bilan. Talabada ushbu sfera doirasida javobida sust xabardorlik aniqlanadi


Qoniqarsiz

55%dan past


Menee 55%


Javob sifatsiz, katta kamchiliklari bilan, savol doirasiga mos tushmaydi. Talabaning nazariy bilimlari etishmaydi.




ON ginecologya fanidan otkazilmaydi (maruza + amaliyot (60c) < 72c)

YAN baholash mezonlari: OSKI usulida o’tkaziladi + TEST

OSKI


100-86 ballara`lo

85,9-71 ballaryaxshi

70,9-55 ballarqoniqarli

54,9 va undan pastqoniqarsiz.

Talaba OSKI bo’yicha 55 balldan past olsa, u test imtihoniga kiritilmaydi. OSKI ni qayta topshirish dekanat ruxsati bilan semestr oxirida o’tkaziladi. Agar talaba olgan bahosiga norozi bo’lsa, ballar e`lon qilingandan keyin 24 soat ichida apellyatsiyaga ariza berishga haqqi bor. Buning uchun u kafedra mudiri nomiga ariza yozadi va kafedrada dekan va dekan muovini ishtirokida komissiya tuzilib, talaba bahosi qayta ko’rib chiqiladi.

OSKI natijalari muntazam kafedra majlislarida muhokama etiladi.

Download 166,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish