AQSH Birinchi Jahon urush yillarining boshlari betaraflik siyosatini olib bordi,
harakatlarida aktiv ishtirok etdi va natijada 300 ming fuqarosidan mahrum bo„ldi.
Urush yillarida AQSHning og„ir sanoati va harbiy sanoati tez rivojlandi,
buning sababi «betaraflik» siyosati orqali urushda ishtirok etyotgan davlatlarga og„ir
va harbiy sanoat mahsulotlarini etkazib berish orqali eksport ko„rsatgichlari bir necha
Tosh ko„mir qazib olish jahon bo„yicha 43%, po„lat eritish 52%, neft
qarzi 6,5 mlr. doll. etadi, jahondagi oltin zahiralarining 50% AQSH banklarida
24
AQSH prezidenti V.Vilson Parij tinchlik konferensiyasida ishtirok etib
Millatlar ligasining asoschilaridan biri bo„lib, AQSH nomidan bu xalqaro tashkilotga
a‟zo bo„lishga imzo chekadi lekin AQSH kongressi bu imzosini tasdiqlamaydi va
kongress tomonidan V.Vilsonning tashqi siyosati tanqitga uchraydi.
1921yili 12 noyabrda 1922 yil 6 fevral oyigacha Vashington konferensiyasi
bo„lib o„tadi. Unda 9 davlat ishtirok etadi (AQSH, Angliya, YAponiya, Fransiya,
Italiya, Belgiya, Gollandiya, Portugaliya va Xitoy).
Bu konferensiyada bir qator bitimlar imzolanib ular orasida eng muximi turt
davlat bitimi (AQSH, Angliya, YAponiya va Fransiya), besh davlat bitimi (AQSH,
Angliya, Fransiya, YAponiya va Italiya), va boshqalar. Natijada xalqaro
munosabatlarda Versal-Vashington tizimi hukum suradi.
1920 yilda AQSH prezident saylovlarida respublikachilardan U.Garding
saylanadi va o„z faoliyatida «Vilsonizm» siyosatini davom ettiradi.
1924-1929 yillarda AQSH prezidenti etib K.Kulidj saylanadi. Uning davri
AQSH tarixida oltin davr deb nom oladi. K.Kuledj «Amerika ishi tadbirkorlik»
shiyori ostida faoliyat ko„rsatadi.
Tashqi siyosatda «Monro doktrinasi» yoki «uzun tayok» siyosatiga amal qiladi.
1929 yili navbatdagi prezident saylovlari bo„lib bu saylovlarda respublikachilar
partiyasidan bo„lgan Guver g„alaba qozonadi.
AQSH tarixida Guver davri qora yillar deb nom oladi. CHunki 1929 yilda
boshlangan inqiroz Amerika Qushma SHtatlaridan boshlanib eng rivojlangan davlatni
iqtisodiy barbotga uchratadi.
Bu iqtisodiy inqiroz AQSH tarixida Buyuk tushkunlik davri deb nom oladi,
1929 – 1932 yillarda 130ming kompaniyalar bankrotga uchraydi, 1933 yilga kelib
ishsizlar soni 17 mln. etadi, oylik maoshi 40% qisqartiriladi.
1932 yildagi prezident saylovlarida demokratlar partiyasidan qo„yilgan
nomzod F.Ruzvelt g„alaba qozonadi va AQSH tarixida turt marta prezidentlik
saylovlarida muddati uzaytiriladi.(1932-1945).
Prezidentlik faoliyatida F.Ruzvelt «YAngi yul» iqtisodiy dasturini amalga
oshiradi. Bu dasturda AQSH iqtisodiyotini tushkunlikdan olib chiqish muhum o„rin
25
egallaydi. Buning uchun iqtisodiyotning turli tarmoqlarida (og„ir sanoat, engil sanoat,
agrar sanoat, transport, moliya) alohida qo„shimcha dasturlar va rejalar qabul qilinadi.
Ishsizlar masalasi buyicha ham bir qator tadbirlar o„tkaziladi (harbiy-mehnat
lagerlari).
Ichki ijtimoiy masalalar bo„yicha F.Ruzvelt neoliberalizm g„oyalarini amalga
oshirishga xarakat qiladi.
F.Ruzveltning «Yаngi yul» iqtisodiy dasturi AQSHni asta sekin iqtisodiy
tushkunlikdan olib chiqadi.
F.Ruzvelt tashqi siyosatda Evropada Germaniyaga qarshi, uzoq SHarqda
YAponiyaning agresiv siyosatiga qarshi chiqib Buyuk Britaniya va Sovet Ittifoqi
bilan yaqinlashuv siyosatini amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: