«J (dj)» fonemasi - til oldi-tanglay, qorishiq portlovchi (affrikata), jarangli, shovqinli undosh, «ch»ning jarangli jufti. Bu fonema so‘zning boshida (joy,jiyda,jo‘ra), o‘rtasida (majlis, ojiz, ijozat) va oxirida (haj, avj, boj, toj, ilinj) kela oladi. So‘z oxirida bir qadar jarangsizlashib, «ch» ga yaqin talaffuz etiladi: lunj> lunch, vaj> vach, iloj> iloch, xiroj> xiroch, dilxiroj > dilxiroch kabi. So‘z ichida jarangsiz undosh bilan yonma-yon bolganda ham jarangsizlashadi (assimilyatsiya qilinadi): ijtimoiy > ishtimoiy (j > sh) kabi. Demak, qorishiq «j (dj)» assimilativ holatda yoki so‘z oxirida o‘zining asosiy bo‘lmagan (notipik) ottenkasi bilan qatnashadi. Qadimgi turkiy tilda bu tovush boimagan.«Ch» fonemasi — til oldi-tanglay, qorishiq portlovchi (affrikata), jarangsiz, shovqinli undosh, «j (dj)» ning jarangli jufti. Bu undosh so‘zning boshida (choy,chegara), o‘rtasida (bechora,ko‘cha) va oxirida (omoch, tilmoch, kech, soch) kela oladi. Jarangsiz undosh ta’sirida ba’zan «sh» ga o‘tadi: uchta > ushta (ch > sh) kabi.7
XULOSA
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan boshlab ,O‘zekistonda o‘zbek tili ta’limiga yuqori darajada e’tibor qaratildi. Hozirgi vaqtga kelib o‘zbek tilini shug‘ullanuvchilar soni ko‘payib bormoqda. Hech bir inson jamiyatdan ayri holda shakllana olmaydi, jumladan til ham. Chunki til aloqa vositasi bo`lib, insonlar orasida muloqot vositasi hisoblanadi. Jamiyat mavjud emas ekan, til ham mavjud bo`la olmaydi. Qadimda insoniyat paydo bo`lgan davrda yozuv bo`lmagan bo`lsa-da, ular o`zlari tushunadigan har kungi muloqot vositasiga ega bo`lgan. Demak, til jamiyatda rivojlanadi. Qaysiki biror-bir til insonlar orasida ishlatilmas ekan, u o`lik tilga aylanadi va rivojlanmay qoladi. Oxirgi paytlarda O‘zbek tilshunosligida ilmiy adabiyotlar va darsliklar yaratildi va tilimizni ilmiy adabiyotlar rivojlanib borishi kuzatilmoqda.Insonlar qancha o‘z tilini bilsalar, ular uchun shuncha imkoniyatlar tug‘iladi. Hozirgi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda chuqur islohotlar olib borilmoqda.Bugungi kun yoshlarining xalqaro zamon talabi darajasida ta’lim olishlari uchun hukumatimiz tomonidan keng imkoniyatlar eshigi ochib berilgan. Yuqorida ko‘rsatilgan muammolarni yechimini topish uchun, bitiruv malakaviy ishida imkon qadar qiyosiy tahlil orqali o‘zbek va yapon tilini chog‘ishtirgan holatda yoritib berishga harakat qilindi. Har bir o‘rganuvchi o‘z ona tili qoidalari bo‘yicha boshqa chet tilini o‘rganadi. Ammo o‘z ona tilidagi qonuniyatlari o‘zga tilda bo‘lmasligi tabiiy. Ikkita bir xil tilning o‘zi mavjud emas.Bu mavzu juda ham o‘zbek tilinifonetk istemasidagi yana bir o‘ziga xos jihat shundan iboratki, bu tovushlarning davomiyligi ya’ni ushbu tushuncha o‘zbek tillariga fonetikasiga xarakteristikasi berishga harakat qildik. O‘zbek tili fonetik tarkibiga deyarli o‘rganilgan. Shunga qaramasdan biz o‘zbek tilini fonetik strukturasi borasida aniq va ravon xarakteristika berilgan. esa bizga yapon tili fonetik tovushlarini etarli darajada talaffuz qila olishimizga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |