O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti


Chet el tilshunosligida yaratilgan fonologiya nazarayalari



Download 152 Kb.
bet4/8
Sana01.02.2022
Hajmi152 Kb.
#423311
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ro\'zmamatova S

Chet el tilshunosligida yaratilgan fonologiya nazarayalari
Chet el tilshunosligida keng tarqalgan fonologiya nazariyalari quyidagi lardir:
1. Praga lingvistika maktabining fonologiya nazariyasi jahonda eng dong chiqargan hisoblanadi. Uning vakillari Praga fonologiya maktabi nazari yasining asoschisi mashhur olim N.S. Trubetskoy (1890-1938), R. Yakobson, V. Matezius, B. Trnka, I. Vaxek va boshqalardir. Bu maktabning xususan, N.S.
Trubetskoyning fonologik nazariyasi va metodlari bir necha tillarni ilmiy o‘rga nishga tatqiq etilgan va hozirgi davrda ham qo‘llanib kelinmoqda. Praga fonologiya maktabi fonologik oppozitsiyalar klassifikatsiyasi, fonologik neytral izatsiya, korrelyasiya, fonemalarning birikmalari va boshqa qator masalalarni ilmiy tatqiq etish nazariya va metodlarni taklif etgan.
2 Bu maktabning qarashlari jahon tilshunosligida ham keng o‘rin olgan. Shu sababli ulardan ba'zilarini yuqorida ko‘rsatib o‘tildi.
London fonologiya maktabi va uning yirik namoyondasi D. Jounz tomonidan taklif etilgan fizik (akustik) fonologiya nazariyasi (Angliya). Bu nazariyaga asosan fonema akustik jihatdan bir xil bo‘lgan "tovushlar oilasi" hisoblanadi.
3. Distributiv fonologiya nazariyasi (AQSH). By nazariyaga asosan fo nema akustik jihatdan bir xil bo‘lgan "tovushlar sinfi" yoki "allofonlar sinfi" deb ta'rif beriladi.
4. Dixotomik fonologiya nazariyasi (AQSH) ham keng tarqalgan bo‘lib, u jahon tillaridagi fonemalarni o‘n ikki juft binar farqlanish belgilari asosida tasnif etish metodini taklif etdi. Biroq nazariyadagi ba'zi kamchiliklar, xususan, bar cha farqlanish belgilarining binar, ya'ni ikkitadan qarama-qarshilik asosida berilgani, ularni spektral analiz qilish natijalari barcha tillar uchun bir xil emasligi, terminlarning noqulay va tushunarsizligi kabi qator masalalar tuzatish larni talab qiladi. Bu kamchiliklarni tuzatish natijasida, uni ko‘pgina tillarning fonemalar sistemasini tadqiq qilishda qo‘llanib kelmoqda.
Boshqa keng tarqalmagan fonologik nazariyalar quyidagilardir:
5. Makro va mikrofonema nazariyasi. AQSH tilshunosi U. Tuodl tomonidan 1935 yilda taklif etilgan.
6. Glossematik fonologiya nazariyasi (Daniya).
7. Ikki pog‘onali fonologiya nazariyasi.
8. Generativ fonologiya nazariyasi (AQSH).
Bu fonologiya nazariyalari ichida alohida qarashlar va oqimlar ham bor. Ularda tilning fonologik sistemasini juda mavhum tadqiq qilish va sxematik rav ishda qarash hollari mavjud. Bunday kamchiliklar ularni aniq tillarga tatbiq et ishda qiyinchilik tug‘diradi. Haqiqiy fonologiya nazariyalari chuqur ilmiy asoslangan va tillarni tadqiq etishda qulay metodlarni taklif etgan bo‘lmog‘i lozim.
Transkripsiya asosan ikki turli bo‘ladi: fonetik va fonologik. Fonetik transkripsiya har bir tovush uchun maxsus belgi qo‘yishga asoslanadi. Bunda tovushlarning ma'lum holatda artikulyatsion-akustik xususiyatlarini o‘zgartirishi hisobga olinadi va fonemalarning har bir varianti uchun alohida belgi qo‘yiladi.
Fonetik transkripsiya belgilari kvadrat qavs ichida ko‘rsatiladi. Masalan, [p, t, k] fonemalarining unlilardan oldin talaffuz qilinuvchi aspiratsiyali variantlari [p h,t h, kh] belgilari bilan beriladi. Fonetik transkripsiya belgilari haqiqatda talaffuz qilinuvchi tovushlarning barcha xususiyatlarini ko‘rsata oladi.
Fonologik yoki fonematik transkripsiya so‘z, so‘z shakllari va morfemalarni farqlay oluvchi har bir fonema uchun bir belgi qo‘yishga asoslangan. Bunda fonemaning variantlari, ya'ni tovushlarning talaffuzi hisobga olinmaydi. Fonologik transkripsiya belgilari vertikal chiziqdagi qavs ichida /p/, /t/, /k/ kabi beriladi

Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish