O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti



Download 23,41 Kb.
bet2/2
Sana23.01.2022
Hajmi23,41 Kb.
#406149
1   2
Bog'liq
198 g Ramatova Donoxon MT meyoriy asoslari

Javoblar

Xalq taʼlimi — mamlakatda tarbiyaviy, oʻquv va madaniymaʼrifiy muassasa va tadbirlar tizimi hamda ularni boshqarish organlari. Xalq taʼlimi tushunchasi 20-asrning 80-yillarida oʻzbek tili leksikasidan oʻrin oldi. Ungacha "xalq maorifi" atamasi qoʻllanilgan boʻlib, u kishilarning bilimi va ongini oshirish, umumiy saviyasini koʻtarishga qaratilgan taʼlimtarbiya tarzida, nisbatan torroq maʼnoda qoʻllanilgan. "Xalq taʼlimi" atamasi ilmfan yoki kasb-hunar sohalari boʻyicha egallanishi zarur boʻlgan maʼlumot va koʻnikmalar majmuini, taʼlimtarbiya, axloqodob, koʻrsatma, bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish, yoʻlyoʻriq oʻrgatish tushunchalarini kamrab oladi. Bu atama zamirida mamlakat fuqarolarini nafaqat maʼrifatli, savodli qilish, balki ularga taʼlimtarbiya berish, kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularda bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish jarayoni ham qamrab olinadi. Davlat taʼlim standartlariga muvofiq taʼlim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim muassasalari, taʼlim tizimining faoliyat koʻrsatishi hamda rivojlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiypedagogik muassasalar, taʼlim sohasidagi davlat boshqaruv organlari hamda ularga karashli korxona, muassasa, tashkilotlarni oʻz ichiga kamrab oladi. Oʻzbekistonda Xalq taʼlimining bosh maqsadi — maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalashdan iborat boʻlib, u insonparvarlik va demokratik xarakter kasb etadi. OʻzR ning 1997 y. 29 avg .da qabul qilingan "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Xalq taʼlimi tizimining barcha yoʻnalishlarini takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. Krnun va dasturda kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari, jumladan, uzluksiz taʼlim taʼriflanib, uning asosiy vazifasi belgilab berilgan. Xalq taʼlimi maktabgacha taʼlim, umumiy urta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, oliy taʼlim, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari taʼlim turlarini kamrab oladi. Xalq taʼlimining umumiy oʻrta turi (9 y.) majburiy, oʻrtamaxsus, kasb-hunar taʼlim turi (3 y.) esa ixtiyoriy-majburiydir.Koʻp mamlakatlarda Xalq taʼlimining asosiy tizimi boshlangich taʼlim hisoblanadi va u 4 yildan 9 yilgacha davom etadi. Oʻzbekistonda Xalq taʼlimining dastlabki boskichi maktabgacha taʼlim xisoblanadi. Maktabgacha taʼlim bola shaxsini ruhan va jismonan sogʻlom, yetuk tarzda, maktabda oʻqishga tayyor holda shakllantirishni nazarda tutadi. Bu taʼlim 6— 7 yoshgacha oilada, bolalar bogʻchalari va mulk shaklidan qatʼi nazar, boshqa taʼlim muassasalarida olib boriladi. Xalq taʼlimining umumiy oʻrta turi boshlangʻich taʼlim (1— 4-sinflar) va umumiy taʼlim (5—9-sinflar)ni kamrab oladi. Boshlangich taʼlim toʻrt yillik boʻlib, u umumiy oʻrta taʼlim olish uchun zarur boʻlgan savodxonlik, bilim va koʻnikma asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Boshlangʻich taʼlimning 1-sinfiga bolalar 6—7 yoshdan qabul qilinadi. Xalq taʼlimining umumiy taʼlim bosqichida ham bilimlar davlat taʼlim standartlarida belgilangan hajmda beriladi. Umumiy oʻrta taʼlim (1 — 9sinflar)da oʻquvchilarning mustaqil fikrlashi, tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobiliyati rivojlantiriladi, ularning tafakkur va faoliyatidagi erkinligi, mustaqilligi taʼminlanadi. Xalq taʼlimining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi turida taʼlim olish ixtiyoriymajburiy tarzda amalga oshiriladi. Umumiy Urta taʼlimni yakunlagan oʻquvchi bilim olishni taʼlimning maʼlum yoʻnalishini chuqur oʻzlashtirish uchun akademik litsey yoki umumiy oʻrta taʼlimni maʼlum kasb-hunar bilan bogʻlab oʻrganish maqsadida kasb-hunar kollejidi ixtiyoriy ravishda davom ettirishi zarur. Xalq taʼlimining oliy taʼlim bosqichi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni taʼminlaydi. Oliy taʼlim universitet, oʻquv akademiyasi, intlarda urta maxsus, kasb-hunar taʼlimi negizida amalga oshiriladi. Oliy taʼlim olish ixtiyoriy bulib, taʼlim muddati kamida 4 yildan iborat boʻlgan bakalavriat hamda oʻqish muddati kamida 2 yildan iborat boʻlgan magistratura boskichida amalga oshiriladi. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiypedagogik kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashga qaratilgan taʼlim turi hisoblanadi. U oliy oʻquv yurti va i.t. institutlarida aspirantura, adʼyunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik shaklida amalga oshiriladi. Xalq taʼlimining kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash turi mutaxassislarning kasb bilimlari va koʻnikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni nazarda tutadi. Xalq taʼlimining maktabdan tashqari taʼlim turida bolalar va oʻsmirlarning yakka tartibdagi qiziqish va ehtiyojlarini qondirish, ularning boʻsh vaqgi va dam olishini maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari tomonidan madaniyestetik, ilmiy, texnikaviy, sport kabi yoʻnalishlarda makgabdan tashqari davlat va nodavlat taʼlim muassasalarini tashkil etish nazarda tutiladi.Xalq taʼlimini boshqarishning markazlashgan, markazlashmagan va aralash turlari mavjud. Markazlashgan boshqaruvda taʼlimtarbiya jarayonini boshqarish taʼlim vazirligi hamda uning joylardagi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Boshqaruvning bunday shakli Fransiya, Italiya, Belgiya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida yoʻlga qoʻyilgan. Bu mamlakatlarda davlat maktablarning moddiy taʼminoti bilan shugullanadi, ularni dastur, darslik, metodik va oʻquv qoʻllanmalar bilan taʼminlaydi, maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatni olish uchun yagona talablarni belgilaydi, oʻqituvchilarni tanlash hamda tayyorlash ishlari bilan shugʻullanadi. Markazlashmagan boshqaruvda taʼlimni boshqarish joylardagi maʼmuriy organlar tomonidan amalga oshiriladi. Maktablar taʼminoti aholi zimmasida boʻladi. Davlat tomonidan maʼlum vazifalar, baʼzi hollarda qisman moliyaviy ehtiyojlarni qondirish ishlari amalga oshiriladi. Bunday tur Buyuk Britaniya, Norvegiya, Shvetsiya va AQShda tashkil etilgan. Mas, AQShda har bir shtatning taʼlim boʻyicha oʻz qonunlari mavjud. Boshqaruvning aralash turida taʼlimtarbiya jarayonining barcha ishlari markaziy va mahalliy hokimiyat organlari hamkorligida amalga oshiriladi. Hindiston, Pokiston, Yangi Zelandiya mamlakatlarida taʼlimni boshqaruv shu tarzda amalga oshiriladi.Oʻzbekistonda Xalq taʼlimi tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat taʼlim muassasalarini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yoʻli bilan boshqariladi va markazlashgan holda demokratik tarzda olib boriladi. Barcha darajadagi taʼlim boshkaruv organlarining vakolat doiralari OʻzRning "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni (1997)ga muvofiq belgilanadi. Xalq taʼlimini moliyalash respublika va mahalliy byudjet mablagʻlari, shuningdek, byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. 2002/03 oʻquv yili boshida Oʻzbekistonda 9799 umumiy taʼlim maktabi (6 mln. 329,1 ming oʻquvchi), kunduzgi umumiy taʼlim maktablari negizida 288 litsey (88,9 ming oʻquvchi) va 103 gimnaziya (65,7 ming oʻquvchi), 141 maxsus oʻquv yurti (158,5 ming oʻquvchi), 62 oliy oʻquv yurti (232254 talaba) faoliyat koʻrsatdi (yana q. Umumiy oʻrta taʼlim maktabi, Savodlilik, Taʼlim, Taʼlimning milliy modeli).

Mustaqil rеspublikamiz uchun yosh avlоdni har tоmоnlama yеtuk insоn qilib tarbiyalash hayotiy muhim vazifalardan biri hisоblanadi. Chunki har qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimоiy, siyosiy, iqtisоdiy faravоnligi fuqarоlarning aqliy va aхlоqiy salоhiyati хamda ularning ma’naviy darajada yuksak rivоjlanishiga bоg`liq.Darhaqiqat, jamiyatimizning taraqqiy etishi, ijtimоiy yo`naltirilgan bоzоr iqtisоdiyotini shakllantirish, jahоn hamjamiyatiga qo`shilishni ta’minlaydigan huquqiy dеmоkratik davlat qurishni yеtuk va malakali kadrlarsiz hal etib bo`lmaydi. SHu bоis Rеspublikada amalga оshirilayotgan islохatlarning asоsiy maqsada va vazifasi insоn va uning har tоmоnlama o`sib ulg`ayishi, kamоl tоpishi va farоvоnligi, shaхs manfaatlarini ro`yobga chiqarishning sharoitlarini va ularning ta’sirchan mехanizmlarini yaratish, hamda eskirgan tafakkur va ijtimоiy хulq - atvоrning andоzalarini o`zgartirishga qaratildi.

Ma’lumki, 1992 yil iyul оyida Mustaqil O`zbеkistоnning ilk «Ta’lim to`g`risida» gi Qоnuni qabul qilindi. Mazkur qоnun mazmunida Rеspublika ta’lim tizimi uning asоsiy yo’nalishlari, maqsad vazifalari, ta’lim boshqichlari va ularning mоhiyati kabi masalalar o`z ifоdasini tоpdi.1997 yil yanvar оyiga kеlib, «Ta’lim» to`g`risidagi qоnun va unda ilgari surilgan g`оyalarning amaliyotga tatbiqi, mavjud ahvоl, yutuq va kamchiliklar urganildi va taхlil etildi.O`tkazilgan tahlil natijalariga ko`ra ta’lim tizimida оlib bоrilayotgan islоhоtlar aksariyat o`rinlarda chuqur ilmiy asоsga ega bo`lmaganligi ma’lum bo`ldi. SHu bоis O`zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеntining maхsus farmоniga asоsan O`zbеkistоn Rеspublikasi «Tarbiya to`g`risida»gi qоnunning yangi tahriri hamda «Kadrlar tayyorlash» milliy dasturini ishlab chikuvchi maхsus kоmissiya tarkibi tayinlandi. 1997 yilning iyul оyida har ikki mе’yoriy hujjat mazmuni o`rganib chiqildi va umumхalq e’tibоriga havоla etildi. Umumхalq muhоkamasidan o`tgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» O`zbеkistоn Rеspublikasi Оliy Majlisining IХ sеssiyasida qabul qilindi."Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", «Ta’lim to`g`risida»gi O`zbеkistоn Rеspublikasi qоnuni talablariga muvоfiq hоlda tayyorlangan bo`lib, milliy tarbiyani ta’lim tizimida jahоn miqyosidagi yutuqlar asоsida yuksak umumiy va kasb - hunar madaniyatiga, ijоdiy va ijtimоiy siyosiy hayotga mustaqil ravishda mo`ljalni to`g`ri оlabilish qоbiliyatiga ega bo`lgan, istiqbоl vazifalarini ilgari surish va hal etishga qоdir bo`lgan kadrlarning yangi avlоdini shakllantirishga yo`naltirilgandir.Mazkur dastur kadrlar tayyorlash milliy mоdеlini ro’yobga chiqarish, tarbiya va kasb - hunar dasturini оngli ravishda tanlash va kеyinchalik puхta o`zlashtirish uchun ijtimоiy - siyosiy, huquqiy, psiхоlоgik – pеdagоgik va bоshqa sharоitlarni yaratish, jamiyat, davlat va оila оldida o`z javоbgarligini his etadigan fuqarоlarni tarbiya-lashni nazarda tutadi.Tarbiya muassasalari хalq хo`jaligining turli sоhalari uchun tayyorlayotgan kadrlarning kasbiy mahоrati, aqliy salоhiyati, ijоdiy qоbiliyati хamda ma’naviy barkamоlligiga qarab mustaqil O`zbеkistоnni kеlajagini qurish mumkin dеgan g`оya «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ning yaratilishi uchun asоs bo`ldi. SHu bоis mazkur hujjat rеspublika Tarbiya tizimida amalga оshirilayotgan islоhоtlar mazmunini оchib bеradi. Unda Tarbiya sоhasidagi islоhоtlarning asоsiy maqsadi – insоn, uning har tоmоnlama uyg`un kamоl tоpishi va faravоnligi ta’minlash muхim ekanligi alоhida qayd etib o`tildi.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturning maqsad va vazifalari bоsqichma – bоsqich amalga оshirilib bоriladi. Har bir bоsqich muayyan vazifalarni hal etishni nazarda tutadi. 1- bоsqich (1997 - 2001) – mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijоbiy salоhiyatini saqlab qоlish asоsida ushbu tizimni islоh qilish va rivоjlantirish uchun huquqiy, ilmiy-uslubiy, mоliyaviy - mоddiy Shart - sharоitlar yaratish. 2 – bоsqich (2001 - 2005) – milliy dasto’rni to`lik ro`yobga chiqarish, mexnat bоzоrining rivоjlanishi va rеal ijtimоiy iqtisоdiy sharоitlarni hisоbga оlgan hоlda o`ta aniqliklar kiritish. 3-bоsqich (2005 va undan kеyingi yillar) to`plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asоsida mamlakatni ijtimоiy - iqtisоdiy rivоjlantirish istiqbоllariga muvоfiq kadrlar tayyorlash tizimini takоmillashtirish va yanada rivоjlantirish.Milliy dastur asоsini O`zbеkistоnning taraqqiyotini ta’minlay оladigan, uni jahоndagi ilg`оr mamlakatlar darajasiga ko`tarishga hissa qo`shuvchi, dadil, mustaqil fikrli, bilimli malakali mutaхassis, ayni paytda ijоbiy insоniy sifatlarga ega bo`lgan kadrlarni tarbiyalab vоyaga еtkazish jarayonini tashkil etad.Kоmil insоn hamda еtuk malakali mutaхassis milliy mоdеl mоhiyatini ifоda etadi.Kadrlar tayyorlash milliy mоdеli faqat Tarbiya-tarbiyadangina ibоrat bo`lib qоlmay balki, bir - biriga bоg`liq bo`lgan ko`pgina hayotiy bоsqichlarni хam o`z ichiga оladi. Milliy mоdеl bu shaхs, davlat va jamiyat, o`zluksiz tarbiya, fan va ishlab chikarishning o`zarо o`zviy birligi va hamkоrligi, ularning bir -biriga alоqasini aks ettiradi. Ayniqsa, o`zluksiz tarbiya tizimining faоliyat оlib borishi davlat Tarbiya standartlari asоsida turli darajalardagi tarbiya dasturlarining izchilligi asоsida ta’minlanadi. CHunki o`zluksiz tarbiya - malakali raqоbatbardоsh kadrlar tayyorlashning asоsi bo`lib, tarbiyaning barcha turlarini davlat tarbiya standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi to`zilmasi va uning faоliyat ko`rsatish muhitini o`z ichiga оladi.Maktabgacha ta'lim turli yoshdagi bоlalarni maktabga tayyorlash bilan birga, ularni sоg`lоm, har tоmоnlama еtuk qilib tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy psiхоlоgik, pеdagоgik Shart- sharоitlar yaratadi, bоlalarni maktabda muntazam ravishda Tarbiya оlishga tayyorlashda оta - оnalarga yordam bеradi, unda o`qishga intilish hissini uyg`оtadi.Maktabgacha tarbiya bоla 6 - 7 yoshga еtguncha оilada hamda davlat va davlatga qarashli bo`lmagan maktabgacha bоlalar muassasalarida amalga оshiriladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari aniq bir yoshdagi bolaning rivojlanish standartlarini va bolaning yutuqlari va rivojlanish darajasini baholash imkoniyatini beruvchi indikatorlarni belgilaydi. Ushbu hujjat, birinchi navbatda, oilalarga bolaning to‘laqonli rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasida, uni maktabda ta’lim olishga samarli tayyorlashda yordam berishni nazarda tutadi.

U maktabgacha ta’limning mazmunini belgilaydi va mulk shaklidan qat’iy nazar, maktabgacha ta’lim muassasalarini bolalikning qadr-qimmatini saqlab qolgan xolda barcha bolalarning tenghuquqligini va har bir bolaning individual rivojlanishini tadbiq etishga yo‘naltirilgan.

Ushbu hujjat O’zbekiston Respublikasi territoriyasida, mulk shaklidan va qaysi tashkilot tasarrufida ekanligidan qat’iy nazar, quyidagi ta’lim muassasalarida qo’llanilishi majburiydir:

-umummiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida;

-maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo‘lgan «Mehribonlik» uylarida, kichkintoylar uylarida;

-maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida;

-maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarida;

-maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim turlari bo‘yicha pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tadbiq etuvchi muassasalarda.

Davlat talablarini ishlab chiqish asosida bola shaxsi rivojlanishining 4 ta yo‘nalishi olingan (jismoniy rivojlanish, o‘z o‘ziga xizmat va gigiyena; ijtimoiy - hissiy rivojlanish; nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik; bilish jarayoni, atrof olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash). Bu 4 ta yo‘nalish bo‘limlarga bo‘linib, birgalikda bola rivojlanishining yaxlitligini tashkil etadi.

Qayta ishlangan talablar jamiyatning maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi haqidagi bilimlarini yaxshilashga, tarbiya sohasida ota-onalarning ko‘nikmalarini mustahkamlashga, shuningdek muassasalarda ta’lim dasturlari va metodikalarini baholashga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari quyidagi boblardan iborat:

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Davlat talablarining maqsad, vazifa va asosiy tamoyillari

3-bob. Davlat talablarining tarkibi

4-bob. Yakuniy qoidalar

O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari

Mazkur O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda Davlat talablari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan buyon matnda bolalar deb yuritiladi) har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Davlat talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli va idoraviy tasarrufidan qat’iy nazar, quyidagi ta’lim muassasalariga qo‘llaniladi:

davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;

nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari;

maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo‘lgan “Mehribonlik” uylari.

2. Maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim turlari bo‘yicha pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiradigan muassasalar, maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar mazkur Davlat talablariga rioya qilishlari lozim.

2-bob. Davlat talablarining maqsad, vazifa va asosiy tamoyillari

3. Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

maktabgacha ta’lim — maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma’naviy me’yorlarni shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini ko‘zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon;

rivojlanish — inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologik jarayonlar hamda atrof muhit ta’sirida ro‘y beradigan o‘zgarishlar;

rivojlanish sohasi — bola rivojlanishidagi aniq bir yo‘nalishlar;

kichik soha — sohaning kichik guruhlari. Asosiy sohalarning kichik sohasi rivojlanishning ma’lum bir tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir yo‘nalishini ko‘rsatib beradi;

kutilayotgan natija — bolalarda kutilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalar ko‘rsatkichi;

bola kompetensiyasi — ma’lum bir yosh davriga xos bo‘lgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli bo‘lgan bolaning bilimi, ko‘nikmasi va malakalari hamda qadriyatlari;

integratsiya — bola ta’limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bog‘liqlik;

inklyuziv ta’lim — bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta’lim va tarbiya olinishini teng ta’minlovchi jarayon;

“Men” konsepsiyasi — bolani o‘zi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uning refleksiv faoliyatini bir qismi;

refleksiv faoliyat — bolada o‘z tushunchalari va xatti-harakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni.

4. Davlat talablarining maqsadi — mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida ma’nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.

5. Davlat talablarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;

milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash.

6. Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi:

bolaning noyobligi;

“Men” konsepsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli;

bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;

bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;

bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo‘lib, individual variativlik asosida yondashish.

3-bob. Davlat talablarining tarkibi

7. Davlat talablari rivojlanish sohalari integratsiyasini ko‘zda tutadi va bola rivojlanishiga ko‘maklashadi.

Davlat talablari tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish sohasi o‘z o‘rnida kichik sohalarga bo‘lingan bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan (kutilayotgan rivojlanish ko‘rsatkichlaridan) iborat.

8. Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi:

jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;

ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;

bilish jarayonini rivojlanishi;

ijodiy rivojlanish.

9. “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:

yirik motorika;

mayda motorika;

sensomotorika;

sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik.

10. “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:

“Men” konsepsiyasi;

hissiyotlar va ularni boshqarish;

ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.

11. “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:

nutq va til;

o‘qish malakalari;

qo‘l barmoqlari mayda motorikasi.

12. “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:

intellektual-anglash malakalari;

elementar matematik malakalar;

tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat.

13. “Ijodiy rivojlanish” soha quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:

dunyoni badiiy tasavvur etish;

badiiy-ijodiy qobiliyatlar.

14. Davlat talablari asosidagi yosh davrlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

go‘daklik (tug‘ilgandan 1 yoshgacha);

erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha);

kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha);

o‘rta maktabgacha yosh (4 dan 5 yoshgacha);

katta maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha);

maktabga tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 yoshgacha).

15. Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar mazkur Davlat talablarining 1-ilovasida belgilangan.

16. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar mazkur Davlat talablarining 2-ilovasida belgilangan.

4-bob. Yakuniy qoidalar



17. Mazkur Davlat talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

18. Mazkur Davlat talablari Vazirlar Mahkamasi qoshidagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va “Oila” Respublika ilmiy-amaliy markazi bilan kelishilgan.
Download 23,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish