4-amaliy mashg’ulot
Mikroelementlar va ularning hujayra metabolizmdagi tutgan o’rni.
O’simlik hujayralarida mikroelementlar miqdoran juda kam (0,001% dan-0,000001%) bo’ladi, lekin yuqori faollikka ega. Mikroelementlarning har biri maxsus vazifalarni bajaradi va ulami boshqa elementlar bilan almashtirib bo’lmaydi. Ular hujayradagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida, fotosintez jarayonida, azot, uglevodlar va boshqa moddalar almashinuvida ishtirok etadi.
Mikroelementlar ko’pchilik fermentlarning faollik markaziga, vitaminlar tarkibiga kirib o’simliklami turli kasalliklarga va muhitning noqulay omillariga chidamliligini oshiradi. Mikroelementlarning tanqisligi o’sish va rivojlanishga salbiy ta’sir etib, hosildorlikni keskin pasaytirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |