«Mineral oziqlanish fiziologiyasi va moddalar tashiluvi» fanining amaliy mashg’ulotlari
-
|
AMALIY MASHG’ULOTLAR RO’YHATI
|
|
№
|
Dars turi
|
Mavzuning nomi
|
Soat
|
Adabiyotlar
|
Foydalaniladigan ped texnologiyalar, Ko’rgazmali qurollar, yozma material
|
1
|
Amaliy
|
Mineral elementlarning o’simlik hayot faoliyatida tutgan o’rni.
|
4
|
[1.2.3.5.6.7.9]
|
Didaktik o’yin tехnоlоgiyasining taqdimоt mashg’ulоti, aqliy hujum.
|
2
|
Amaliy
|
Mineral o’g’itlar va hosildorlik. Biogeokimyoviy mintaqalar.
|
4
|
[1.2.3.5.6.7.9]
|
Muammоli usul, aqliy hujum, blits-so’rоv
|
3
|
Amaliy
|
Ildizning mineral elementlarni o’zlashtirishdagi ro’li. Ildizda murakkab birikmalarning sintezi.
|
4
|
[1.2.3.5.6.7.9]
|
Tushunchalar tahlili metodi
|
4
|
Amaliy
|
Mikroelementlar va ularning hujayra metabolizmdagi tutgan o’rni.
|
4
|
[1.2.3.5.6.7.9]
|
Amaliy, suhbat,muammоli, fikrlar hujumi,
|
5
|
Amaliy
|
Mineral oziqlanish ekologiyasi. Tashqi muhit omillari-namlik, harorat, havo tarkibining mineral oziqlanishiga ta’siri.
|
4
|
[1.2.3.5.6.7.9]
|
Tushunchalar tahlili metodi
|
|
|
Jami
|
20
|
|
|
1-amaliy mashg’ulot
Mineral elementlarning o’simlik hayot faoliyatida tutgan o’rni
O’simliklar tuproqdan juda ko’p mineral moddalarni, ya’ni davriy sistemada uchraydigan deyarli barcha elementlarni u yoki bu ko’rinishda suv bilan birga qabul qilib, o’z tanasini qurishga va organik moddalar to’plashga sarf qiladi. Bundan kelib chiqadiki, tuproqning tarkibi va xususiyatlari o’simliklaming o’sishi va rivojlanishida alohida ahamiyatga ega.
Tuproq tarkibidagi kul va chirindi moddalarning o’simliklar hasildorligiga ijobiy ta’sir qilishi avvaldan ma’lum. Ammo bu fikrga birdaniga kelinmagan. Masalan, gollandiyalik olim Ya.B. Van-Gelmont (1629) 91 kg quruq tuproq sig’adigan chelakga massasi 2,25 kg bo’lgan tol qalamchalarini ekkan va uni doimiy ravishda yomg’ir suvi bilan sug’orib turgan. Besh yil o’tganidan so’ng tuproq va tolning og’irliklari alohida-alohida o’lchab ko’rilganida tolning og’irligi 77 kg.ni (75 kg qo’shilgan) tashkil qilgani holda tuproq og’irligi 0,56 kg ga kamaygan xolos. Demak, har yili to’kiladigan barglarni hisobga olmagan holda ham o’simlik massasi 33 baravar ortgan. Shunga asoslanib Ya.B. Van-Gelmonl o’simliklar gavdasi suvdan tuziladi degan noto’g’ri xulosa qilgan va buning asosida o’simliklar oziqlanishining ”Suv nazariyasi” paydo bo’ldi,
Shuni aylib o’tish lozimki, bizning eramizdan 384-322-yil avval Aristotel tomonidan o’simliklar tuproqdan oziqani murakkab moddalar holida oladi degan tushuncha ilgari surilgan. Bu tushuncha nemis agronomi A. Teeyar (XVIII asrning oxiri, XIX asrning boshi) tomonidan rivojlantirilgan va shu asosda u o’zining ”gumus nazariyasi”ni yaratdi. Bunga asosan, o’simliklar tuproqdagi suv va gumus moddalari bilan oziqlanadi.
Shvetsariyalik tabiatshunos olim N.T. Sossyur o’simliklar tarkibini o’rganib, tuproq, o’simliklarni azot va boshqa mineral elementlar bilan ta’minlaydi dcgan xulosaga kelgan. Shuningdek, u o’zining «O’simliklarni kimyoviy o’rganish» (1804) asarida o’simlik ildiziari tomonidan suvli erilmalardan har xil tuzlarni o’zlashtirilishi miqdori va tezligi bir xil emasligi haqidagi fikrni aytgan. Keyinchalik fransuz agronomi J.B. Bussengo (1837) o’z ilmiy ishlarida, o’simliklar atmosfera azotini o’zlashtira olmasligi va faqatgina ildiz orqali tuzlarnio’zlashtirishi mumkinligini aytadi. Shuningdek, u o’simliklarni mineral elementlar bilan (kul va selitra) ta’minlash tufayli ularni toza qumda ham o’stirish mumkin ekanligini ko’rsatgan.
Agrokimyoning asoschilaridan birinemis kimyogar olimi Yu. Libix gumus nazariyasini inkor qildi va tuproq unumdorligi mineral elementga bog’liq deya tuproqqa o’g’it sifatida toza mineral tuz solishni taklif qilgan. Yu. Libix o’zining ”Kimyo dehqoncliilik va fizioiogiya xizmatida” (1840) asarida o’simliklarni mineral oziqlаnish nazariyasini yaraldi. Shuningdek, u o’simlik azotni havodan ammiak holida oladi degan xato fikrga kelgan, ammo keyinchalik (1856) o’z xatosini anglaydi va o’simliklar azotni ildiz orqali nitrat ko’rinishida qabul qiladi dcgan fikrga kelgan hamda o’zining minimum qonuni va «qaytarilish qonuniyatini» taklif etdi. Libixning ”minimum qonuni” ning mohiyati shundaki, mineral o’g’itlarning har qanday miqdori ham o’simliklar hosilining oshishiga olib kelmaydi, chunki o’simliklarning mutlaq hosildorligi tuproqda yetishmayotgan moddaga bog’liqdir. Uning ikkinchi «qaytarilish qonuniyati» ning mohiyati shundaki, o’simlik tomonidan o’zlashtirilgan element tuproqga qaytarilishi lozim, aks holda tuproq kambag’allashib boradi. Keyinchalik Libixning ayrim izohlari bu qonuniyatni soddalashtirib o’zlarining tuproq unumdorligini kamayishi qonuniyatlarini ilgari surishdi. Ammo hozirgi zamon dehqonchiligi bu fikrni umuman noto’g’ri ekanligini tasdiqlamoqda, yani qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorli mineral o’g’itlar berish va agrotexnikani oqilona qo’llash tufayli doimiy ravishda oshib bormoqda.
Bussengo o’z tajribalarida vegetatsion uslubni qo’llash orqali, yuksak o’simliklar atmosfera havosining molekular azotini o’zlashtira olmasligini ko’rsatdi. Shunday xususiyatga faqatgina dukkakdoshlar oilasi vakillarigina ega bo’lib, ular tuproqda azot to’planishiga olib keladi.
Birinchi bor dukkakdoshlar oilasi vakillarining tuganak bakteriyalar bilan simbiozi natijasida tuproqda azot yig’ilishini asoslab bergan olim nemis botanigi va mikrobiologi G. Gelrigeldir (1880). Dukkakdoshlaming toganak bakteriyalari esa birinchi bor rus botanigi M.S. Voronin (1866) tomonidan isbotlangan.
Hozirgi vaqtda tuproqda azot yig’ilishiga olib keluvchi bir qancha mikroorganizmlar aniqlangan. Bulardan biz ammonifiksatorlarni, azotofiksotorlarni, nitriflkatorlarni va denitrifikatorlarni ko’rsatishimiz mumkin. Ulaming vazifalari asosan quyidagilardan iborat:
-ammoifikatorlar azotli organik birikmalarni, masalan, oqsillar, nuklein kislotalar mochevina va boshqalarni parchalaydi;
-azofiksatorlar molekular azotni bog’lash xususiyatiga ega; nitrifikatorlar O2 yordamida ammiakni nitratlargacha oksidlaydi.
dcnitrofikatorlar nitratlarni molekular azotga aylantiradi. Ammo O2 yetishmagan sharoitda ular nitratlar kislorodidan foydalanishadi va azotni atmosferaga qaytaradi hamda tuproqni kambag’allashishiga olib keladi.
O’simliklarning mineral oziqlanishi bevosita tuproq bilan bog’liq bo’lgani tufayli biztuproqshunoslikning ilmiy asoslarini yaratgan rus olimlari P.A. Kostichev va V.V.Dokuchaevlarning hamda tuproqning shimuvchi kompleksi asoslarini yaratgan K.K. Gedroyts ishlarini aytib o’tishimiz lozim. Bunga asosan moddalar shu jumladan minerallar tuproqda mexanik yo’l bilan fizik fa’sir natijasida, kimyoviy va biologik bog’lash tufayli ushlab turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |