Fosforni aniqlash. Salgina chuqurlashtirilgan plastinkaga, o’simlik to’qimasidan olinga shiradan 1 tomchitomizib, uning ustiga ammoniy molibdat eritmasidan 2 tomchi tomiziladi va eritlara qalay tayoqcha bilan aralashtiriladi. Qalay kuchli qaytaruvchi bo’lganligi sababli ham, hosil bo’lgan fosfor-molibdat kompleks tuzining qaytarilishi bilan ko’k havorang hosil bo’ladi. To’qima tarkibidagi fosfor miqdoriga qarab, hosil bo’ladigan rang kuchsiz, o’rtacha, kuchli va o’ta kuchli bo’lishi mumkin. Mana shu hosil bo’lgan rang darajasini namuna standart eritmalar bo’yicha tuzilgan rangli shkala bilan solishtrish orqali 1 kg shira tarkibida qancha miqdorda (mg) fosfor borligini yoki uning qancha ballga teng bo’lishligini aytib berish mumkin.
Shira va standart eritmalarning rangi aniq bo’lishi uchun tomchilarga ishqor tomizishdan oldin ularning har bittasiga bir tomchidan 1% li kraxmal eritmasidan tomizilishi kerak.
Tajriba natijasida olingan malumotlar tubandagi jadvalga yozib olinadi
7-jadval
O’simliklar shirasi tarkibidagi elementlar miqdori
Do'stlaringiz bilan baham: |