Fanning moxiyati, o‘ziga xos jixatlari.Fan-ijtimoiy ongning maxsus shakli. Ijtimoiy ong shakllari o‘zaro bir-birlaridan voqelikni aks ettirish xususiyatlariga ko‘ra farqlanishini falsafa kursida o‘rgangan edik. Agar ijtimoiy ongning u yoki bu shaklida olamning, ijtimoiy hayotning muayyan tomoni, ko‘rinishi aks etsa, fanda aks etishi mumkin bo‘lmagan narsa, hodisani topish mushkul.
Fan olamni o‘zlashtir ishning eng murakkab shakli hisoblanadi. Fan deganda insonning olam, shu jumladan, uning o‘zi to‘g‘risidagi ilmiy bilimlarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan, yuksak darajada tashkil etilgan faoliyati; uning natijalari bo‘lmish – ilmiy bilimlar tizimi hamda ijtimoiy institut nazarda tutiladi.
Ma’lumki, inson olamni ikki xil yo‘l bilan o‘zlashtiradi va buuning moddiy hamda ma’naviy faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Inson o‘z ehtiyojlari va manfaatlaridan kelib chiqqan holda olam, undagi narsa, hodisa, jarayonlarning mohiyatini, qonuniyatlarini anglashga intiladi. Bu bilishda o‘z ifodasini topadi. Bilish – insonning olamga faol munosabati, ijtimoiy – tarixiy amaliyot bilan boshlanadigan yangi bilimlarni hosil qilish, mukammallashtirish jarayoni. Bilish ikkik o‘rinishda – kundalik va ilmiy bilishda namoyon bo‘ladi. Ilmiy bilish – olamni chuqur, atroflicha bilish, uning qonuniyatlarini anglash jarayoni.
Ilmiy bilish
a) inson va insoniyat tomonidan qo‘lga kiritilgan ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish;
b) ilmiy bilimlarni hosil qilish. Bu – ilmiy izlanish (tadqiqot) ishlarini olib borish asosida yangi bilimlarni yaratish jarayoni hisoblanadi.
Biz “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fani doirasida ilmiy bilimlar, ularning o‘ziga xos tomonlari, ilmiy bilimlarni hosil qilish jarayoni – ilmiy tadqiqot, uning mazmun-mohiyati, yangi bilimlarni qo‘lga kiritish yo‘llari, usullari bilan tanishamiz.
Bilim – bilish jarayonining natijasi, inson tafakkurida aks etgan voqelik, kishilarning olam haqidagi ma’lumotlari.
Fan dunyo, undagi narsa va xoddisalar xakidagi ob’ektiv ilmiy bilimlar tizimi xisoblanadi. Ilmiy bilimlarni tadkik etuvchi maxsus soxa –epistemiologiya. Ilmiy bilish (tadkikot, izlanish) natijasi — ilmiy bilim. Ilmiy bilimlar fan mazmunida uz ifodasini topadi. Fanning boshka ijtimoiy ong shakllaridan asosiy farki – undagi ilmiylik mezoni. Fan olamdagi narsa va xodisalarning ob’ektiv qonunlarini ochishni uz oldiga maksad kilib kuyadi. Ilmiy bilimlar tizimlilik xususiyatiga ega. Fan asoslangan, yaxlitlikni tashkil etuvchi ilmiy bilimlar tizimi. Ilmiy bilimlarni xosil kilish murakkab jarayon bulib, uning moxiyati ilmiy bilimlar dinamikasi (rivoji)da o’z ifodasini topadi. Ilmiy bilim - bilmaslikdan bilishga, no’mukammal bilimlardan mukammallik sari borishdan iborat uzliksiz tarzda jarayon xisoblanadi. Fan tarakkiyoti avvalgi ilmiy bilimlar asosida yangidan-yangi ilmiy bilimlarni kulga kiritishda namoyon buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |