Yo‘ndashtiruvchi mashqlar. Shug‘ullanuvchilar tayyorlov mashqlarini mukammal o‘zlashtirganlaridan so‘ng yuqorida qayd etilgan mashqlarga maxsus ko‘rsatma (signal) yoki turli vaziyatlarga nisbatan harakatlanish turini tanlash elementlari kiritiladi. Bunday mashqlar qo‘llashda «oddiydan murakkabga» prinsipida ijro etilishi lozim.
1. Turli usullarda harakatlanish vaqtida quyidagi elementlarni taqlid qilish: ko‘rsatma (signal) bo‘yicha «ikkinchi» to‘pni uzatish – bu mashq maydonda joylashgan holda va sakrab ijro etiladi: pastdan to‘p qabul qilish, zarba berish.
2. Harakatlanishdan so‘ng osilgan to‘pni uzatish: yuqoriga-oldinga, o‘z ustiga, orqaga uzatish yo‘nalishini tanlash signalga asosan amalga oshiriladi.
3. Berilgan signalga binoan to‘pni o‘z ustiga tashlab, uni yuqoriga-oldinga yoki orqaga uzatish. Bu mashqlar tayanch holatda va sakrab ijro etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |