Texnika bo‘yicha mashqlar
1. 3-zonadan uzatilgan to‘pga 4-zonadan yo‘nalish bo‘yicha hujum zarbasini berish.
2. 3-zonadan uzatilgan to‘pga 2-zonadan zarba berish. To‘pning uzatilish trayektoriyasi 3 m gacha pasaytiriladi, yugurib kelish masofasi qisqartiriladi.
3. 4,3,2-zonalardan har xil trayektoriyalar bo‘yicha uzatilgan to‘plarda
aldamchi harakatlar.
4. 4,3,2-zonalardan yo‘nalishni o‘zgartirib aldamchi harakatlarni bajarish.
5. Yakkalik to‘siqqa qarshi hujum zarbasini amalga oshirishda aldamchi harakatlar.
6. To‘rdan uzoqroq uzatilgan to‘plarga aldamchi harakatlar.
7. Murabbiy topshirig‘iga muvofiq ko‘rsatilgan zonalarga hujum zarbasini berishdagi aldamchi harakatlar.
8. Hujum zarbalarini o‘zlashtirish darajasiga qarab turli variantlardagi mashqlar to‘siq qo‘yish bilan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |