O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta'lim vazirligi Urganch Davlat Universiteti Turizm va iqtisodiyot fakulteti 2-mutaxassislik yo’nalishi 190/10-guruxi tolibi Quryozov Inomjonning “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan yozgan


O’zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanish bosqichlari va xususiyatlari



Download 297,5 Kb.
bet8/10
Sana31.12.2021
Hajmi297,5 Kb.
#255501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Quryozov Inomjon

2.4 O’zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanish bosqichlari va xususiyatlari.

Iqtisodiyotni rivojlantirishning bozor yo’li - bu ko’p mulkchilikdir yoki ko’p ukladli iqtisodiyotni va raqobat muhitini shakllantirishdir. Buning asosida davlat tasarrufida bo’lgan mulkni xususiylashtirib davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir. Davlatimiz rahbari mulkchilik masalasini hal qilishni “....bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo’lib xizmat qiladi” deb ko’rsatadi. Shu sababli O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat berilib, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi Qonuni 1991 yil 19 noyabr qabul qilindi. Xususiylashtirish davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishini bildiradi. Uzoq yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa, davlatlashtirilgan mulk to‘liq hukmronlik qilib keldi.

Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk sub‘ekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a‘zolari o‘rtasida bu mulkka «hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki», deb qarashlarning shakllanishiga olib keldi. Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu mulkning ma‘lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ko‘rsatib o‘tilgan yo‘llari hamda usullaridan qaysi birini tanlash undan kutilgan maqsadga bog‘liq. Masalan, Rossiyada davlat mulkini vaucher orqali bepul taqsimlash usuli qo‘llanildi. Bundan ommaviy xususiylashtirishdan ko‘zlangan maqsad qisqa muddat ichida cheklar bozorini joriy etish hisobiga mulkdorlarning g‘oyat keng qatlamini vujudga keltirishdan iborat edi. Agar tadbirkorlikni rag‘batlantirish ko‘zda tutilsa, xususiylashtirish tanlab olingan ozchilik o‘rtasida o‘tkaziladi. Agar xususiylashtirish chetdan kapitalning kirib kelishiga, yo‘l ochishi zarur bo‘lsa, davlat mulkini xorijiy tadbirkorlarga berish shaklida amalga oshiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda ayrim usullarga ustuvorlik berish boshqa usullarni qo‘llashni rad etmaydi, aksincha,ularni ham qo‘llash zarurligini bildiradi. Masalan, korxona jamoasiga ustunlik berilib, davlat mulkini aksiyalashtirish, bu aksiyalarni sotib olishda shu jamoadan tashqari kishilar va chet el kapitalining ishtirok etishi ham bo‘lishi mumkin. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga qarab

- pulli;

- pulsiz;

- imtiyozli tarzda o‘tkaziladi.

O‘z shakli va usulidan qat‘iy nazar bu tadbir xilma-xil mulkchilikni vujudga keltirishni ta‘minlaydi, chunki davlat mulki hisobidan nodavlat mulkning barcha shakllari va turlari rivojlanadi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan davlatning monopol hukmronligiga chek qo‘yib, jamiyatda faollik ko‘rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbusiga keng yo‘l va imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning davlat zimmasidan soqit qilish yo‘llaridan biri bo‘lib, davlat mulkini ma‘lum darajada haqiqiy egalari fuqarolarga berish demakdir.

Ko‘pincha xususiylashtirish - bu davlat mulkini ishlovchilarga berish, deb talqin qilinadi. Aslida mamlakatning barcha aholisiga davlat mulkini bo‘lib berib bo‘lmaydi,bunda aholining hammasi mulkka ega bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil etish, uni boshqarish ishlab chiqarish hamda mahsulotni ayirboshlash kabi mashaqqatli ishlarni o‘z zimmasiga olavermaydi. Xususiylashtirish natijasida aholi orasida ijtimoiy jihatdan tabaqalanish yuz beradi va kishilarning bajargan ishiga qarab oladigan haqi turlicha bo‘lib, aholining daromadlarida ham tabaqalanish yuz beradi. Kishilar turli sohalarda, masalan, biznesda turli shakllardagi mulkka ega bo‘lib, aksiya sotib olish va korxona mulkida o‘z hissalarini oshirib borishga harakat qiladilar. Xususiylashtirishni amalga oshirish uchun davlat mulkini xususiylashtirishning keng ko‘lami dasturini ishlab chiqish zarur. Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish jarayonida, avvalambor, xususiylashtirish yo‘li bilan yaxshi iqtisodiy natijalarga erishgan mamlakatlar tajribasidan to‘laroq foydalanish va ular yo‘l qo‘ygan xatolar takrorlanmasligi kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta‘minlash mumkin. Huquqiy jihatdan xususiylashtirilgan barcha korxonalarga erkin iqtisodiy xo‘jalik yuritish huquqi berilishi va davlat sektori bilan teng imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak. Davlat sektoriga nisbatan bu korxonalarga soliqlarni birmuncha kamaytirish va ayrimlarini ma‘lum muddatga soliqlardan ozod qilish zarur.



Xususiylashtirish orqali korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, ma‘lum jamoa va shaxslarga sotilgandan keyin faoliyatlarini bozorning shafqatsiz raqobat qonunlari asosida tashkil etadi. Bozor korxonalarining yashovchanligini va ularni doimo raqobat kurashida o‘z manfaatlarini himoya qilishga majbur etadi. Mabodo korxona raqobat kurashiga dosh bera olmay sinsa, oldingi davrdagidek davlat byudjetidan mablag‘ hisobiga uni saqlab qolish hollariga xususiylashtirish orqali barham beriladi. Xususiylashtirish mulkning bir shaklidan ikkinchi shakliga o‘tishni aks ettirmasligi kerak, balki xususiylashtirish oldiga qo‘yilgan vazifa katta bo‘lib, xususiylashtirish orqali avvalo barcha sohani o‘z qaramog‘ida turli uslublar orqali birlashtirib turgan davlat hukmronligini iqtisoddan ajralish uchun bir qancha tadbirlarni ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Davlat korxonalarini xususiylashtirish bu mulkchilikning rivojlanishiga, uning yangi bosqichiga o‘tishiga bo‘lgan talabidan kelib chiqadigan bir jarayondir. Xususiylashtirishning rivojlanishini ta‘minlaydigan muhim omillardan biri - bu ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlarning tashabbusi, ularning ishlab chiqarishdagi faolligi hamda ishbilarmonligidir. Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida hokimiyat va ishlab chiqarish sohalariga yangi ishbilarmonlar, aholining faol qismi jalb etiladi va mulkiy munosabatlarni rivojlantirishdan hamda mulk shakllarini takomillashtirishdan aholining shu qismi manfaatdorgina bo‘lib qolmay, balki o‘rta va quyi ijtimoiy qatlamni ham mulkiy munosabatlarni takomillashtirishdan manfaatdor qiladi. Davlat mulkini xususiylashtirish siyosati mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini, mahalliy va milliy sharoitlarni, urf odatlarni hisobga olgan holda olib borilishini ko‘zda tutadi. Davlatlashtirishdan qaytishning muhim yo‘nalishlari bu ijara munosabatlarini rivojlantirish va aksionerlik mulkini shakllantirish hisoblanadi. Bu jarayon ma‘lum tadbirlarga rioya qilingan holda olib borilishi lozim, bu avvalo, ixtiyoriylik asosida, oshkoralik hamda jamoatchilikning umum ishtirokida amalga oshirilib, u mehnat jamoalarining iqtisodiy manfaatiga, davlat manfaatlariga putur yetkazmasligi, shu bilan birga iste‘molchilar manfaatlariga ham zid bo‘lmasligi zarur. Bu holda mahsulot hajmi, sifati va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni boshqarishni yaxshi tashkil etish, mavjud moddiy texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan, fan va texnika yutuqlari, yangi texnologiyalardan samarali foydalanish,tovar ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga bozorda narxlarning pasayishiga erishish yo‘li bilan aholining moddiy farovonligining oshishiga erishish talab etiladi. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati – uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat.


Download 297,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish