O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Urganch davlat universiteti «Tasdiqlayman»



Download 171,61 Kb.
bet1/2
Sana26.11.2019
Hajmi171,61 Kb.
#27245
  1   2
Bog'liq
махсус материалшунослик лаборатория

O‘zbekiston Respublikasi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Urganch davlat universiteti

«Tasdiqlayman»

Pedagogika fakulteti dekani

_____ dots. Yarmetov J.R. «____» ________2019 y.

« Mehnat ta'limi » kafedrasi

"Maxsus materialshunoslik" fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarni bajarish bo‘yicha


USLUBIY KO‘RSATMA

Tuzuvchi: dotsent Yakubov X.K.

Ta'lim sohasi: 110000- pedagogika

Ta'lim yo‘nalishi: 5112100-Mehnat ta'limi

Urganch-2019


Tuzuvchi:







X,K.Yakubov




  • URDU, “Mehnat ta'limi” kafedrasi dotsenti, t.f.n.

Taqrizchilar:







E. I.Ro‘ziev




  • URDU, “Mehnat ta'limi” kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori, professor

R.F.Rajabov




  • URDU “Mehnat ta'limi” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Amaliy mashg‘ulotlar Urganch Davlat Universiteti uslubiy kengashida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan. 2019 yil ‘__'________dagi №1sonli majlis bayoni

Amaliy mashg‘ulotlar UrDU pedagogika fakulteti kengashida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan. 2019 yil “__”________dagi №1 sonli majlis bayoni

Amaliy mashg‘ulotlar “Mehnat ta'limi” kafedrasida 2019 yil ‘__'________da ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan. Bayonnoma №1

“Mehnat ta'limi” kafedrasi mudiri p.f.d. prof. Ro‘ziev E. I.



Laboratoriya ishi №1
To‘qimachilik materiallarining fizik xossalarini aniqlashni o’rganish.
Ishdan maqsad: To`qimachilik materiallarining fizik xossalarini aniqlashni organish.

Zarur jihozlar: gazlama namunalari, manometer, xavo xajmini o`lchash uskunasi
Nazariy ma’lumotlar

Gazlamalarning fizik xossalariga gigroskopikligi, havo o`tkazuvchanligi, bug‘ o`tkazuvchanligi, suv o`tkazuvchanligi, ho`llanuvchanlik , chang oluvchangligi, elektrlanuvchanligi va boshqa xossalari kiradi. Fizik xossalariga qo‘yiladigan talablar gazlamalarning vazifasi bilan belgilanadi va ularning tolalar tarkibi, tuzilishi va pardoziga bog‘liq bo`ladi.



Gigroskopiklik gazlamaning atrof muxitdan nam shimish xususiyatini belgilaydi. Gigroskopiklik ( Wr-%) havoning nisbiy namligi 100% va temperaturasi 20 + 2 0 S0 bo`lganda materialning namligi.

Wr =m100-mk/ mq

Bunda: m100- havo namligi 100% bo`lganda 4 soat tutib turilgan material namunasining massasi, g ; mk – absolyut quruq namunm massasi, g.

To`qimachilik materiallarining gigroskopiklik xossalarini baxolashda kupincha ularning haqiqiy namlik xarakteriskasidan foydalaniladi.

Haqiqiy namlik Wx (%) havoning haqiqiy namligida materialdagi namlik miqdorini ko`rsatadi va quyidagi formuladan aniqlanadi:

Wh=(mh-mq/mq)100





Havo o`tkazuvchanlik – gazlamaning havo o`tkazish xususiyati; uning tola tarkibi, zichligi va pardoziga bog‘liq bo`ladi. Siyrak gazlamalar havoni yaxshi o`tkazadi, zich gazlamalar, suv yuqtirmaydigan eritmalar shimdirilgan , rezinalangan gazlamalar havoni butunlay o`tkazmaydi yoki kam o`tkazadi.


Xavo o`tkazuvchanlik uskunasi

1-manometr, 2-gazlama, 3-kamera, 4-xavoning (obyom) o`lchash uskunasi
Bug’ o`tkazuvchanlik – gazlamaning odam tanasidan ajraladigan suv bug‘larini o`tkazish xususiyati. Suv bug‘lari gazlamadagi g‘ovaklar orqali, shuning materiallarning gigroskopiklik hisobiga o`tadi. Gazlama kiyim ostidagi havodan namni shimib, uni atrofdagi muxitga o`tkazadi. Jun gazlamalar suv bug‘larini sekin o`tkazadi va boshqa gazlamalarga qaraganda kiyim ostidagi havo temperaturasini yaxshi rostlab turadi.

Gazlamalarning issiqni saqlash xossalari qishki kiyimlik gazlamalar uchun ayniqsa muximdir. Bu xossalar gazlamaning tola tarkibiga, qalinligiga, zichligiga va pardoziga bog‘liq bo`ladi. Jun gazlamalarning issiqni saqlash xossalari eng yuqori, zig‘ir tolali gazlamalarniki eng past.



Suv o`tkazuvchanlik – gazlamaning suv sizib kirishiga qarshilik ko`rsatish xususiyati. Suv o`tkazuvchanlik maxsus gazlamalar (brezentlar, palatkalar, parusinalar), plashlik gazlamalar, paltolik va kostyumlik jun gazlamalar uchun ayniqsa muximdir. Suv o`tkazuvchanlik gazlamaning tola tarkibiga, zichligiga, pardoziga bog‘liq bo`ladi.

Chang oluvchanlik – gazlamalarning kirlanish xususiyati. U gazlama o‘ngining xarakteriga, gazlamaning tola tarkibiga, zichligi va pardoziga bog‘liq bo`ladi. Tarab tuk chiqarilgan jun gazlamalarining chang oluvchanligi eng yuqori bo`ladi.
Nazorat savollari

  1. Gazlamalarning fizik xossalarini sanang?

  2. CHang oluvchanlik qanday xususiyat?

  3. Bug‘ o‘tkazuvchanlik xossasi haqida ma’lumotlar bering?



 

 

 
Laboratoriya ishi №2
Mavzu: Gazlamalarning kirishishini aniklashni o`rganish
Ishdan maqsad: Gazlamalarning kirishishini aniklashni o`rganish
Nazariy ma’lumotlar

Kirishish – issiqlik va nam ta`sirida gazlama o`lchamlarining kichrayishi. Buyum yuvilganda, ho`llanganda, ho`llab dazmollaganda va presslanganda kirishadi. Gazlamaning kirishishi natijasida undan tikilgan buyum kichrayishi, detallarining shakli buzilishi mumkin. Agar ho`llab kimyoviy tozalash, yuvish, dazmollash natijasida kiyimning avrasi, astari va miyonasi turlicha kirishsa, kiyimda gijimlar, burmalar paydo bo`lishi mumkin.

Gazlamaning kirishishiga sabab shuki, to`qimachilik jarayonining barcha bosqichlarida (yigirish, to`qish va gazlamani pardozlashda) tolalar, kalava ip, iplar tarang turadi. Ayniqsa tanda yo‘nalishida iplar tarang turadi va shu xolatda appretlash, presslash, kalandrlash yo`li bilan mustaxkamlanadi. Gazlamani yuvganda yoki ho`llaganda appret yuvilib ketadi, tola va iplar bo`shashadi. Issiqlik va nam ta`sirida tolalar qayishqoqlashadi, shishadi, kaltalashadi, natijada gazlama kirishadi va iplar sistemasining taranglik darajasi tenglashadi. Kuchli taranglangan tanda sistemasi iplari bukiladi. Shuning uchun gazlama tanda bo`yicha arqoq bo`yicha yo`nalishdagidan ko`proq kirishadi.

Ba`zi gazlamalar yuvilgandan so`ng tanda bo`yicha kirishib, eniga kengayadi, ya`ni tortishadi. Agar tanda ancha tarang bo`lsa va kirishganda ancha bukilsa, gazlama tortishadi. Shunda arqoq sistemasining bukilganlik darajasi kamayadi, arqoq iplari to`grilanadi, natijada gazlama en iga bir oz kengayadi. Tandasi paxta tolasidan, arkogi pishitilmagan viskoza ipagidan bo`lgan gazlama tortishi mumkin. Dazmollab, ya`ni majburiy kirishtirishda gazlamalarning ayrim qismlari qisqaradi. Kichik to`lqinsimon burmalar tarzida buklangan, namlangan jun gazlamaning ayrim qismini dazmollash yoki presslash yo`li bilan gazlamaning ayrim joyini shunday kirishtirish mumkin. Buyumga ho`llash -dazmollash yo`li bilan shakl berishda majburiy kirishtirish usuli qo`llaniladi.

Gazlamalarning kirishishi standartlarda belgilangan metodlarda aniqlanadi. Jun gazlamalarning kirishishi ulardan qirqib olingan namunani ho`llab, boshqa gazlamalar esa yuvib kirib aniqlanadi.

Hamma vaqt tanda bo`yicha kirishish aloxida, arqoq bo`yicha kirishish aloxida aniqlanadi. Bunda quyidagi formulalardan foydalaniladi:

L - L L - L

Ut = ----------- 100; Ua = ------------- 100,

L L

bunda L, L - gazlamaning tanda va arqoq bo`yicha dastlabki o`lchamlari;



L L - gazlamaning sinovdan keyingi tanda va arqoq bo`yicha o`lchamlari.

Gazlamalarning kirishishi ularning tola tarkibi, tuzilishi va pardoziga bog`liq.

Gazlamaning kirishishi tolalarning shishish darajasiga bog`liq bo`lgani uchun sintetik tolalardan to`qilgan gazlamalar juda kam kirishadi, chunki sintetik tolalar deyarli ho`llanmaydi va shishmaydi.

Gazlamalarning kirishuvini kamaytirish uchun to`qimachilik sanoatida kengaytirish, bug‘lash, maxsus kirishtirish mashinalarida ishlov berish, kirishmaydigan, kam kirishadigan qilib maxsus pardozlash usullari qo`llaniladi.

Sintetik gazlamalar ho`llanmasdan, ya`ni faqat issiqlik ta`sirida kirishadi.

Bunday kirishish issiqlikdan kirishish deb ataladi. Sintetik gazlamalarning o`lchamlarini turg‘unlash (mustaxkamlash) uchun To`qimachilik sanoatida sintetik gazlamalar va sintetik tolali gazlamalar termofiksatsiya operatsiyalaridan o`tkaziladi.

Termofiksatsiya operatsiyalaridan o`tkazilgan gazlamalar kam kirishadi. Masalan, lavsanli jun gazlamaning kirishishi termofiksatsiya qadar 6% bo`lsa, termofiksatsiyadan keyin 0,5% ga tushadi. Agar gazlamaga issiqlik ishlovi berishda hararat termofiksatsiya hararatsidan yuqori bo`lsa, termofiksatsiyalangandan keyin ham gazlamalar issiqlikdan kirishishi mumkin.

Amalda aniqlanishicha, tikuvchilik ratsional tashkil qilinganda kiyim tikiladigan gazlamalarning kirishishi 4% dan osh masligi lozim. Zich sintetik gazlamalar va lavsanli gazlamalar termofiksatsiyalangandan keyin deyarli kirishmaydi. Shu sababdan kiyimning avrasi, astari va miyonasi (kotirmasi) uchun material tashlashda uning kirishishini xisobga olish lozim.



Gazlamaning kirishishini tez tekshirish uchun quyidagicha ish ko`rish mumkin: gazlama bo`lagi chetidan 15-20 sm tashlab, gazlamaning butun eni bo`yicha o`ngiga va teskari tomoniga 15-20 sm joyga suv purkaladi, yaxshilab dazmollanadi yoki presslanadi. Agar sinalgan joyning cheti ichkariga tortilsa, bunday gazlama ho`llab dazmollanganda ancha kirishishi mumkin.

Ancha kirishadigan gazlamalarni bichishdan oldin bug‘lash tavsiya qilinadi. Agar kiyimning avrasiga mo`ljallangan gazlama uncha kirishmaydigan bo`lsa, miyona gazlama (bortovka) bug‘lanadi.



Nazorat savollari

  1. Gazlamaning kirishishi qanday xususiyat?

  2. Gazlamaning kirishishiga sabablarni sanab bering?

  3. Gazlamaning kirishishini aniqlash yo‘llarini o‘rgating?



Laboratoriya ishi №3
Mavzu: To‘qimachilik materiallarining issiqlikni saqlovchanlik va elektrlanuvchanlik xossalarini aniqlashni o‘rganish
Ishdan maqsad: Gazlamalarning issiqni saqlovchanlik va elektrlanuvchanlik xossalarini o`rganish.
Zarur jihozlar: gazlamalar namunalari,
Nazariy qism
Elektrlanuvchanlik - materiallarning o‘z sirtida statik elektr to‘plash xususiyatidir. Tayyorlash va foydalanish jarayonlarida to‘kimachilik materiallari albatta boshka narsalarga tegadi va ishkalanadi. SHunda ularning sirtida elektr zaryadpar uzluksiz to‘planadi va tarkaladi. Agar zaryadlarning to‘planishi bilan tarkalishi orasidagi muvozanat buzilsa, material sirtida statik elektr to‘planib. material elektrlanadi. Zaryadning kattaligi va ishorasi (musbat yoki manfiy) tolalarni xosil kilgan moddalarning kimyoviy tuzilishiga bog‘lik. To`qimachilik materiallarining elektrlanuvchanligi organizmga biologik ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Odam terisida paydo buladigan musbat zaryadlangan elektr maydon odamning asab va yurak-tomir tizimlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Manfiy zaryadlangan elektr maydon esa foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Xlorinning elektrlanuvchanligi yukori, bo‘lganligidan undan davolash kiyimlari tikishda foydalaniladi. Materiallarning elektrlanuvchanligi, ularni tayyorlash - va ulardan buyumlar tikish texnologik jarayonlarini murakkablashtiradi xamda kiyimning tez kirlanishiga sabab bo‘ladi. Kiyimning ichki kiyimlarga va badanga yopishib qolishiga ham elektrlanuvchanlik sabab bo‘ladi. Gazlamalarning elektrlanuvchanligini kamaytirish uchun ularga antistatik sirtni faollashtiruvchi moddalar (aptistatiklar) bilan ishlov beriladi.

Tolalar aralashmasining komponentlarini samarali tanlash yo‘li bilan ham elektrlanuvchanlikni kamaytirish mumkin. Bunda har xil kimyoviy tarkibli tolalarda paydo buladigan elektr zaryadlar bir-birini neytrallaydi. Aralashmaga gidrofil va gidrofob tolalar ko‘shilganda ham gazlamaning elektrlanuvchanligi kamayadi.



Gazlamalarning issiqni saqlash xususiyati issiqni o‘tkazishga qarshiligi bilan ifodalaniladi

Gazlama qalinligi qancha katta bo‘lsa, issiqni saqlash xususiyati ham shuncha yaxshi bo‘ladi. Shu sababli issiqni saqlaydigan kiyimlar ko‘p qavatli qilib tikiladi. Agar gazlamaning zichligi kam bo‘lsa, havo o‘tkazuvchanligi oshadi, issiqni saqlash xususiyatlari esa yomonlashadi.

Gazlamalarning issiqni yutish xususiyatini solishtirma issiqlik sig‘imi tavsiflaydi. Solishtirma issiqlik sig‘imi S ( J—), massasi 1 kg ga teng kg-K bo‘lgan gazlamaning haroratini bir darajaga oshirish uchun sarflangan issiqlik miqdorini ko‘rsatadi.

Gazlamalarning o‘z haroratini bir tekis qila olishi, harorat katta bo‘lgan qismlardan harorati past bo‘lgan qismlarga uzatish qobiliyati haroratni kuzatib qo‘yish koeffitsienti a (—) bilan ifodalanadi.


Nazorat savollari

1. Elektrlanuvchanlik deb gazlamaning qanday xususiyatiga aytiladi?

2. Gazlamaning issiqni saqlash xususiyati nimani ifodalaydi?

3. Gazlamaning issiqni saqlash xususiyati nimaga bog‘liq?




Laboratoriya ishi №4
Mavzu: Gazlamalarning tola tarkibini aniqlashni o‘rganish
Ishdan maqsad: Tikuvchilik buyumlari uchun turli iplarning tarkibiy qismlarini aniqlab olish usullarini va tolalar tuzilishi tarkibiy sonini aniqlashni o‘rganish.

Topshnriq:

1. Berilgan mato namunasining yonish xususiyatini o‘rganish.

2.Yorug‘lik mikroskopi yordamida tekshirilayotlgan ip va tolalarning boy‘lama va ko‘ndalang kesimini o‘rganish.

3.Materialning tolaviy tarkibini o‘rganish zarur kimyoviy reaksiyalarini amalga oshirish.

4.O‘rganilayotlgan materialda turli xil ip va tolalarning sonli tarkibini aniqlang.
Zarur jihozlar: yorug‘lik mikroskopi, daftar, turli xil tikuvchilik materiallari : har xil tolalar va gazlamalar. Spravochniklar.
Nazariy ma’lumotlar

Kiyim tayerlash uchun maxsulotlar ishlab chiqarishning umumiy xajmida aralash tolali tarkib katta qismini egallaydi. Bu tarkib uz ichiga ikki, uch, turt komponentli birikmalarni oladi.Buyumlarning (sifat va son.tarkibiy) iq tisodiyligi, shakl turg‘unligi, egilishga chidamliligi, materiallarning sifatiy va soniy tarkibi bilan ta‘minlanadi nam-issiqlik ishlovi, kiym detallarining kir yuvish mashinasida so`rilish tezligi, titilishni yo‘qotishish choralari, iplarning sirpanishini yo‘qotishish kabilarning ko‘rsatkichlari tolavii tarkibga bog‘liq.

Xozirda tolaviy tarkibni aniqlab olishning qator usullari qo‘llaniladi. Yonish xususiyatini aniqlash mikroskopik izlanishlar, kimyoviy tajribalar o‘tkazish,yorug‘lik nurlari yordamida analiz qilish va boshqalar.

To‘qimachilik matolari tolaviy tarkibini aniqlab olish, aniq bir ketma-ketlikda bir qancha usullar bilan amalga oshiriladi. Oldiniga to‘qimachilik matolarining paxta ip (ip-gazlama ), zig‘ir tola, jun va ipak tola assortimentiga ta‘luqqli ekanligimi aniqlanadi. Keyinchalik, yonish xususiyatini mikroskopik tekshirish va kimyoviy sinash uchun materialdan namuna olinadi.

Namunani yonishida uning alangaga yaqinlashtirganda o‘zgarishi, alangaga tashlanadi va undan olinadi, bunda yonishda chiqayotgan xid va yonishdan so‘ng qolgan qoldiq belgilab qo‘yiladi.

Paxta, zig‘ir, viskoza, ammiakli tolalar yonganda yondirilgan qog‘oz xiddi chiqadi, kul rang kul xosil bo‘ladi. Tabiiy ipak va jun sekin yonadi, buralgan alanga xosil bo‘ladi, yondirilgan shox xidi chiqadi, yongandan keyin qora mo`rt modda qoladi, bu modda tezda kukun xoliga keladi. Atsetat va sintetik tolalar erib yonadi, bunda atsetat va triatsetat tolalar uksus kislotasining xidini, pelivinilxlorid xlor xidini, poliamid-ok tutunli surgichga oid xid chiqaradi, poliefir tolalar qora isli dud chiqaradi. Atsetat, triatsetat va poliakrilonitril tolalar yonganda qora sharcha paydo bo‘lib, ular kul tekkizganda kukun xoliga keladi.Poliamid tolalarni ekkanda kul rang qattiq sharchalar paydo bo‘lib, ularga kul bilan tekkanda bo‘lib yuborish mumkin bo`lmaydi, poliefir tolalar qora rangda, poliolefinlar -sariq-jigar rangda qoldiriladi.

Turli xildagi tolalarning bir xil o‘xshash yonish xarakteri va ulardan qolgan qoldiqlarga qarab tolalarni xarakterlamok (aniqlamoq)taxminiy bo‘ladi.

Makroskopik izlanish materialning tolaviy tarkibkning bir xilligini yoki turli tolalardan tarkib topganligini aniqlaydi, shuningdek uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning turini aniqlaydi.Aniqlash ishlarini faqat shunday tola va iplar uchun o‘tkaziladiki. Bu tolalar ko‘ndalang va boy‘lama kesim bo‘yicha o‘ziga xosko‘rinish va shaklga ega bo‘ladi.

Shuning uchun oxirgi xulosani kimyoviy tekshiruvlardan keyin chiqariladi. ba‘zi kimyoviy reagntlarning to‘qimachilik tolalariga ta‘siri jadvalda keltirilgan.

Materialning tolaviy tarkibining sifatini aniqlab o‘rganilgandan keyin xar bir komponentning massaviy qismining ulushlari bo‘yicha soniy qiymatlarini aniqlashga o‘qiladi.Soniy tarkibining analizi xar bir turdagi tolaning erish ketma ketligiga asoslanadi. Tolaning massaviy ulushining % lardagi ulushi x, kimyoviy reagentning berilgan elementar namuna boshlangich massasi m ga oldingi va keyingi ta‘sirdagi farkining m munosabati bilan aniqlanadi.



Download 171,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish