O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti pedagogika va psixologiya kafеdrasi



Download 1,29 Mb.
bet87/127
Sana10.01.2023
Hajmi1,29 Mb.
#898707
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   127
Bog'liq
majmua

10-Ma’ruza: SHaxsga faktorli yondashuvlar
SHaxening tadkik etishda faktorli yondashuv. CH.Spirmenning ikki faktorli yondashuvi. R.B.Kettellning shaxe muammosini urganishga yondashuvi: shaxe kirralari: yuzaki va dastlabki.Konstitutsion kirralar, atrof muxit ta’sirida shakllanadigan kirralar, dinamik kirralar. Umumiy kirralar va noyob kirralari. Faktorli taxdil usuli. SHaxe tugrisida ma’lumot olish usullari.
G.YU.Ayzenk nazariyasi: shaxening uch faktorli modeli (ekstrovereiya- introversiya, neyrotizm, psixotizm). SHaxening tadkik etishda kriterial taxdil texnikaei. SHaxening Urganishda genotipik va fenotipik faktorlar
Dj.Gilford nazariyasi: shaxe kirralarini faktorl i-taxl ili y tadkikot.
Individuallik, intellekt va kreativlik. SHaxe tuzilmasining uch soxasi: kobiliyat, temperament va gormik (dinamik). Intellektning faktorli modeli.
SHaxening besh faktorli modeli (Pol Kosta, Mak Krae). Faktorning tarkibi tuzilmasi va shaxe surovnomasi (“Katta beshlik” surovnomasi).


Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarni G.Ayzenkning shaxs tiplari va Dj. Kellining shaxs konstruktlari nazariyalari bilan tanishtirish.


Vazifalar:
1. G.Ayzenk nazariyasini muhokama qilish.
2. Dj.Kellining shaxs konstruktlari nazariyasi haqida tushunchalar berish.


Ma’ruzaning tashkiliy shakli: umumiy ma’ruza.
1. G.Ayzenkning shaxs tiplari nazariyasi.
Ayzenk Kettelning: “psixologiyaning maqsadi xulq-atvorni oldindan aytib berishdir”, - degan fikriga qo‘shilib, uning shaxsni tavsiflashda faktorli analizdan foydalanganligini ma’qullaydi. Lekin Ayzenk faktorli analizni Kettelga nisbatan o‘zgacharoq qo‘llagan. Ayzenk fikricha, tadqiqot strategiyasi tadqiqotchini qiziqtirgan qandaydir shaxs xususiyatini belgilab, to‘liq asoslangan ilmiy farazdan boshlanishi kerak. Unga qarama-qarshi o‘laroq, Kettelning aytishicha, shaxsni tashkil qiluvchi asosiy elementlar batareya testlari hamda ma’lumotlarni qayta ishlash orqali namoyon qilinadi. SHunday qilib, Ayzenk nazariyasi Kettelnikiga qaraganda ancha shafqatsiz yondashuvga ega. Ketteldan farqli o‘laroq, Ayzenkning ta’kidlashicha, shaxs xulq-atvori namoyon bo‘lishini tushuntirish uchun uchta superbelgi (u bularni tiplar deb ataydi) zarurdir. Esingizda bo‘lsa, Kettel shaxs strukturasini tashkil qiluvchi 16 ta belgi yoki faktorni belgilagan edi. Va nihoyat, Ayzenk individ rivojlanishida asosiy e’tiborni genetik omillarga qaratadi. Bu bilan, Ayzenk tashqi muhit ta’sirini inkor qilmagan, balki shaxs xususiyatlari va tiplari avvalo, irsiyatga aloqador ekanligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Hozirgi paytgacha, genetikaning shaxs xulq-atvoriga qay darajada ta’sir etishi aniqlanmagan bo‘lsa-da, ko‘p psixologlar bu borada Ayzenkning fikrlariga qo‘shilishadi.14
Ayzenk nazariyasining mohiyati shundan iborat-ki, shaxs elementlari ierarxik joylashishi mumkin. Uning sxemasida (6-4 rasm) ekstraversiya singari ma’lum bir shaxs xususiyatlari yoki tiplari keltirilgan bo‘lib, ular xulq-atvorga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. O‘z navbatida, har bir keltirilgan superbelgilar bir qancha tarkibiy belgilardan tashkil topganini ko‘rsatgan. Bu tarkibiy belgilar asosiy tipning yuzaki aksi bo‘lishi yoki bo‘lmasam, shu tipga tegishli o‘ziga xos xususiyat sifatida ko‘rilishi mumkin. Va nihoyat, belgilar ko‘p sonli odatiy reaksiyalar dan tarkib topgan bo‘lib, ular o‘z navbatida, ko‘plab o‘ziga xos reaksiyalardan shakllanadi. Misol uchun, biron shaxsni kuzatadigan bo‘lsak, agar u boshqa bir inson bilan iliq yuz va samimiy tabassum bilan qo‘l uzatib ko‘rishsa va bu holat har safar kim bilandur uchrashganda sodir bo‘laversa, bu uning odatiy reaksiyasi hisoblanadi. Ushbu odatiy reaksiya boshqa odatiy reaksiyalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bularga misol qilib, boshqa odamlar bilan suhbatlashish, turli bazmlarga borishni yoqtirish va hakazolarni aytish mumkin. Bu odatiy reaksiyalar guruhi kirishimlilik xususiyatini shakllantiradi. 6-4 rasmda ko‘rsatilganidek, kirishimlilik bosqichida aktiv va o‘ziga ishongan xatti-harakat asosiy hisoblanadi. Umumiy holatda bu xususiyatlar superbelgi yoki tipni tashkil qiladi. Ayzenk uni ekstraversiya deb ataydi.



SHaxs strukturasining ierarxik modeli. 
PR – odatiy (privыchnaya) reaksiya; SR – o‘ziga xos (spetsificheskaya) reaksiya. 



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish