Boshqarma faoliyatini tashkil etish Boshqarmaga Xorazm viloyati hokimi bilan kelishilgan xolda Davergeodezkadastr qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga
tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
Boshqarma tarkibidagi “Yermulkkadastr” DK rahbari, shuningdek “Oʻzdaverloyiha” DILI instituti Xorazm viloyat boʻlimi rahbari tegishli ravishda Boshqarma boshligʻining Oʻrinbosariga tenglashtiriladilar;
Boshqarma boshligʻi ayni bir vaqtda tegishli xududda erlardan foydalanilishi va ularning muhofaza qilinishini nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektori hisoblanadi.
Boshqarma taʻminoti xarajatlarini mablagʻ bilan taʻminlash mahalliy byudjet mablagʻlari hamda byudjetdan tashqari mablagʻlar xisobiga amalga oshiriladi.
Boshkarmaning shtat jadvali va xarajatlar smetasi qonun xujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda boshqarma nomidan vakillik qiladi yoxud boshqarma nomidan ishonchnoma va (yoki) vakolatlar beradi; tarkibiga kiruvchi tarkibidagi tuman (shahar)lar yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari, “Yermulkkadastr” DK va uning tuman(shahar)filiallari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga bevosita rahbarlik qiladi; tarkibidagi tuman (shahar)lar yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari, “Yermulkkadastr” DK shtatlar jadvalini, xarajatlar (va daromadlar) smetasini hamda nizomlari, ustavlari, tuzilmasini tasdiqlaydi;
Boshqarma tizimini moliyalashtirish va ragʻbatlantirish Boshqarma, (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlarini saqlab turish va moddiy-texnik taʻminlash, shu jumladan ularning xodimlari mehnatiga haq toʻlash mahalliy byudjet mablagʻlari, yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamgʻarmasi, shuningdek qonun xujjatlarida taʻqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Boshqarma tizimida uzluksiz ish staji (uzoq muddat ishlaganlik) uchun toʻlanadigan ustamalar faqat asosiy ish joyi boʻyicha har oyda va xodimning lavozim maoshiga belgilangan razryad tarif stavkasiga nisbatan quyidagi foizlarda xisoblanadi:
Ish staji boʻyicha guruh uzluksiz staj uchun ustama miqdori
3 yildan 5 yilgacha 20 foiz
5 yildan 10 yilgacha 35 foiz
10 yildan 15 yilgacha 50 foiz
15 yildan va undan ortiq 60 foiz
Boshqarma moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, xususan, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va umumiy foydalanish boʻyicha axborot tizimlarini joriy etish, dasturiy vositalar bilan taʻminlash hamda Boshqarma xodimlarining malakasini oshirish, ularni ijtimoiy himoya qilish, moddiy ragʻbatlantirish va qonun xujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun qoʻshimcha manba sifatida Boshqarmaning byudjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga shakllantiriladi.
Boshqarma qonun xujjatlarida belgilangan tartibda soha xodimlarining hayotini sugʻurtalash, ularni moddiy va maʻnaviy ragʻbatlantirish hamda ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradi.
Xodimlarning ish haqi qonun xujjatlarida nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar va ustamalar, ragʻbatlantirish toʻlovlari, shuningdek qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlaridan iborat boʻladi.
Boshqarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Menga amaliyot davomida Yuqoriovul mahallasi qishloq xo’jalik yerlarining dalolatnomalarini yozish topshiriq qilib berildi. Men bu topshiriqni amaliyotning ikki kunidayoq bajarib topshirdim. Men bu dalolatnomada avval yerni auksion orqali sotib olgan jismoniy shaxsning ism, familiyasi, otasining ismini so’ngra auksion lot raqamini dalolatnomaga tushib chiqdim. Har bir mahalla bitta kontur bo’lib dalolatnomalar yozib bo’lingach ArcGIS dasturining ArcMAP ilovasida konturlar chizilib raqamlanib chiqishdi va biz ham shunday ishlarni bajardik. Bu ishlar barchasi albatta korxona mutaxasisi Oktam aka nazoratida bajarildi.
3-rasm. Dalolatnomalar yozish jarayoni
4-rasm.Qishloq xo’jaligi yerlarining dalolatnomalarini yozish jarayoni