KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
I.A.Karimovning tashabbusi va bevosita raxbarligi ostida jismoniy tarbiya va sport
barkamol avlodni tarbiyalash vositasi sifatida davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishlari qatoridan joy oldi. Jumladan, «O‘zbekistonda bolalar sportini
rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida»gi farmoni va uni hayotga tadbiq
etish bo‘yicha qabul qilingan Hukumat Qarori ushbu masalaning «bugungi» va
«ertangi» istiqbolini belgilab, me’yoriy-huquqiy va moddiy ta’minotiga
fundamental asos soldi.
Darhaqiqat, so‘nggi yillar mobaynida mamlakatimizda bolalar sportini
rivojlantirish va yosh iste’dodli sport zaxiralarini tayyorlash borasida juda katta
islohatlar joriy etildi. Yurtimizda, qishloq va maxalalarda ko‘plab zamonaviy sport
inshootlari barpo etilib ularda farzandlarimiz o‘zlari sevgan sport turlari bilan
Shug‘ullanib kelmoqdalar. Natijada jismoniy tarbiya va sport o‘quvchi yoshlarning
kundalik xayotiy extiyojiga aylanib bormoqda. Jismoniy tarbiya va ommaviy sport
turlarini rivojlantirish bilan bir qatorda katta sport mavkeini ko‘tarishga xam
ustuvor axamiyat qaratilmoqda. Respublikamizda xalqaro va jaxon miqyosidagi
nufuzli musobaqalar o‘tkazilmoqda xamda sportchilarimiz xalqaro miqyosidagi
nufuzli musobaqalarda ishtirok etmoqdalar. Jumladan, “Umid nixollari”,
“Barkamol avlod”, “Universiada” kabi uch bosqichli ommaviy sport musobaqalari
joriy etildi va borgan sari nufuzli mavkega ega bo‘lib, iste’dodli sportchilarni
xalqaro va Olimpiya musobaqalariga olib chiqishda ko‘prik vazifasini o‘tab
kelmoqda. Bu borada barcha ustuvor sport turlari kabi qayd etilgan ommaviy sport
musobaqalari va Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan eng ommaviy sport turi
futbolga xam aloxida e’tibor qaratilmoqda.(1,2,3,4,5)
Futbol - o‘quv fani sifatida barcha ta’lim muasassalari o‘quv rejasiga
kiritilgan, dars va darsdan tashqari paytlarda faoliyat ko‘rsatadigan sport
to‘garaklari, BO‘SMlar, sport klublarida maxsus rejalashtiruv xujjatlarida
asoslangan o‘quv - trenirovka jarayoniga joriy etilgan. Yosh futbolchilarni
4
tayyorlash va mamlakat terma jamoasi uzviyligini ta’minlash xamda xalqaro
maydonlarda yuqori natijalarga erishish o‘quv- trenirovka mashg‘ulotlarini ilmiy
asosda olib borish zaruratini tug‘diradi. Bu borada barcha shart– sharoitlar
yaratilmoqda.
Zamonaviy futbolda samarali o‘yin ko‘rsatish va yuqori natijaga erishish
nafaqat jismoniy tayyorgarlikga balki yuqori saviyada Shakllangan texnik – taktik
maxoratga juda xam bog‘liqdir. Buning uchun tajribali murabbiylarning ish
faoliyatini xamda vatanimiz va chet el olimlarining ilmiy tadqiqot ishlarini
o‘rganish assida sport mashg‘ulotlarini xalqaro andozalar asosida tashkil qilish va
olib borishni o‘rganish va ommalashtirish zarur. Bunda mashg‘ulotlar oxirgi fan
yutuqlari asosida tashkil eitlishi lozim. Jamiyat rivojlanishing xozirgi bosqichida
yosh sportchilarni tayyorlash masalalari aloxida axamiyat kasb etib bormoqda.
Mamlakatimiz xamda chet el mutaxassislarining qator tadqiqotlari jismoniy
tayyorgarlik muammolariga bag‘ishlangan.
Zamonaviy sportda yuqori sport natijalariga erishish omili texnik-taktik
usullarning samaradorligi bilan bevosita bog‘liq. Binobarin yuqori maxoratli
sportchilarni
tayyorlashda
mashg‘ulot jarayonida texnik-taktik usullarni
o‘rgatishga aloxida e’tibor qaratish muxim axamiyat kasb etadi. Demak, sport
malakalarini ko‘p marotaba ijro etilishi usullarni takomillashtirishga olib keladi.
O‘yin usullarini o‘rgatishda sportchilarni malakalarini uzluksiz Shakllantirib borish
maqsadga muvofiqdir.(3,4,5,)
Dastlabki o‘rgatish bosqichida texnik va taktik tayyorgarlikni
rivojlantiruvchi mashqlarni o‘rnida qo‘llash pedagogik jarayonning eng asosiy
tomonlaridan biridir. Chunki, xar bir o‘yin texnikasi va taktikasini o‘rgatuvchi
mashqlarni tanlab qo‘llanilmasa nufuzli musobaqalar jarayonida kutilgan natijani
bermasligi mumkin. Aksincha noo‘rin yoki me’yoridan kam darajada
qo‘llaniladigan mashqlar texnik malakalarni rivojlanmasligiga olib kelishi
Shubxasisdir. Ushbu muammoning echimini nufuzli o‘yinlarni taxlil qilish va
o‘yin texnikasini rivojlantiruvchi vosita va uslublarni joriy qilish evaziga amalga
oshirish mumkin. Ana Shundagina futbolchilarning texnik-taktik imkoniyatini
5
oshirish, ularning texnik tayyorgarliklarini oshirish ta’minlanadi. Qayd etilgan
muammolar va ularning xayotiy echimi tanlangan magistrlik ishi dolzarbligini
isbotlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |