I. Ixtiro haqida ma’lumot ..........
1.1. Ixtironing kashfiyotdan farqi............................................................
1.2. Ixtirolarning ilmiy-texnik taraqqiyotga ta’siri...........................................
1.3. Ixtirochilik huquqi...................................................................
II. Rasionalizatorlik tushunchasi.......................................................
2.1. Rasionalizatorlik taklifi haqida ma’lumot .........................................................
2.2. Patent hujjatlari. Patent axboroti......................
2.3. O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi
III. Texnik ijodkorlikda ishlatiladigan metodlar..........................................................................
3.1. Ijodkorlik masalalarini hal qilishning mantiqiy ketma-ketligii........
3.2. Texnik ijodkorlik jarayonida qo’llaniladigan metodlar..............
IV. Xulosa……………………………………………………...................
V. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati…………………………...............
VI. Ilovalar……………………………………………………………….
Kirish. Talabalarning texnik tafakkurini rivojlantirish va mehnatga ijodiy munosabatini shakllantirish, fan-texnika taraqqiyotini jahon talablari darajasiga ko'tarish, mahsulot sifatini tubdan yaxshilash, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta'minlay oladigan yosh avlodni tarbiyalash eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bo'lajak mutaxassislarda ijodiy faoliyat asoslariga oid bilim, ko'nikmalarni shakllantirish orqali zamonaviy ishlab chiqarishiga xos texnik, texnologik-konstruktorlik fazilatlarini shakllantirish va ishlab chiqarish faoliyati asoslarining puxta egallanishiga erishiladi.
Fanning asosiy maqsadi bo'lajak o’qituvchilarga umumiy o'rta ta'lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, maktabdan tashqari ta’lim muassalarida o'quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilishning ilmiy metodik asoslarini o’rgatishdan iboratdir. Mazkur maqsadga erishishda talabalar tomonidan quyidagi muhim vazifalarning hal etilishi ko'zda tutilgan:
- o'quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish jarayonida texnik ijodkorlik va dizayn asoslariga oid bilimlar tizimiga ega bo'lish;
texnik ijodkorlikning tashkiliy va iqtisodiy asoslari bilan tanishish;
kashfiyot, ixtirochilik, ratsionalizatorlik va patentlash asoslari bo’yicha
tushunchalarga ega bo'lish;
texnik masalalarni yechishning samarali metod va usullaridan foydalanish
ko'nikinalarini hosil qilish;
texnik ijodkorlik obyektlari uchun texnik hujjatlarni tuzish;
mustaqil ravishda texnik obyektlami va ularning modellarini loyihalay olish;
texnik ijodkorlik bo'yicha sinf va sinfdan tashqari mashg'ulotlar uchun
moslama, dastur va boshqa jihozlarni mustaqil loyihalay olish;
respublikada o'quvchilar texnik ijodkorligi faoliyati hozirgi holati va uni
takomillashtirish istiqboli to'g’risida tushunchalarga ega bo'lish;
o'quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb qilishning asosiy metodlarini bilish;
texnik ijodkorlik to'garaklari faoliyatining mazmuni, tashkiliy asoslari, texnik obyektlarni ilmiy asosda tanlay olish;
to’garaklarning o’quv moddiy-texnik bazasini tashkil qila olish;
sinfdan va maktabdan tashqari o'quv mashg’ulotiarida texnik ijodkorlikni
shakllantirishning metodik asoslarini bilish;
ijodiy faoliyatga yo’naltirilgan tadbirlarni tashkil qilish va o'tkazishning
ilmiy asoslarini bilish kerak.
Oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo'lajak mehnat va kasb ta’limi o’qituvchisi texnik ijodkorligini shakllantirish masalasi ko’p qirrali bo'lib, u talabalarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali yo’llarini aniqlash va uning o’ziga xos mazmunini tanlash bilan bir qatorda bo’lajak mutaxassislarning o’quv jarayonida texnik ijodkorligi, ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligini umumlashtirishning aniq usul va vositalarini ishlab chiqishdek muhim pedagogik vazifalarni ham amalga oshiradi. Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tishi va dunyo hamjamiyatiga har tomonlama kirib borishi natijasida mamlakatimizda kasb ta’limini axborotlashtirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylandi va amalda dastlabki meyyoriy-huquqiy asoslar yaratildi. Bunga yaqqol misol sifatida "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida", "Axborotlashtirish to’g'risida", "Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlari va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to’g’risida", "Aloqa to'g’risida"gi qonunlar va boshqa dasturiy hujjatlami keltirish mumkin. Ushbu qonunlar yaratgan imkoniyat va imtiyozlar intellektual mulkdan unumli foydalanish, iqtisodiy samarani oshirish, yangi texnika va texnologiyalarini o’zlashtirish, ular vositasida yangi turdagi xalq ehtiyoji mahsulotlarini ishlab chiqarishga yo’naltirilgan intellektual mulkni shakllantirishning innovatsion jarayonlarini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib berdi.