3-bosqich - besh yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan davr
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar ko’p xollarda ona tilidagi barcha tovushlarni o’zlashtirib oladilar va to’g’ri talaffuz qiladilar, so’zlar va iboralarni aniq va to’g’ri talaffuz qilishni, nutq balandligini vaziyatdan kelib chiqqan holda o’zgartirishni, ifoda qilishning intonatsion vositalaridan foydalanishni biladilar, yetarli darajada rivojlangan tinglash qobiliyatiga ega bo’ladilar. Biroq bu yoshda hali ham ayrim tovushlar va murakkab so’zlarni, ayniqsa bir necha undoshlar ishtirokidagi so’zlarni unchalik aniq talaffuz qila olmaydigan bolalar ham uchraydilar. Ular har doim ham oxista nutq sur’atlaridan foydalana olmaydilar, ancha baland yoki past ovozda so’zlaydilar va x.k. Ayrim bolalar esa tovushlarni to’g’ri talaffuz etgani holda ularni tinglash jarayonida ajratib olishni qiynaladilar, bu esa kelgusida savod chiqarishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Bolalar odatda maktabgacha ta’lim muassasalariga turli yoshlarda kelishi va nutq tovush madaniyatining barcha bo’limlarini har xil o’zlashtirishlari tufayli uni shakllantirishga doir ishlar katta guruhlarda davom ettirilishi lozim. 5-7 yoshli bolalar nutqida tovush madaniyatini shakllantirishning asosiy vazifasi nutqni tinglash qobiliyatini yanada takomillashtirish, aniq, to’g’ri va intonatsion ifodali nutq ko’nikmalarini mustahkamlashdan iboratdir.
Ushbu bosqichda nutq tovush madaniyatini shakllantirishni bolalar tomonidan ko’pincha aralashtirib talaffuz qilinadigan tovushlarni tabaqalashtirish ishlari bilan bog’liq holda amalga oshirish mumkin: shippilovchi va chiyillovchi tovushlar - sh-s, j-z; jarangli va jarangsiz tovushlar - v-f, z-s, j-sh, b-p, d-t, g-k; «l» va «r» tovushlari va boshqalar.
Zarur xollarda ko’pincha bolalar tomonidan aralashtirib yuboriladigan boshqa tovushlar juftliklarini ham tabaqalashtirish mumkin.
Tovushlarni tabaqalashtirishga doir ishlar tovushlarni farqlash bilan bir vaqtning o’zida ularning akustik va artikulyatsiya xususiyatlariga qarab o’tkazilgan xollardagina to’g’ri tashkil etilishi mumkin. Bu xususiyatlar bolalar tomonidan ancha ilgari, tovushlarni mashq qilish chog’ida ajratilgan. Masalan, «s-sh» tovushlarini mashq qilish jarayonida tarbiyachi bolalarga ushbu tovushlarning asosiy akustik va artikulyatsiya xususiyatlarini ajratgan holda ularni bir- biriga taqqoslashga undaydi: sovuq havo nasosdan chiqadi va xushtak chaladi: sssss....-biz «s» tovushini talaffuz qilganimizda til pastki tishlar ortida turadi; yorilib ketgan shinadan shuvillab
issiq havo chiqmokda: shshshshsh biz «sh» tovushini talaffuz qilganimizda til yuqori tishlar
ortiga ko’tariladi.
Tovushlarning farqlovchi xususiyatlarini amaliy o’rganishga qaratilgan bunday tizimli ish maktabgacha ta’lim muassasasiga kechroq qatnay boshlagan bolalarga o’z tovush talaffuzini aniqlashtirib olishda yordam beradi, fonematik tinglash qobiliyati rivojlanishi va artikulyatsiya apparatining tovushlarni farqlashga xos bo’lgan tabaqalashtirilgan nozik harakatlarini o’zlashtirishda ko’maklashadi. Bularning barchasi ona tilini muvaffaqiyatli o’qitishni davom ettirishning zarur sharti hisoblanadi.
Ajratib qo’yilgan tovushlarni tabaqalashtirish bilan bir qatorda so’zlar va iborali nutqlardagi tovushlarning ham tabaqalashtirilishi bir vaqtning o’zida bolalarda nafas olishni, diksiyani, intonatsion ifodalilikni, ya’ni takomillashtirish ishlarini ham olib borish imkonini yaratadi.
Har qanday tovush juftligini tabaqalashtirish uch xil turdagi ishlarni amalga oshirishni ko’zda tutadi.
ish turi - ajratib qo’yilgan tovushlarni tabaqalashtirish. Tarbiyachi tovushlarni ularning akustik va artikulyatsiya xususiyatlariga qarab farqlashga doir ishlarni bajaradi. Bunda u «obrazli» suratlardan foydalangan holda, ya’ni tovushni xayvonlar, narsalar va harakatlar chiqaradigan muayyan tovushlar bilan shartli ravishda taqqoslashni amalga oshiradi.
Bir vaqtning o’zida ushbu ish turi fonematik tinglash qobiliyatini takomillashtirish, tovushlarni aniq talaffuz qilishni o’rganishga yordam beradi.
ish turi - so’zlardagi tovushlarni tabaqalashtirishdan iborat. Tarbiyachi nomlarida tabaqalashtiriladigan tovushlar ishtirok etadigan turli suratlar, narsalar, o’yinchoqlarni tanlab oladi hamda bolalarga ularni farqlashni o’rgatadi. Dastlab tabaqalashtiriladigan u yoki bu tovush mavjud bo’lgan so’z olinadi, so’ngra esa faqat bir dona tabaqalashtiriladigan tovush mavjud bo’lgan so’zlar, keyin esa har ikki tabaqalashtiriladigan tovushni o’z ichiga olgan so’zlar tanlanadi. Bolalar ularni aniq, to’g’ri talaffuz qilishlari va ularning farqlarini ko’rsata olishlari lozim. Bir vaqtning o’zida ushbu ish diksiyani yaxshilashga yordam beradi, so’zlarni talaffuzning orfoepik me’yorlariga muvofiq holda to’g’ri talaffuz qilishni ta’minlaydi.
ish turi - nutqda tovushlarni tabaqalashtirish. Tarbiyachi so’zli o’yinlar, hikoyalar, syujetli suratlar, she’rlar, tez aytishlar, topishmoqlar, maqollar, matallar hamda tabaqalashtiriladigan tovushlar bilan boyitilgan boshqa nutqiy materiallarni tanlab oladi. Ayni paytda u bolalarning ushbu tovushlarni to’g’ri qo’llashlarini va ularni o’z talaffuzlari bilan aralashtirib yubormasliklarini nazorat qiladi.
Pedagog she’rlar, hikoyalarda tovushlarni tabaqalashtirish uchun materiallar berar ekan, u bir vaqtning o’zida bolalar bilan nutq sur’ati, diksiya, ovozdan to’g’ri foydalanishni mashq qilish imkoniyatiga ega bo’ladi hamda so’zlarni talaffuz etishning adabiy me’yorlarini hisobga olgan holda ularning to’g’ri talaffuz qilinishini kuzatib boradi.
Endi ko’rsatib o’tilgan ish turlaridan har bir yosh bosqichida foydalangan holda talaffuz ko’nikmalari, nutqning tovush madaniyatini amaliyotda qanday ishlab chiqish (shakllantirish) zarurligini ko’rib chiqamiz.
yilu 6 oydan 3 yoshgacha bo’lgan davr
Do'stlaringiz bilan baham: |