Sirtqi ta’lim
Sirtqi ta’lim xususiy ѐki davlat ta’lim shoxobchalarida amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda milliy sirtqi ta’lim markazi faoliyat ko‘rsatmoqda, u 500 turdagi o‘rta, oliy professional ma’lumot berishni tavsiya eta oladi. Odatda ta’limning bu turi oilaviy sharoit, iqtisodiy sharoitlar tufayli maktabda o‘qishni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan kishilar uchun mo‘ljallangan. Sirtqi ta’lim katta ѐshlilar uchun uzluksiz ta’limning muhim shoxobchasi bo‘lib qolgan.
Ular o‘z ixtiѐrlari bilan, o‘z mablag‘lariga ѐki korxonalar mablag‘i hisobiga o‘qiydilar. Fransiyada sirtqi ta’lim 1 mln kishini qamrab olishi mumkin.
Fransiyada maktab rahbarligi lavozimiga erishmoq uchun ta’limga rahbarlik qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o‘qiydilar. Bunday markazlarda ular rahbarlik qilish, maktab iqtisodiѐtini boshqarish, ta’limdagi yuridik masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik muhitni barpo etish kabi jihatlarni o‘rganadi, o‘qish yakunlangach, suhbatdan, test imtihonlaridan o‘tadilar.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar.
1.Fransiyada ta`lim tizimi turlari.
2. Fransiyada maktabgacha ta`lim
3.Fransiyada ta`lim tizimining o’ziga xos xususiyatlari.
4.Maktabgacha ta`lim va uning mazmuni.
5.O’rta va oliy ta`lim.
6.Sirtqi ta`lim va kadrlar bilan ta`minlanish.
5-Mavzu: Chet elda maktabgacha talimni boshqarishda jamoatchilikning o‘rni.
Reja:
1.Buyuk Britaniya ta`limining xususiyatlari.
2.Shveytsariyada maktabgacha,boshlang’ish va o’rta ta`lim..
3. Belgiya ta’lim tizimining tuzilishi
Buyuk Britaniyada ikkita ta’lim tizimi mavjud: birinchi - Angliya, Uels va SHimoliy Irlandiya; ikkinchisi – SHotlandiyada. Bu ikki tizim bir birini inkor qilmaydi Buyuk Britaniya oroli (mamlakat xududining 90%i shu orolda) va Irlandiya orolining shimoli-sharkiy kismida xamda ularga yondosh mayda orollarda joylashgan.
Buyuk Britaniya mamlakat asosiy kismining nomi bilan kupincha Angliya deb ataladi. Maydoni 244,1 ming kv.km. Axolisi 58,5 mlndan ziyod kishi. Leyboristlar partiyasi 1900 yil tuzilgan. Konservatorlarpartiyasi 1867 yil tashkil topgan.
Uzbekiston bilan diplomatik munosabatlarni 1992 yil 18 fevral urnatgan.Milliy bayram-kirolicha tugilgan kuni.
Davlat sektori ( state school) – o‘quvchilarning 93%.
Xususiy sektor (private school) - o‘quvchilarining 7%.
1988 yilda Buyuk Britaniyada yagona davlat ta’lim standartlari kiritilgan
5 yoshdan 16 yoshgacha barcha bolalar majburiy ta’lim olishlari shart.
- Boshlang‘ich maktab 5-11 yosh
- O‘rta maktab - 11-16 yosh GCSE
- Kollejda maktabdan keyin ta’lim 16-18 yosh Sixth Form
- Oliy ta’lim 18 yoshdan keyin
Do'stlaringiz bilan baham: |