Fan gimnaziyalariga real maktabni bitirganlik haqidagi attestat bo‘lsagina qabul qilinadi. Bu gimnaziyalarda ta’lim davomiyligi 3 yil. Bitiruvchilar fan etuklik attestatini oladilar, bu esa ma’lum doiradagi fanlarni o‘rganish uchun oliy o‘quv yurtiga kirish xuquqini beradi.
Gimnaziyada o‘qitishdan maqsad: umumta’lim bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish va shular asosida o‘quvchilarni zamonaviy ma’lumotlarni olish va qayta ishlashning ilmiy metodlari bilan tanishtirish, oliy o‘quv yurtida muvaffaqiyatli o‘qish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. 5-10sinflar 11-sinfda boshlangan individuallashtirilgan ta’lim dasturi uchun poydevor yaratish vazifasini bajarishga mo‘ljallangan. Gimnaziyaning o‘ziga xos xususiyati fanlarning differensial tuzilgani bo‘lib, o‘quvchiga tanlash imkoni beriladi. Masalan, chet tillar soni va ularni navbatma-navbat o‘rganish, 9-sinfda o‘quvchiga aniq yo‘nalishdagi fanlarni (tabiiy-matematik, ilmiyiqtisodiy, musiqiy-badiiy) tanlash imkoni beriladi. SHunga ko‘ra gimnaziyalar maxsus xarakterga ega bo‘ladi va an’anaviy klassik, tabiiy-matematik va zamonaviy tillar turlariga bo‘linadi. Undan tashqari iqtisodiy, pedagogik, qishloq xo‘jaligi, texnik- texnologik, ijtimoiy-ilmiy, musiqiy gimnaziyalar va kommunal xo‘jalik gimnaziyalar bor.
Klassik gimnaziyalarda albatta lotin, yunon va birorta zamonaviy til o‘rganilishi shart. Tabiiy-matematik gimnaziyalarda matematika, fizika, ximiya chuqur o‘rganiladi. Gimnaziyaning yuqori sinflarida asosiy, ya’ni xamma uchun majburiy kurslar, hamda individual tanlangan o‘ta qiyin (yuqori) kurslar kiritilgan.
Birlashgan (umumiy) maktab.
Birlashgan maktab 5-10 (7-10) sinflarni o‘z ichiga oladi. U ikkinchi bosqich Iga qarashli. Birlashgan umumiy maktabning maqsadi: barcha ikkinchi bosqich I maktablari fanlari, kurslarini bitiruv attestati talablari bilan birlashtirishdir. U o‘quv muassasalari va ikkinchi bosqich II kasbiy ta’lim kurslariga o‘tuvchi bitiruvchilarni tayѐrlaydi. Undan tashqari, aksariyat umumiy maktablarda o‘qitish kurslari mavjud, uni muvaffaqiyatli yakunlagan o‘quvchi oliy o‘quv yurtiga kirish xuquqini oladi. Umumiy maktabning ikkita tipi bor: kooperativ, integratsiyalashgan maktab.
Kooperativ umumiy maktabda asosiy maktab, real maktab va gimnaziyalar birgalikda ishlaydi. Tashkiliy, metodik va didaktik jihatdan ular bir biriga qaram bo‘lmagan bo‘limlar sifatida faoliyat yuritadi. Bu bo‘limlar o‘zaro xamkorligining turi va darajasi ѐsh davrlar guruhlariga bog‘liq. Kooperativ umumiy maktab barcha bo‘limlar uchun umumiy pedagogik rahbariyatga ega.
Integratsiyalashgan umumiy maktab 10-sinfgacha alohida maktab tipini ajratmaydi. Sinflarni tashkil qilishning yagona mezoni ѐsh bilan bog‘liq. Alohida fanlarni o‘qitish kurs tizimi bo‘yicha olib boriladi. Umumiy maktabda mutaxassislar tomonidan ―fanlardan yutuqlari bo‘yicha differensiyalash‖ deb nomlangan guruhlarga bo‘lish joriy qilingan. Differensiyalashdan kutilgan maqsad: har bir o‘quvchiga uning qobiliyatlariga ko‘ra talablar qo‘yish, har biriga individual ѐndashish. O‘zlashtirish o‘zgarishi natijasida bir guruhdan ikkinchi guruhga o‘tish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |