O`quv jarayoni
Yuqoridagi tizim bakalavriat o`qish davrida ham amal qiladi. Masalan, agar talaba mehmonxona xo`jaligi bo`yisha ta`lim olayotgan bo`lsa, birinshi semestrdan keyin unga 1-darajali sertifikat beriladi, bu esa unga eng past mansablarda ishlash imkonini beradi. Ikkinshi semestrdan keyin 2-darajali, uchinshi semestrdan keyin 3-darajali sertifikat beriladi. To`liq to`rt semestr tahsil olgash, diplom olishga muvoffaq bo`linadi. Undan so`ng yana bir semestr o`qisa uzaytirilgan darajadagi diplomga ega bo`ladi.
Keyingi semestr talabaga bakalavr darajasini olishga imkon bersa, yana bir yil o`qishdan so`ng magistr darajasiga erishadi. Bu tizim ta`lim uzilib qolgana, uni qolgan joyidan keyinshalik davom ettirish imkoniyatini beradi. O`quv jarayonining asosi bu- mustaqil ish. Har bir o`qituvshiga haftada bir qabul kuni belgilanadi. Talabalar kelib o`zlarida tug`ilgan savollar, tuchunarsiz joylarni so`rab, ularga javob topishadi.
Avstraliya oliy o`quv yurtlarining ko`plab yo`nalishlarida o`quv jadvalini talabalar o`zlari tuzishadi. Lekin haftalik yuklama 40 soatdan kam bo`lmasligikerak. Semestrda 4tadan kam bo`lmagan fanni o`qish lozim. Odatda
1-semestrda 4-8 ta fan o`rganiladi. Qo`shimsha fakultativ mashg`ulotlarga qatnashish mumkin.
O`rta ma`lumot to`g`risidagi attestat oliy o`quv yurtiga kirish imkonini bermaydi. Barsha universitetlar TOEFL yoki IELTS bo`yisha imtihon tapshirishni talab etadi. SHuning uchun ingliz tilini yaxshi bilish, Foundation dasturida ta`lim olishi, keyin kollejlarning bitiruv kursiga yoki universitetga kirishi lozim.
Foundation dasturi da o`qish iyul, oktyabr, fevralda boshlanib, talabaning ingliz tilini bilishi va qobiliyatiga qarab 24-32 hafta davom etadi. Mashg`ulotlar 15-18 talik guruhlarda olib boriladi. O`quvchilar o`z tanlagan sohalariga oid 5-8 ta fanni o`rganadilar.
Universitetga kirish uchun oliy ta`lim muassasaining 1-2 kurslarini tugatish kerak bo`ladi. Bundan tashqari attestat (diplom)ning inglizsha kopiyasi, tinglangan kurslar transkripti, TOEFL yoki IELTS testlarining natijalari ham taqdim etilishi lozim. Avstraliya universitetlariga qabul qilish yiliga ikki marta, fevralda va iyul-avgustda bo`lib o`tadi.
Avstraliyada ta’lim tizimi olti sektordan iborat. Ular: maktabgacha, boshlang‘ich, o‘rta, o‘rta maxsus, oliy ta’lim va turli til o‘rgatuvchi kurslardir.
Bolalar bog‘chalarga uch yoshdan qabul qilinadi. Ta’limning ushbu bosqichi ixtiyoriy. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning ijodiy qobiliyatini o‘stirishga alohida e’tibor qaratiladi. Turli ijodiy mashg‘ulotlar yordamida ular kreativ fikrlashga o‘rgatiladi. Qo‘l motorikasini rivojlantirish orqali bolalarning bosh miya faoliyatini faollashtirishga alohida urg‘u beriladi. Bolani aynan bog‘cha yoshidan boshlab kasbiy faoliyatga yo‘naltirish ta’limning mazkur bosqichi oldida turgan asosiy vazifa etib belgilangan.
Avstraliyada maktab ta’limi o‘n ikki yillik. O‘quvchilar besh yoshdan o‘n bir yoshgacha, ya’ni olti yil boshlang‘ich, keyin olti yil o‘rta maktabda ta’lim oladi. O‘rta maktabning oxirgi ikki o‘quv yilida o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tugatganlar ta’limning bakalavriat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. O‘qitish tizimidagi bu islohot mamlakatning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va turli imtihonlar qo‘rquvidan xalos etish orqali o‘quvchilarda kelajakka ishonchni shakllantirishga qaratilgan.
Bu qit’ada davlatga qarashli maktablar bilan birga xususiy umumta’lim muassasalari ham bo‘lib, ular o‘g‘il va qiz bolalar maktabi, shuningdek, katolik va islom diniga e’tiqod qiluvchilar maktabiga bo‘linadi.
Xususiy maktablarda yillik to‘lov miqdori muassasa joylashgan hududga qarab olti mingdan o‘ttiz ming Avstraliya dollariga yetadi. Maqomiga qarab mazkur maktablarda fanlar va darsliklar maktab rahbariyati tomonidan tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |