O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Salavkiylar davlati siyosiy tarixi



Download 191,5 Kb.
bet3/5
Sana12.07.2022
Hajmi191,5 Kb.
#781699
1   2   3   4   5
Bog'liq
Salavkiylar davlati

1.2.Salavkiylar davlati siyosiy tarixi

Salavk I Midiya, Suziana, Forsiya (Persida) keyinchalik Oʻrta Osiyoning jan. — Baktriyanp bosib olgan. Mil. av. 301-y. Mesopotamiya va Suriya, mil. av. 281-y. Kichik Osiyo ham Salavkiylar davlatiga qoʻshib olingan. Salavkiylar davlati hududidan oʻtgan savdo yoʻllari (Kichik Osiyo va Suriyani Arabiston, Fors qoʻltigʻi, Oʻrta Osiyo, Hindiston va Xitoy bilan bogʻlagan) ichki va tranzit savdoning kuchayishi va hunarmandchilikning rivojlanishiga sabab boʻldi. Salavk I mil. av. 293-y. da oʻgʻli Antiox I ni Oʻrta Osiyo yerlariga hokim etib tayinlaydi. OʻrtaOsiyoning bir qancha muhim siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy voqealari Salavk I, ayniqsa, Antiox I hukmronligi b-n bogʻliq. Bu davrda Baqtriya hayotida dastlabki tangalar — oltin, kumush, mis draxma va tetradraxmalar zarb qilina boshlanadi. Salavkiylar davriga oid tangalar Termiz, Taxti Sangin, Denov, Kampirtepa, Afrosiyobdan topilgan. Salavkiylar davlati markazidan chetda boʻlishiga qaramay, Oʻrta Osiyo ushbu davlatning eng muhim qismi boʻlib, harbiystrategik va iqtisodiy ahamiyatga ega edi. Oʻrta Osiyo boʻylab oʻtgan savdo yoʻllari boʻyida shaharlar va qishloklar qurdirilgani bejiz emas. Maʼmuriy boshqaruv jihatdan davlat satrapiyalarga (manbalar 20—30 ta dan 72 tagacha satrapiya boʻlganligi haqida maʼlumot beradi) va nisbatan kichik hududiy birlashmalar — eparxiya, gipparxiya, tonarxiyalarga boʻlingan. Yunon hokimlari va ular atrofida toʻplangan yunon zodagonlar bilan birga mahalliy zodagonlar ham hokimlik qilar edilar. Salavkiylar hokimiyati, avvalo, Oʻrta Osiyodagi harbiy manzilgohlarda joylashgan harbiy kuchlarga tayanar edi. Mil av. 3-a. ning oʻrtalariga kelib Salavkiylar davlatida hokimiyat uchun oʻzaro kurashlar avj olib ketadi. Bu esa Oʻrta Osiyoda Salavkiylar hokimiyatining barham topishiga olib keldi va mil. av. 250-y. da Salavkiylar davlatidan dastlab Parfiya keyin esa YunonBaqtriya podsholigi ajralib chiqdi. Butun davlat inqirozga yuz tutib mil. av. 64 y. faqat hoz. Suriya hududidan iborat boʻlib qoldi va oʻsha yili Rim provinsiyasiga aylantirildi. Oʻrta Osiyoning Salavkiylar davlati d tarkibiga kirgan davri, yunonmakedon yurishlari paytida vayron boʻlgan ishlab chiqaruvchi kuchlarning tiklanishi hamda baqtriyaliklar, sugʻdiylar, parfiyaliklarning bosqinchilarga qarshi birlashuv davri boʻlib qoldi.Miloddan avvalgi 293-yilda Salavka o’z poytaxtini Bobildan Suriyaga — Antioxiyaga ko’chiradi.2
Satraplar qo’lida katta hokimiyat bo’lgan, ammo ularda oliy harbiy hokimiyat yo’q edi.Oliy harbiy hokimiyat markaziy hukmdor podshoh ixtiyorida bo’lgan.Bu markaziy hokimiyatning ustunligini ta’minlash uchun zarur edi.Ammo bu boshqaruv usuli sharqiy viloyatlarda keyinchalik buzilgan bo’lsa-da, g’arbiy viloyatlarda saqlangan edi.
Salavkiylar hokimiyatni Sharqdagi harbiy manzilgohlarda joylashgan yunon-makedon qurol -aslahalar bilan qurollangan, mahalliy xalqlarni vakillari harbiy kuchlariga tayangan edi.Yunon-makedon hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Sharqda ko’plab harbiy tayanch nuqtalarni barpo etish Iskandar davrida boshlangan edi.
Salavkiylar o’zlariga tobe o’lkalarda g’oyat qattiq qo’llik siyosatini olib borganlar. Agar Aleksandr qaram yerlariga axoliga nisbatan, murosasozlik yo’li bilan ham siyosat yurg’izgan bo’lsa, Salavkiylar aksincha mahalliy axolini, uning madaniyatini umuman inkor etish, noiblarni faqat yunonliklar orasidan tayinlash, mahalliy boshqaruvda ko’plab harbiy istexkomlar, inshootlar qurib, harbiy kuch orqali axolini bo’ysindirib turish tadbirlariga zo’r berganlar.
Aleksandr yunon va mahalliy madaniyatlarini o’zaro uyg’unlashtirishdagi say harakatlari bo’lganini bilgan holda, Salavkiylar aksincha tobe xalqlar orasida faqat yunon madaniyatini targ’ib etishni vazifa deb bilganliklarini qayd etish lozim.
Iskandar, O’rta Osiyoda 12 ta shaharga asos solgan edi.Salavk I Nikotar asos slogan 75 ta shahar Salavkiylar davlatining asosiy tayanchi bo’lgan.Salavkiylar davlati satrapliklarga bo’lingan, tobe o’lkalarni satraplar (noiblar) orqali boshqargan. Starteglar sobiq lashkarboshilardan tayinlangan bo’lib, ular davlat mudofaasi va qo’shinlarni tashkil etish bilan shug’ullangan. Yunon tarixchisi Pomkey Trogning yozishicha, Salavka ba’zi joylarni muzokaralar yo’li bilan egalladi, ammo Baqtriya, Parfiya, So’g’d yerlarida u qattiq qarshilikga uchradi va og’ir janglar olib borishga to’g’ri keldi. Malum bir vaqt o’tgach taxminan mill. avv, III asr o’rtalarida Baqtriya Salavkiylar saltanati tarkibidan ajralib chiqishga muvaffaq bo’ladi.
Markaziy Osiyo janubiy viloyatlarni Salavkiylar tomonidan bosib olinishi millodan avvalgi 306-yilga to’g’ri keladi. Bu davrda qishloq ho’jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq ancha rivojlangan.Bu hududlarda 75 ta shahar qurilgan. Antiox davrida Baqtriya hayotida dastlabki tangalar oltin , kumush, mis drham va tetradrhamlar (pul birligi) zarb qilingan. Ellinlashtirish jarayoni boshlanadi. Ellinlashtirish – Sharqga yunon madaniyatining yoyilishi jarayoni, aralash madaniyatining – yunon va mahalliy sharq madaniyatining tashkil topish jarayonidir. Markaziy Osiyodagi viloyatlar Salavkiylar davlati siyosiy tarixida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi.Salavka Iskandar davrida Spitamenning qizi Apamaga uylanadi. Qarindoshchilikni hisobga olibmi, yoki boshqa maqsadni nazarda tutibmi, Salavka millodan avvalgi 293-yilda o’g’li Antiox I ni Parfiya, Marg’iyona, So’g’diyona, Baqtriya ya’ni Sharqga, Markaziy Osiyo yerlariga hokim etib tayinlaydi. Bu viloyatlar Salavka davlati iqtisodiyotida katta o’rin tutar edi.3Xorazm Salavkiylarga bo’ysunmagan.Iskandar davrida ham Xorazm o’z mustaqilligiga ega bo’lgan.Antiox Spitamenning qizi Apamadan tug’ilgan edi.Salavkaning to’ng’ich o’gli ham bo’lgan. Salavk va Antiox O’rta Osiyoda o’z pozitsiyalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratgan. Yunon muarrixlari Salavka I va Antioxlar O’rta Osiyoga juda katta e’tibor berganliklarini yozadilar. Ko’plab qal’a va shaharlar barpo etilgan va ular asosan greklar bilan to’la bo’lgan. Tarixiy manbalarga ko’ra, Salavka 75 ta shahar qurdirgan.Eng olis shaharlardan biri Yaksart ortida n Antioxiya shahri bo’lgan.Taxminlarga ko’ra, mazkur shahar hozirgi Toshkent viloyati hududida, yoki Fag’ona vodiysida joylashgan.Eramizdan avvalgi III asrning 60-yillariga qadar Baqtriyada Salavkiylarning zarbxonasi saqlanib qolgan. Bu zarbxonada oltin va kumush tangalar zarb etilgan. Baqtriya, So’g’duyona va O’rta Osiyodagi boshqa viloyatlarning iqtisodiy hayoti Salavkiylar davlatining g’arbiy viloyatlaridan ancha farq qiladi. Salavka xalqaro savdo-sotiq ishlarini rivojlantirish masalasiga ham katta e’tibor beradi.Ana maqsadda u Kaspiy bilan Qora denizni bog’lab Amudaryo orqali ‹‹Tosh minora›› ga yo’l ochishga qaror qiladi.( Beruniy fikricha ‹‹Tosh minora›› yoki ‹‹Tosh shahar›› bu Toshkentdir.)
Salavk I (mil.avv. 312–280-yillar) Suriyani o‘z davlatining bosh viloyatiga aylantirdi, o‘zi Orontdagi Antioxiya shahrida, Yuqori Suriya yoki Dajla daryosi yoqasidagi Salavkiya shahrida yashadi. Salavk g‘arbda diadoxlar o‘rtasida davom etayotgan urushdan foydalanib, Sharqqa yurish qildi. Yurish davomida u Eron va O‘rta Osiyo satrapliklarini qayta qo‘lga kiritdi. Yurish oxirida Salavk Hindistonda Maurilar davlatining asoschisi Chandragupta bilan to‘qnashdi. Urush Salavkni ilgari Aleksandr davlati tarkibiga kirgan barcha hind mulklaridan voz kechishi, buning evaziga Chandragupta tomonidan 300 jangovar fillarning Salavkga sovg‘a qilishi bilan tugadi. Salavk mil.avv. 305–304-yillar atrofida o‘zini podsho deb e’lon qildi. Shundan sal o‘tgach, Shimoliy Suriyani, mil.avv. 281-yilda Kichik Osiyoning katta qismini bosib oldi. Shu yildayoq u Makedoniyani egallash uchun bo‘lgan yurishda halok bo‘ldi. Salavkiylar davlati tarkibiga boshda Mesopotamiyaning bir qismi, Kichik Osiyoning bir qismi, Eron, O‘rta Osiyo, Afg‘oniston va Shimoliy Hindiston kirgan. Davlatning poytaxti Suriyadagi Oront daryosi qirg‘og‘idagi Antioxiya edi. Salavkiylar davlati o‘zining gullab-yashnagan davrida Aleksandrning Osiyodagi sobiq mulklarining katta qismini o‘z tarkibiga oldi. Bu bepoyon hududda turli iqtisodiy va madaniy taraqqiyot bosqichida turgan, etnik va til jihatidan ola quroq bo‘lgan xalqlar joylashgan edi. Salavkiylar davlatida yunon va makedonlar podsho boshchiligida hukmron tabaqaga aylandilar. Ular barcha oliy hokimiyat lavozimlarini egallab olib, qo‘shinning asosiy qismini tashkil etdilar. Mahalliy zodagonlar hokimiyat boshqaruvida deyarli ishtirok etmadi. Faqat Bobil shaharlarining fuqaro-ibodatxona jamoalari ma’lum bir imtiyozlardan foydalandi.Salavkiylar davlati aholisining asosiy qismi jamoachi dehqonlardan tashkil topgan. Bu jamoalar podsho foydasiga pul va natural majburiyatlarni o‘tar edi. Jamoachi dehqonlar shaxsan erkin bo‘lgan. Lekin davlat hokimiyati dehqonlarni asta-sekin qaram qila boshladi. Bu ularni yerga biriktirib qo‘yishda ko‘rinadi. Davlat yerlari ikki qismga bo‘lingan. Bir qism yerlar podshoning shaxsan o‘ziga tegishli bo‘lsa, ikkinchi qismi shaharlar, mahalliy zodagon-hokimlar, qabilalar va jamoalarga tegishli bo‘lib, podsho hokimiyati tomonidan nazorat qilingan. Salavkiylar davlat boshqaruvida yunon-makedonlarga suyandilar, mahalliy aholini huquqlarda kelgindi yunon-makedonlarga tenglashtirilmadi.4
Davlatning butun hududi 72 satraplikga bo‘linib, undan kichik ma’muriy birliklar – yeparxiya va giparxiyalar edi. Satraplik boshida satrap (Antiox III davrida strateg) turib, u fuqarolik va harbiy hokimiyatni amalga oshirgan. Moliya muassasasi esa mustaqil bo‘lgan.Salavkiylar davlatida O‘rta Osiyo va Eron hududlari muhim o‘rin tutar edi. Salavk I davrida uning o‘g‘li va merosxo‘ri Antiox I Soter (mil.avv. 281–261-yillar) bu hududlarni boshqarar edi. Antiox I Salavkning onasi Spitamenning qizi malika Apama Salavkiylar saroyida katta hurmat-e’tiborga ega edi. O‘rta Osiyo-da sulola hokimiyatini mustahkamlash uchun yangi shaharlar va harbiy manzilgohlar qurildi,eskilari qayta tiklandi (Marv vo-hasi devor bilan to‘liq o‘rab olindi). Antiox I Kichik Osiyoda Pergam davlatining ajralib chiqishiga qarshilik qila olmadi.Antiox II davrida (mil.avv. 261–247-yillar) mil.avv. III asr o‘rtalarida Baqtriya, So‘g‘diyona va Parfiya ajralib chiqdi. Vifiniya, Paflagoniya, Kappadokiya va Galatiya kabi davlatlar paydo bo‘ldi. Qora va Kaspiy dengizlari oralig‘ida Armaniston davlati, Midiyaning shimoliy qismida satrap Atropat Salavkiylar davlatidan ajralib chiqib, Midiya Atropatenasini tashkil qildi. Natijada Yunon-Baqtriya va Parfiya podsholiklari vujudga keldi (Yunon-Baqtriya mil.avv. 130–yillargacha, Parfiya davlati esa milodiy 227-yiligacha mavjud bo‘ldi). Qobilyatli sarkarda Antiox III buyuk (mil.avv. 223–187-yillar) davlatni eski chegaralarda tiklash uchun bu davlatlarni bo‘ysundirish uchun mil.avv. 212–205-yillarda Sharqqa yurish qildi. Yurish davomida xarajatlarni qoplash uchun Antiox III Ekbatanadagi Anaxita ibodatxonasini taladi. Yurish natijasida Parfiya qayta bo‘ysundirildi. Yunon-Baqtriya shaharlarining ikki yil natijasiz qamal qilish bilan rasman Salavkiylar hokimiyatini tan oldi. Antiox qo‘shinlari Hindiqush tog‘laridan o‘tib, Hindiston yerlariga bostirib kirdi va mahalliy hokim bilan shartnoma tuzdi. U Hindistondagi salavkiylarga tobe yerlardan voz kechdi, buning evaziga Antiox hind jangovar fillariga ega bo‘ldi. Antioxning bu yurishi Salavkiylar davlatining yemirilishini vaqtincha to‘xtatdi. U markaziy hokimiyatni mustahkamladi. Kichik Osiyoning katta qismi bosib olindi va Kelesiriya Misrdan batamom tortib olindi. Kuchayib ketgan Salavkiylar davlati Pergam va Rodosning xavfsizligiga jiddiy xavf sola boshladi. Pergam va Rodos Antiox III dan shikoyat qilib, Rimdan yordam so‘radi. Rim ham Antiox III saroyiga mashhur Karfagen qo‘mondoni Gannibalning maslahatchi bo‘lib turganidan norozi edi. Mil.avv. II asr boshlarida Salavkiylar bilan Rim respublikasi o‘rtasida Yunoniston uchun raqobat boshlandi. Mil.avv. 189-yilda Rim bilan bo‘lgan urushda Antiox III qo‘shinlari yengildi. Mamlakat hududlarida norozilik, Salavkiylarning zulmiga qarshi qo‘zg‘olon va isyonlar boshlanib ketdi. Yunon-Baqtriya va Parfiya o‘z mustaqilliklarini qayta tikladi va Parfiya g‘arbga tomon yurish qilib, Salavkiylar hududlarini bosib ola boshladi. Midiyada satrap Timarxning isyon ko‘tarishi bu viloyatni parfiyaliklar tomonidan bosib olinishiga yordam berdi. Bundan tashqari, parfiyaliklar Fors va Elamni egalladilar. Antiox III ning o‘g‘illaridan biri Antiox IV Epifan (mil.avv. 175–164-yillar) shijoatli hukmdor bo‘lib, davlat hokimiyatini bir qadar mustahkamlashga erishdi. Uning boshqaruvi davrida mamlakatda podsho san’at va madaniyatga homiylik qildi. Shuhratparast Antiox IV Salavkiylar davlatining o‘tmishdagi kuch-qudratini tiklashga urindi. Mamlakat ichida bir qadar ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni vujudga keltirib, uning hududini kengaytirishga harakat qildi. Antiox IV Misrni bosib olish uchun kuchli qo‘shin bilan yurish boshladi. Yo‘lda uni Rimning Misrdagi elchisi Gay Popiliy Lena to‘xtatdi. Aytishlaricha, Salavkiylardan ko‘ra, qudratli bo‘lgan Rim elchisi Antiox IV o‘tirgan joyning atrofini doira chizib, Rimning talabi bajarilmaguncha (Misrga yurishni to‘xtatish) Antiox IV ni doira ichidan chiqib ketishini taqiqlagan. Natijada rimliklarning tazyiqi ostida Misr yurishi to‘xtatilgan.Antiox VII Sidet (mil.avv. 138–129-yillar) davlatning yaxlitligini tiklashga urinishi uning mag‘lubiyati va halokati bilan tugadi. Bu Bobil, Parfiya va mahalliy sulolalar hokimiyati ostiga o‘tgan Fors va Midiyaning ajralib ketishiga olib keldi. Mil.avv. I asr boshlarida Yahudiya va Kommagen o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritdi. Salavkiylar davlatining yemirilish jarayoni tezlashib ketdi. 35 yil ichida taxtda 12 da’vogar almashdi. Ko‘p hollarda bir vaqtning o‘zida ikki yoki uch podsho taxtga chiqdi. Natijada Salavkiylar davlati hududi Suriya, Finikiya va Kilikiyaning bir qismi bilan chegaralanib qoldi. Salavkiylarning so‘nggi vakili Antiox XIII Rim tomonidan tan olindi, lekin 2 yildan keyin Pompey uni taxtdan tushirdi. Siyosiy ta’sir vositasi bo‘lgan armiya va flotdan mahrum bo‘lgan Salavkiy hukmron guruhlari Rim va Parfiyaning qo‘g‘irchoqlariga aylandi. Mil.avv. 63-yilda Salavkiylar davlatining qoldiqlari Rim tomonidan bosib olinib,uning tarkibida Suriya provinsiyasi tashkil etildi.



Download 191,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish