O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti landshaftshunoslik asoslari fani



Download 113,05 Kb.
Sana28.06.2022
Hajmi113,05 Kb.
#713920
Bog'liq
Презентация1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Landshaftshunoslik asoslari fani
Мavzu:Landshsaftshunoslikdagi ilmiy yo'nalishlar va ularning mazmuni
REJA:
1.Tarkibiy-genetik yo’nalish, funktsional-dinamik yo’nalish, landshaftlar geokimyosi, landshaftlar geofizikasi, geotizimlar yo’nalishi, landshaft ekologiyasi, antropogen landshaftshunoslik, amaliy landshaftshunoslik, estetik landshaftshunoslik va h.k.
2.Amaliy landshaftshunoslikning mazmuni va vazifalari.
3. Landshaftlarni xo’jalikning turli tarmoqlarida foydalanish nuqtai nazaridan baholash. Baholashning asosiy printsilari va metodlari.
4.Landshaftlar taraqqiyotini prognozlash. Uning asosiy printsiplari va metodlari.
Landshaftshunoslik fanining taraqqiyoti bilan qiziqqan kishi bu fanda bir qator ilmiy yo‘nalishlar hosil bo‘lganligini payqamay qolmaydi. Bu yo‘nalishlardan dastlabkisini tarkibiy-genetik yo‘nalish deb atasa bo‘ladi. Uninig nomoyondalari asosan landshaftlarni aniqlash, xaritaga kiritish, ularning komponentlari va komponentlararo aloqadorliklarini hamda landshaftlarning morfologik tuzilishi va morfologik qismlararo o‘zaro ta'sir va aloqadorliklarni o‘rganish bilan, ya’ni ularning vertikal va gorizantal tuzilishini ochib berish bilan shug‘ullanganlar. Landshaftshunoslikdagi ushbu yo‘nalish landshaftlar o‘ziga xos tabiiy geografik kompleks sifatida o‘zidan kichikroq bo‘lgan komplekslar bog‘lamidan iboratdir, degan g‘oyaga asoslanadi.
Landshaftshunoslikdagi ikkinchi bir ilmiy yo‘nalish bu funksional-dinamik yo‘nalishdir. Bu yo‘nalish asosan 20-asrning 60-yillaridan boshlab shakllana boshladi. Ushbu yo‘nalishda olib borilgan ilmiy izlanishlarning asosiy mazmuni landshaftlarning vaqt mobaynida o‘zgarishiga, landshaftlarning o‘z funksiyasini, ya'ni maxsus faoliyatini bajarish jabhalariga e'tibor berishdan iboratdir. A.A.Krauklis (1979) ta'biri bilan aytganda landshaftshunoslikdagi tarkibiy- genetik yo‘nalish tabiiy geografik rayonlashtirish bilan birgalikda landshaftlarni o‘rganishga "makroskopik" yondashish bo‘lsa, funksional-dinamik yo‘nalish esa "mikroskopik" yondashishdir
Ularning birinchisida landshaftlar aniqlanadi, xaritaga tushiriladi, morfologik tuzilishi o‘rganiladi va tavsiflanadi. Ikkinchisi bo‘yicha esa landshaftlarning ichida ro‘y beradigan jarayonlarni, ham makonda, ham zamonda o‘zgarishini, landshaftlararo, ularning morfologik qismlariaro hamda komponentlariaro modda va energiya almashinishini o‘rganishga ko‘proq e’tibor beriladi. Bu yo‘nalishning yuzaga kelishi bilan landshaftshunoslikka landshaftning holati, landshaftning dinamikasi, landshaft invarianti, landshaftning o‘z maxsus faoliyatini bajarishi (yashashi) kabi yangi tushunchalar kirib keldi
Landshaftlardagi modda va energiya almashinish jarayoniga bo‘lgan qiziqish boshqa bir qator yangi yo‘nalishlarni hosil bo‘lishiga olib keldi. Shular qatorida landshaftshunoslik va geokimyo fanlari orasida landshaftlar geokimyosi yo‘nalishi shakllandi. Bu yo‘nalishning eng asosiy xususiyati landshaftshunoslikning obyektini geokimyo fani tadqiqot usullar bilan o‘rganishdir.
Landshaftlar geokimyosidagi yetakchi ilmiy g‘oyalarning shakllanishi "geokimyoviy landshaft" tushunchasining muallifi va landshaftlar geokimyosi ilmiy maktabining asoschisi B.B.Polinovning bir qator maqolalari bilan bog‘liq bo‘ldi. Uning tushunchasida geokimyoviy landshaft kimyoviy moddalarning migratsiya xususiyatlari bo‘yicha ajratilgan yerning bir qismidir. Ushbu olim Dokuchayevning tabiat zonalari haqidagi ta'limoti hamda Vernadskiyning tirik organizmlarning geologik ahamiyati haqidagi ta'limoti asosida landshaftlar geokimyosining metodologiyasini yaratdi.
Landshaftlar geokimyosi yo‘nalishining keyingi taraqqiyoti asosan A.I.Perelman va M.A.Glazovskayalarning ilmiy izlanishlari bilan bog‘liq bo‘ldi. Ularning muallifligida tayyorlangan bir qator monografiyalar va o‘quv qo‘llanmalar ko‘pchilikka yaxshi tanish. Ana shu qo‘llanmalar asosida ko‘pgina universitetlarda landshaftlar geokimyosi bo‘yicha maxsus kurslar o‘rgatila boshlandi. Chunki, xalq xo‘jaligining ko‘pgina tarmoqlarida, jumladan foydali qazilmalarni izlab topishda, yangi yerlarni o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlarini rivojlantirishda, tabiat muhofazasi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etishda landshaftlarning geokimyoviy xususiyatlarini o‘rganishning ahamiyati katta ekanligi ayon bo‘lib qolgan edi. Bu yo‘nalish landshaftshunoslikning amaliyot bilan yaqinlashishida juda qo‘l keldi. Masalan, geologiya-qidiruv ishlarida landshaftlarga insonning xo‘jalikdagi faoliyati ta'sirini chuqurroq tahlil qilish imkoniyatini yaratdi.
Landshaftlar geokimyosining eng asosiy vazifalaridan biri landshaftlar orasida, ularning komponentlari orasida va morfologik qismlari orasida ro‘y beradigan kimyoviy jarayonlarni, kimyoviy unsurlarning ko‘chib yurishi, tarqalishi yoki jamlanishini o‘rganishdan iborat. Kimyoviy unsurlarning almashinish jarayoni landshaftlarning hosil bo‘lishi, tuzilishi, maxsus faoliyati va taraqqiyoti kabi muhim xususiyatlarini ko‘p jihatdan belgilab beradi.
O‗zbekiston Respublikasining tekislik qismida olib boriladigan meliorativ tadbirlar tarkibida sho‗rlangan yoki sho‗rlanishga moyil bo‗lgan yerlarning suv-tuz tartibini maqbul darajada boshqarish-landshaft unumdorligini oshirish va qayta tiklashning asosiy mezonlaridan hisoblanadi. Shuni nazarda tutgan holda yer zaxiralaridan foydalanishning asosiy tarxida sho‗rlangan yerlar melioratsiyasiga
alohida e‘tibor beriladi. Undan tashqari mavjud suv zaxiralaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishni texnik iqisodiy asoslash (GEA)-yirik va murakkab gidromeliorativ, suv-xo‗jalik inshoatlarini loyihalash, ko‗rish va xar tomonlama o‗rganilishi umumiy yoki ayrim hududlarda suv muvozanatini (suv istemol qilish va chiqarish tashlash). Yaqin va uzoq kelajakda saqlab qolish bosh chizmada o‗z
ifodasini topishi shart.
Download 113,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish