X U L O S A
Biz ulug‘ ma’rifatparvar Muhammad Rizo Ogahiyning ma’naviy va
insonparvarlik qarashlari va faoliyatini o‘rganish natijasida quyidagi xulosaga
keldik:
1. XX asr boshlarida Turkiston xalqlarining ijtimoy-ma’rifiy tafakkuri
rivojida yangicha o‘zgarishlar, xayrli siljishlar boshlandi. Matbuot, maorif
kabi madaniyat yangiliklari xalq hayotiga dadil kirib keldi. Bu davr tarixining katta
bir hodisasi bo‘lgan jadidchilik harakati bilan birga jadid maorifi ham rivoj topdi.
Bu yangicha maorifning ham yo‘l boshchisi Ogahiy edi.
2.
Ogahiyning ma’rifiy qarashlaridagi ilg‘or fikrlar, amaliy xulosalar
bugungi kunda ham juda qadrli va ahamiyatli. Uning qarashlari asr bosh-
laridagi ijtimoiy hayot bilan g‘oyat bog‘liq bo‘lsa-da, hozirgi kunimizga
ham hamohang. YOshlar ta’lim tarbiyasiga e’tibor, chet ellarda farzandlarni
o‘qitish ishi, to‘y hashamlardagi sarf harajatlarini isloh qilish, millat
rivoji uchun sog‘lom avlodlar ta’lim-tarbiyasi masalasini umummillat
ahamiyatiga molik darajasiga ko‘tarish fikrlari hozir ham hukumatimiz
jonkuyarlari tomonidan baralla aytilmoqda va amalga oshirilmoqda.
3.Ogahiyning ijodida pessimistik (ayniqsa, Muhammad Rizo Ogahiy
asarlarida) kayfiyatlar ko‘zga tashlansa-da, ular insonning poklanishiga, ma’naviy
yuksalishiga ishonganlar. Jamiyatdagi, kishilardagi illatlarni fosh etish insondagi
ezgu, olijanob, axloqiy fazilatlarni ko‘paytirishni, insonni barkamol bo‘lib
etishishiga yordamlashishni nazarda tutgan. Aynan ushbu yondashish Ogahiyning
ijodidagi gumanistik g‘oyalardan barkamol avlodni shakllantirishda unumli
foydalanishga undaydi.
4.Ogahiyning badiiy asarlarida, lirikasida insonga, mahbubaga, yorga mehr-
muhabbat, chuqur sevgi, jo‘shqin ishq tarannum etilgan. YOrni ham, ishqni ham
turlicha talqin qilish mumkin, lekin ularning insonga qaratilganini, aynan inson
pok, buyuk, olijanob tuyg‘ularga, muhabbatga loyiq zot ekanini inkor qilib
bo‘lmaydi. Muhammad Rizo Ogahiy “mehri ruxsori olam aro nurfosh deb ataydi.
76
Mahbubadagi komillik, husn, latofat, mehr, ibo, hayo Shoirlarni o‘ziga tortadi.
Inson ko‘rki-jamolini ham komillikning ko‘rinishi sifatida ulug‘lashga undaydi.
Ko‘rinib turibdiki, yor, mahbuba shunchaki psixofiziologik va estetik ehtiyojlarni
qondirish manbai emas, u, eng avvalo, insondir. Ogahiy yorini, mahbubasini inson
bo‘lgani, o‘zida insoniy fazilatlarni, go‘zallikni, mehr va sadoqatni, ibo va hayoni
mujassam etgani uchun ulug‘laydi. SHu ma’noda yor va mahbuba, ishq va
muhabbat mavzulari gumanistik mohiyat kasb etadi.
Muhammad Rizo Ogahiyning ma’rifiy-gumanistik qarashlarini tahlil etish
shuni ko‘rsatadiki, ma’rifatparvar Shoir, zukko tarixnavis olimning ilm-ma’rifat va
ta’lim-tarbiyasi to‘g‘risidagi fikrlari usha davr tuzimi sharoitida jaholat, nodonlik va
savodsizlikka qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ogahiy o‘z
asarlarida inson va uning shaxsiga, aql-idrokiga chuqur hurmat bilan qaradi.
Lekin Ogahiyning xizmati shundaki, u aqlning qudratiga yuksak baho beradi,
ilm-ma’rifatni esa ob’ektiv borliqni bilishning va jaholat hamda nodonlikdan
qutilishning qulay vositasi deb hisoblaydi.
Ogahiy o‘z davrining ma’rifatparvar Shoiri va zabardast olimi bo‘lib, o‘z
asarlarida ilm-ma’rifatni va yuksak barkamol insonni tarbiyalash, mamla-katda
adolat o‘rnatish uchun xonni ma’rifatparvarlikka va insonparvarlikka chaqirdi.
Ogahiyni bu ta’limoti uning durdona asarlarini tadqiq etuvchilar e’tiborini o‘ziga
jalb etadi.
Tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, quyidagilarni taklif qilish mumkin:
1.
Muhammad Rizo Ogahiyning asarlarini to‘la holda nashr ettirish
lozim.
2.
Muhammad Rizo Ogahiyning uy-muzeylarini tashkil etish.
3.
Muhammad Rizo Ogahiyning hayoti va ijodi faqat filologiya
fakultetida o‘rganiladi, xolos. SHuning uchun mutafakkirlarning hayoti va ijodini
targ‘ib etuvchi tadbirlarni, uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borish kerak.
77
4.Muhammad Rizo Ogahiy asarlarining izohli lug‘atini tuzish maqsadga
muvofiqdir. Ulardagi g‘oyalarni yoshlarga tushunarli tilda izohlab berish talab
etiladi.
5.Muhammad Rizo Ogahiyning asarlarini o‘rganish, konspekt qilish, ularni
“Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanida o‘rganishga tavsiya
etiladigan adabiyotlar ro‘yxatiga kiritish mumkin.
Bizning fikrimizcha, Ogahiyning ilm-fan to‘g‘risidagi nasihatomuz
fikrlari dolzarb xarakterga ega bo‘lib, bu bebaho meros jamiyatimiz uchun sog‘lom
avlodni tarbiyalashning eng muhim muammolarini hal etishga yordam be-rishi
shubhasizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |