Fonema va tovush. Eng kichik lisoniy birlik fonemalardir. Fonema
muayyan til egalarining ma’lum tovushlar tipi haqidagi umumiy tasavvurlaridir. darajada chegaralanganligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham nutqning yozma formasi qanchalik katta ahamiyatga ega bo‘lmasin, u tabiiy nutqning o‘rnini bosa olmaydi. Balki yordamchi vosita bo‘lib xiz-mat qiladi, xolos.
Yozuvning tarixiy ahamiyati. Yozuvning kelib chiqishi va taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan, uning madaniyatining yuqori saviyaga ko‘tari-lishi, shuningdek, siyosiy -huquqiy, estetik va shu kabi fikrlarni qayd qilish hamda keyingi davrlarga qoldirishga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi bilan bog‘liq. Demak, yozuv jamiyatning eng buyuk madaniy kashfiyotlaridan biri bo‘lib, kishilik jamiyatining har tomonlama taraqqiyotida juda katta roli va o‘ziga xos ahamiyati bor.
Xalqlarning qadimiy yozuvini o‘rganish juda katta nazariy va amaliy aha-miyatga ega. Yozuvni o‘rganish va ilgarigi davrlarda yaratilgan yozma
yodgorliklarni o‘qish qadimda amal qilgan tillarning leksik-grammatik
xususiyatlarini, o‘sha yodgorlik egasi bo‘lgan xalqning tarixiy urf-odatlari va madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradi. Agar yozuv bo‘lmaganda, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan yuksak madaniyat namunalari bizgacha yetib kelmagan bo‘lar edi. Homer, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Firdavsiy, Nizomiy, Ulug‘bek, Navoiy, Bobur, Pushkin kabi buyuk siymolarning ajoyib fikrlaridan bahramand bo‘la olmas edik. Jamiyatda kitob, gazeta, jurnal, va umuman matbuotning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati yuksak darajaga ko‘tarila borayotgan hozirgi paytda
yozuvning, yozma adabiy tilning roli ham o‘sib, ta’sir doirasi kengayib bormoqda.
Xulosa
Yozuv o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmay, balki ma’lum bir ehtiyoj va zarurat
asosida fikrni uzoq masofaga yetkazish yoki keyingi avlodlarga qoldirish talabi
bilan yaratilgan. Shu bilan birga, tovush tilidan farqli o‘laroq yozuvning o‘ziga
xos xarakterli belgilari bor.
Birinchidan, yozuv mustaqil va asosiy aloqa vositasi bo‘lolmaydi. U
asosiy aloqa vositasi bo‘lgan til uchun yordamchi hisoblanadi. Shuning uchun
ham yozuv jamiyat taraqqiyotining keyingi davrlarida paydo bo‘lgan. Buning
ustiga yozuv o‘tmishda jamiyat a’zolarining barchasiga emas, balki uning faqat
bir qismigagina xizmat qilar edi. Shuning uchun ham yozuv mustaqil aloqa
vositasi bo‘lolmaydi. Ikkinchidan, yozuvning asosiy vazifasi nutqni uzoq
masofaga yetkazish va keyingi davrlarga qoldirish uchun xizmat qilishdan
iborat. Uchinchidan, ko‘z bilan qabul qilinadigan grafik belgilar yozuvning
asosiy quroli bo‘lib hisoblanadi.
Demak, yozuv ko‘z bilan ko‘radigan va kishilar o‘rtasida o‘ziga xos
aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladigan grafik belgilar sistemasi bo‘lib, uning
jamiyatda o‘ziga xos katta o‘rni va xizmati bor, ya’ni yozuv ma’lum bir masofa
bilan ajralgan odamlar orasidagi aloqalarni yaxshilashda, yozma adabiyotni va yozma adabiy tilni yuzaga keltirishda, ma’lum bir davrda yaratilgan madaniy-adabiy yodgorliklarni keyingi davrga yetkazib berishda muhim rol o‘ynadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |