“Qushcha uchib keldi” ta’limiy o‘yini.
Maqsad: bolalarni o‘yinchoq qushcha bilan tanishtirish;
qushcha, uchyapti, cho‘qiyapti kabi so‘zlarning ma’nosini
tushunish malakasini rivojlantirish; qushchaning harakatlarini
bajara olish malakasini hosil qilish.
Material: qushcha o‘yinchog‘i. U rezinadan, metalldan,
kartondan (qalin qog‘ozdan) qilingan hamda burib yurgiziladigan
yoki qafasdagi qush bo‘lishi mumkin.
Tashkil etish: bolalar gilam ustida doira bo‘lib o‘tirishadi,
o‘rtalarida tarbiyachi o‘tiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |