O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
«TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI» FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Boshlang‘ich ta'limda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar.
Bajardi: ____-BT va STI yo‘nalishi talabasi
Sadullayeva Gulzoda Axmadjon qizi.
Qabul qildi:
URGANCH -2022
Mavzu: Boshlang‘ich ta'limda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar.
REJA:
Kirish.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni
va mohiyati.
Sinfdan tashqari o‘qish darslari va ularning turlari.
Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish
va uni o’tkazish usullari.
Boshlang`ich sinflarning tarbiyaviy ishlar tizimida sinf
rahbarining faoliyatini tashkil etish metodikasi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yхati.
KIRISH.
Bu talablardan kelib chiqib yoshlarimizning tegishli ixtisosliklar bo’yicha chuqurlashtirilgan bilimlarga ega bo’lishi, mustaqil va ijodiy fikrlash salohiyatiga ega bo’lgan shaxs darajasiga ko’tarilishlari, o’z fikrlarini izchil tarzda yozma va og’zaki bayon eta olishlari, bilimlarini muntazam yangilab oshirib borishlari, mustaqil va ijodiy fikrlay olishlari, o’z millatini va Vatanlarini sevishlari, milliy qadriyatlarni, buyuk shoirlarimiz qoldirgan noyob durdonalarini hurmat qilishlarini taqozo etadi.
“Bolaning jismoniy va psixologik rivojlanishidagi eng asosiy davr – bu boshlang’ich sinf davridir. Hammamiz bilamizki, sobiq tuzum sharoitida bu masalaga, afsuski, yetarlicha ahamiyat berilmas edi. Quyi sinflarda dars berish asosan o`rta maxsus ma`lumotga ega bo`lgan muallimlarga topshirib qo`yilgan edi. Boshlang’ich ta`limning yosh avlod hayotidagi roli va ahamiyatini hisobga olgan holda, bunday nomaqbul holatga butunlay barham berildi va bu vazifani bugungi kunda oliy ma`lumotli, yuksak professional mahoratga ega bo`lgan pedagog kadrlar bajarmoqda.
Qabul qilinadigan dasturda boshlang’ich ta`limning sifatini oshirish, ta`lim standartlari, o`quv dasturlari, darslik va qo`llanmalarni takomillashtirish, ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish masalalari o`z ifodasini topishi kerak” .
Azal-azaldan har qaysi ota-ona o’z bolasining sog’lom va barkamol bo’lishini istaydi. Shunday farzandni voyaga yetkazish, uning hayotda munosib o’rin egallashiga erishish – ota-onaning eng ulug’, eng muqaddas orzusi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz.
Biz sog’lom deganda, nafaqat jismoniy, balki ma`naviy jihatdan ham sog’lom bolani o’zimizga tasavvur etamiz.
Mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab yurtimizda sog’lom ona- sog’lom bola masalasi davlat siyosatining usutuvor yo’nalishiga aylangani, keng ko’lamli umummilliy dasturlarimiz doirasida amalga oshirayotgan ulkan ishlarimiz jahon miqyosida ham tan olingani sizlarga yaxshi ma`lum.
Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim-tarbiya berishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. Maktab o‘qituvchilarining faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan.
Har bir bola o‘z xulq-atvoriga, xarakteriga ega. Bolalarni tar- biyalashda ularning ana shu o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, o‘rganish nihoyatda murakkab. Bunda odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni o‘zida aks ettiruvchi maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlar uning ana shunday xususiyatlarini bilishlari lozim. O‘qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari uning professiogrammasida ifodalanadi.
Pedagoglik kasbi sohasida; bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, pedagogik ishni sevish; ruhiy pedagogik ziyraklik, pedagogik takt, pedagogik tasavvur; tashkilotchilik qobiliyati; haqqoniylik; dilkashlik; o‘zini tuta bilish; kasbiy layoqatlilik.
Keng ilmiy saviya, ma’naviy ehtiyoj va qiziqish, intellektual qiziqish, yangilikni his qila bilish; pedagogik ma’lumotlarni oshirishga intilish esa bilish sohasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |