2.Boshqaruv usullarining turlari va ularning ahamiyati
Mehmonxona korxonalarini boshqarish amaliyotida turli uslublar va ularning har
xil uyg‗unliklari birvarakay qo‗llanadi. Shuni qayd etish kerakki, iqtisodiy adabiyotlarda
boshqaruv uslublari mazmuni, ta‘sir obyekti va ularning tasnifi tushunchalarining
yagona talqini mavjud emas. Biroq, tasniflash usulidan qat‘i nazar, boshqaruv
uslublarining barchasi bir-birini to‗ldiradi. Zero, ularning mo‗ljali bitta - turli mehnat
faoliyati bilan shug‗ullanuvchi odamlarga yordam berish. Boshqaruvning muayyan
uslubida mazmun ham, mo‗ljal ham, tashkiliy shakl ham muayyan tarzda
mujassamlashadi. Shundan kelib chiqib, boshqaruvning quyidagi uslublarini ajratish
mumkin:
1) iqtisodiy uslublar;
2) tashkiliy-ma‘muriy uslublar;
3) ijtimoiy-psixologik uslublar.
Do'stlaringiz bilan baham: |