O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/103
Sana13.05.2020
Hajmi2 Mb.
#51199
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103
Bog'liq
mehmonxona xojaligini boshqarish

 
3-MAVZU.
 
BOSHQARISH NAZARIYASI VA AMALIYOTINING 
RIVOJLANISH TARIXI 
Reja: 
1.Boshqaruv nazariyasining rivojlanish tarixi 
2.O„zbekistonda menejmentning paydo bo„lish jarayonlari 
3.Menejmentning tarixiy rivojlanish bosqichlari 
4.Menejment tarixining bosqichlari va maktablari 
 
1.Boshqaruv nazariyasining rivojlanish tarixi 
Xorijiy  menejment  monopolistik  kapitalizm  davrida  vujudga  kelgan.  Uning 
shakllanishidan  oldin  boshqaruv  vazifalarining  ajratilishi,  unga  xos  bo‗lgan  boshqaruv 
mehnatining tarqalishi, uning maxsus nazariy asos yaratilishiga ehtiyoj o‗sishi yuz berdi. 
Menejment  nazariyasini  asoschilari  Teylor,  Ford,  Gilbert,  Emerson,  Fayol  va 
boshqalardir.  Boshqaruv  nazariyasining  tarixan  dastlabki  yo‗nalishi  «klassik» 
(an‘anaviy)  maktab  nomini  olgan.  Bu  maktabning  vujudga  kelishida  amerikalik 
muhandis va tadqiqotchi Frederik Teylorning xizmati katta.  
Iqtisodiyotni  boshqarish  sohasining  yana  bir  yirik  nazariyotchisi  -  Garrington 
Emerson  (1853-1931)  edi.  U  «Unumdorlikning  o‗n  ikki  tamoyili»  asarini  yozib,  bu 
asarda  u  birinchi  bo‗lib  inson  faoliyatini  maqbullashtirishga  qarashlar  tizimini  bayon 
qilib berdi. Emerson quyidagi tamoyillarga asoslangan maksimal mehnat unumdorligiga 
erishish usulini ishlab chiqdi. 
- Aniq belgilangan g‗oya va maqsudlar; 
- Aqli rasolik; 
- Asosli maslahat; 
- Qat‘iy intizom; 
- Xodimlarga nisbatan adolatli munosabat


 

10 
- Markazlashtirish; 
- Tezkor, ishonchli, to‗liq, aniq va doimiy hisob
- Me‘yor va tartib
- Sharoitni normallashtirish; 
- Operatsiyalarni  me‘yorlash; 
- Yozma standart qo‗llanmalar; 
- Unumdorlik uchun rag‗batlantirish. 
O‗z  xulosalariga  qo‗shimcha  qilib  boshqarish  uslubini  bayon  qilish  bilan  muallif 
klassik konsepsiyaga salmoqli xissa qo‗shdi. 
Sanoat  korxonalarini  tashkil  etish  va  boshqarish  masalalarini  o‗rgangan  yana  bir 
amerikalik iqtisodchi Gamilton Cherch (1866-1936) o‗z diqqat e‘tiborini boshqarishning 
umumiy  nazariy  tamoyillariga  qaratdi.  Amerikalik  boshqa  nazariyotchilardan  farqli 
G.Cherch  tayyor  qonun  -  qoidalarni  tavsiya  qilmagan.  U  barcha  sanoat  korxonalarini 
boshqarishning  umumiy  nazariy  tamoyillarini  belgilab  berdi,  boshqaruvning  umumiy 
vazifalari bilan uni tashkil etish tamoyillarini ko‗rsatib berdi.  
O‗zining  «ishlab  chiqarishni  boshqarish  asoslari»  kitobida  u  boshqarish 
vazifalarining  quyidagi  klassifikatsiyasini  bayon  qilib  bergan:  loyihalashtirish,  uskuna 
bilan  ta‘minlash,  buyuruvchilik,  hisob  va  amalga  oshirish.  G.Cherch  kitobining  ayrim 
nazariy qoidalar hozirgi davrda ham ilmiy va amaliy qimmatga egadir. 
Ilmiy  boshqaruv  rivojlanishiga  hisob  va  rejalashtirishning  chizma  usulini  ishlab 
chiqqan  Genri  Gant  (1861-1919)  va  ishini maqbullashtirish uchun standart harakatlarni 
qo‗llab ayrim ishlarni bajarish usullarini taklif etgan Frenk Gilbert (1868-1924) salmoqli 
xissa  qo‗shganlar. Shuningdek, menejment nazariyasiga Fransuz muhandisi Anri Fayol 
muhim  xissa  qo‗shgan,  u  boshqaruv  vazifalari  maqbullashtirish  -  oldindan  ko‗ra  olish, 
tashkil  etish,  buyurish,  kelishuv,  nazorat  qilishga  tenglashtirgan  1916  yilda  uning 
«Umumiy  va sanoat boshqaruvi», 1924 yilda «Mehnatni ilmiy tashkil etish» va «Ijobiy 
boshqaruv»  asarlari chop etildi.  
Genri  Ford  ishlab  chiqarish  korxonalarini  boshqarishning  tashkiliy-texnikaviy  
tamoyillarini yaratgan. Fordizm faqat boshqaruv texnikasi va tashkil etish rivojlanishida 
emas,  balki  mehnat  unumdorligi  o‗sishida  ham  yangi  bosqich  bo‗ldi. Ford ham Teylor 
singari kam xarajat bilan yuqori mehnat unumdorligiga erishishni maqsad qilib qo‗ygan 
bo‗lsada, unga boshqa yo‗l bilan erishishga harakat qildi. Teylor inson mehnatini tashkil 
etishga  alohida  e‘tibor  bergan  bo‗lsa,  Ford  texnika,  texnologiya,  ishlab  chiqarishni 
takomillashtirishga e‘tibor bergan.  
XX  asrning  20-yillaridan  menejment  rivojlanishining  yirik  kapitalistik  ishlab 
chiqarish  ehtiyojlariga  asoslangan  yangi  bosqichi  boshlandi.  Nazariyotchilar 
Teylorizmni  nisbatan  moslashuvchan  tizim  bilan  almashtirishga  harakat  qildilar.  Ular 
boshqarishning  sotsiologik  va  psixologik  jizatlariga  e‘tibor  berib,  ularni  ilmiy 
menejment tarkibiga kiritdilar.  
Davlat  va  iqtisodiyotni  boshqarish  nazariyasining  ayrim  jihatlari  sharqning 
iqtisodiy  g‗oya  rivjlanishiga  xissa  qo‗shgan yirik alloma va davlat arboblari  - Farobiy, 
Ibn Sino (IX-X asr), Xos Xojib (XI-XII asr), Amitr Temur. Ibn Holdun (XIII-XIY asr), 
Bobur, Alisher Navoiy asarlarida yoritilgandir. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish