O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/103
Sana13.05.2020
Hajmi2 Mb.
#51199
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   103
Bog'liq
mehmonxona xojaligini boshqarish

 
4-MAVZU.
 
MEHMONXONALARDA BOSHQARUV FUNKSIYALARI 
Reja: 
1.Boshqarishning rejalashtirish funksiyasi 
2.Boshqarishning  tashkil  etish  funksiyasi,  boshqarishning  motiivatsiya 
funksiyasi 
3.Boshqarishning nazorat funksiyasi 
4.Boshqarishning muvofiqlashtirish funksiyasi 
 
1.Boshqarishning rejalashtirish funksiyasi 
Rejalashtirish  -  boshqaruv  bosqichlaridan  biri  bo‗lib,  bu  bosqichda  har  qanday 
turistlik  strukturaning  maqsadlari  hamda  ularga  erishish  usullari  aniqlanadi.  Ba‘zi 
hollarda  o‗z  oldiga  qo‗ygan  maqsadlariga  erishgach  firma  to‗xtatiladi,  boshqa  hollarda 
esa yangi yanada muhimroq maqsadlar qo‗yiladi. Bu shuni anglatadiki rejalashtirish bir 


 

15 
martalik  funksiyani  aks  ettirmaydi.  Bu  uzluksiz  jarayon  bo‗lib,  ma‘lum  bo‗lgan 
imkoniyatlar,  shartlar  va  omillar  Evaziga  firma  foaliyatini  takomillashtirishning  yangi 
usullari va yo‗llarini o‗rganadi. 
Korxona  siyosatining  shakllanishi  ko‗pincha  yuqori  darajali  boshqaruv  bo‗lganda 
amalga  oshiriladi.  Turistlik  firma  siyosatining  hamma  holatlari  yetakchi  turistlik 
tasavvur ko‗rinishida tasvirlanadi. Yetakchi turistlik tasavvur uzoq muddatli maqsadlar, 
falsafa,  korxona  siyosati  (turli  xil  manfaatdor  guruhlar  bilan  o‗zaro  munosabatlarning 
tamoyillari), korxona madaniyati va uning qonuniy tomonlarini o‗z ichiga oladi. Shunga 
muvofiq  ravishda  aniq  bir  turistlik  mintaqa  uchun,  avvalambor  gap  shu  mintaqaning 
raqobatbardoshligi to‗g‗risida boradi. 
Rejalashtirish funksiyasi o‗z ichiga quyidagi ishlarni oladi: 
-turizmni  boshqaruvchi  organlar  tomonidan  o‗rganilayotgan  mintaqada  turizmni 
rivojlantirish maqsadlarini qayta ishlashda ishtirok etish
-hududning  joriy  raqobatbardoshligi  tahlili  (bozor,  bevosita  va  bilvosita 
raqobatchilar, talab, ta‘minotchilar, tarmoq) ni o‗tkazish; 
-mintaqaning  raqobatbardoshliligi  va  alohida  jihatlarini  hisobga  oluvchi 
strategiyani ishlab chiqish; 
-mintaqa  raqobatbardoshligi  strategiyasini  hayotga  tadbiq  etish,  avvalambor 
turistlik korxonalarga innovatsion menejment o‗tkazish to‗g‗risida maslahat berish. 
Menejmentning  funksiyasi  sifatidagi  rejalashtirishning  natijasi  turistlik  tasavvurlar 
bo‗lishi  mumkin.  Shunday  qilib,  turistlik  korxona  faoliyatini  rejalashtirishda 
quyidagilarni bilish maqsadga muvofiq: 
-kelajak maqsadlarining sifati, miqdori va vaqtini;  
-tizimli va axborotlar asosida aniqlashtirish jarayonini
-shakllantirish vositalari va usullarini;  
-korxonani boshqarish va rivojlantirishni. 
Umuman  rejalashtirish  jarayonida  mehmonxona  maqsadlari  qanday  bo‗lishi  va  bu 
maqsadlarga erishish uchun shu mehmonxona a‘zolari nima qilishi  kerakligi to‗g‗risida 
qaror  qabul  qilinadi.  Bu  ertangi  kunga  tayyorgarlik  bo‗lib,  nimalar  talab  qilinishi  va 
bunga  qanday  erishishni  aniqlaydi.  Ya‘ni,  rejalashtirish  jarayonida  quyidagi  savollarga 
javob topish kerak bo‗ladi: 
-Bizning bugungi real holatimiz qanaqa? 
-Firmamiz maqsadlariga erishish uchun qanday yo‗lni tanlashimiz kerak? 
-Qanday usullar va resurslar vositasida qo‗yilgan maqsadlarga erishish mumkin? 
Reja  korxonaning  kelajakdagi  murakkab  ijtimoiy-iqtisodiy  modelini  o‗zida  aks 
ettiradi. Rejalashtirish jarayonining bosqichlari asosan ko‗pqir-ralidir. Muayyan usul va 
strategiyalarga  keladigan  bo‗lsak,  ular  mohiyatan  bir-biridan  farqlanadi.  Odatda, 
mehmonxona  umumiy  faoliyatini  boshqarish  uchun  yagona  rejani  shakllantiradi,  lekin 
undan chetlashmagan holda alohida menejerlar muayyan maqsad va vazifalarni bajarish 
uchun  turli  xil  usullarni  qo‗llashadi.  Xullas  aniq  bir  davr  mobaynida  mehmonxona 
o‗tishi  kerak  bo‗lgan  yo‗l  xaritasi  tuziladi.  Rejalashtirishning  har  qanday  vaziyatlarga 
mos    keladigan  yagona  usuli  mavjud  emas.  Rejalashtirish  jarayoni  mehmonxona 
darajasiga qarab amalga oshiriladi. 


 

16 
Bu  darajadagi  rejalashtirishning  asosiy  vazifasi  mehmonxona  o‗zining  bozor 
sharoitida  o‗zini  qanday  tutishini  aniqlash.  Boshqaruvning  o‗rta  darajasidagilar  taktik 
rejalashtirish bilan shug‗ullanishadi, ya‘ni strategik maqsadlarga erishish yo‗lidagi oraliq 
maqsadlarni  aniqlaydilar.  Taktik  rejalashtirish  strategik  rejalashtirish  bilan  har 
tomonlama to‗g‗ri kelishi kerak. 
Faqatgina yagona farqi shundaki, agar masalan 3 ta turli bo‗limlarning boshliqlari 
bor  bo‗lsa  ularning  har  biri  o‗z  faoliyatini  qolgan  ikkala  bo‗lim  boshliqlari  bilan 
moslashtirishi kerak va bu rejada aks ettirilishi kerak. Taktik rejalashtirishning yana bir 
ma‘suliyatli  tomoni  shundaki  taktik  reja  strategik  reja  g‗oyasi  asosida  tuzilishi  kerak. 
Reja  mehmonxonaning  qo‗yi  bo‗g‗inida  ham  amalga  oshiriladi.  Bu  operativ  reja  deb 
atalib,  rejalash-tirishning  asosiy  negizidir.  Operativ  rejalarda  faoliyat  standartlari, 
ishlarning  tavsifi  va  boshqalar  bir  tizimga  solinadi.  Bu  tizim  asosida  har  bir  kishi 
umumiy va bosh maqsadga erishish uchun butun kuchini ishga soladi.  
Biroq  hech  kim  yakka  holda  o‗z  maqsadlarini  o‗rnatmaydi  va  ularga  erishishning 
o‗z  yo‗lini  tanlamaydi.  Har  bir  menejer  operativ  reja  asosida  o‗zining  qisqa  muddatli 
taktikasini  ishlab  chiqadi.  Buning  yordamida  o‗zining  har  bir  faoliyatining  to‗g‗ri 
bo‗lishini  ta‘minlaydi,  mehmonxona  faoliyatining  kuchli  va  kuchsiz  tomonlarini 
aniqlaydi.  Bunday  yondashuv  doimiy  ravishda  kamol  topishi  uchun  sharoit  yaratib 
beradi.  Bu  uchala  turdagi  rejalar  umumiy  tizimni  tashkil  qiladi  va  bu  tizim  bosh  yoki 
umumiy rejani yoki bo‗lmasam biznes-reja deb ataladi.  
Rejalashtirishning  va  boshqaruv  funksiyasining  ham  samaradorligi  ko‗p  jihatdan 
quyidagi tamoyillardan qaysilariga tayanilganiga bog‗liq: 
To‗liqlik-rejalashtirish paytida mehmonxona rivojlanishi uchun ahamiyat-li bo‗lgan 
barcha hodisa va holatlar hisobga olinishi zarur
Aniqlik-rejalarni  tuzishda  bashoratning  aniqligini  ta‘minlovchi  zamonaviy  usullar, 
vositalar, taktikalardan foydalanish lozim; 
Oshkoralik-rejalashtirish maqsadi va usullari mehmonxonaning har bir a‘zosi uchun 
tushunarli, oson va sodda bo‗lishi kerak; 
Uzluksizlik-bu bir martalik akt emas, uzluksiz jarayon; 
Tejamkorlik-rejalashtirishga  ketadigan  xarajatlar  undan  keladigan  foydadan  kelib 
chiqishi lozim. 
Rejalashtirish  menejarlar  o‗z  ishida  qo‗llashi  mumkin  bo‗lgan  barcha  usullar, 
taktika  va  chora-tadbirlardan  foydalanishni  taqozo  etadi.  Rejalashtirish  ko‗rinishlari 
an‘anaviy  usullar  ya‘ni  budjet  usuli,  modellashtirish  usuli,  rejaning  har  bir  bo‗limini 
o‗yinlar  nazariyasi  va  ssenariyni  loyihalashtirish  asosida  ishlab  chiqish  usuli  kabilar 
natijasida doimo o‗zgarib turadi. 
Bunday  texnikadan  foydalanish  rejalashtirishdagi  noaniqliklarni  kamaytiradi, 
istiqbolning  to‗g‗riligini  tasdiqlaydi,  menejerlarga  rejaga  tasir  qiluvchi  omillarni 
aniqlash va tahlil qilishga yordam beradi. 
Rejalashtirishda  qo‗llaniladigan  vositalarning  bir  qancha  keng  tarqalgan  turi  bu 
budjet  usulidir.  Uning  yordamida  naqd  pullar,  kapital  va  boshqa  resurslarning  oqib 
kelishi va chiqib ketishini yaqqol tasavvur qilish mumkin. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish