Ikki oyoqda depsinib sakrash. Bunday usul bilan oldinga, oldinlab yon
tomonga va oraliq yo‘nalishalarda sakraladi.
Turgan joydan sakraganda o‘yinchi depsinish oldidan tezda salgina
cho‘nqayadi. Oyoqlarni faol to‘g‘rilash bilan birga gavda og‘irlik markazining o‘q
sakrash tomoniga o‘tkaziladi va qo‘llar silkitiladi. Yugurib kelib sakra-yotganda
so‘nggi qadamda bir oyoqni taqqa to‘xtaydigan qilib qo‘yiladi. Cho‘nqayish
paytida ikkinchi oyoq birinchisi bilan tezgina juftlanadi. Depsinishda havoda
uchish va yerga tushish fazalari turgan joydan sakragandagi kabi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |