O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


 Hayot sug„urtasini amalga oshirishdagi mavjud muammolar va



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/140
Sana12.07.2022
Hajmi3,63 Mb.
#779279
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   140
Bog'liq
fayl 1641 20210826

7.3. Hayot sug„urtasini amalga oshirishdagi mavjud muammolar va
ularni bartaraf etish yo„llari 
Bugungi kunda O‗zbekiston sug‗urta bozorida hayot sug‗urtasini amalga 
oshirishda va ushbu faoliyatni rivojlantirishda bir qator muammolar mavjud. 
Jumladan;
 
- aholining sug‗urta madaniyatining pastligi - albatta bu so‗z birozgina 
qo‗pol eshitilgani bilan, ammo haqiqat ekanligini tan olishimiz kerak. Chunki 
haqiqatdan ham hozirgi kunda jamiyat o‗rtasida sug‗urta haqidagi tasavvur, ong, 
sug‗urta haqidagi madaniyat, sug‗urta haqidagi tushuncha insonlar onggida hali 
unchalik darajada shakllanmaganligi hech birimizga sir emas. Bu esa bizning, 
ya‘ni sug‗urta sohasida faoliyat ko‗rsatayotgan kishilarning eng katta 
muammoimizdir. Bu masalani echishga hozirgi vaqtda barcha sug‗urta 
kompaniyalari bel bog‗lagan desak adashmagan bo‗lamiz. Jamiyatga sug‗urtaning 
afzallik taraflarini tushuntirish, ularga sug‗urtaning o‗zini nima ekanligini 
tushuntirish har bir sug‗urta sohasida faoliyat olib borayotgan kishilarning oldida 
turgan muhim vazifadir; 
 
- aholining sug‗urtaga nisbatan ishonchining pastligi. Sug‗urtaga bo‗lgan 
ishonchni tahlil qilishdan avval keling sug‗urtaning tarifini bir eslab ko‗raylik. 
―Sug‗urta – bu yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy manfaatlarini himoya 


97 
qiluvchi tadbirkorlik tarmog‗idir‖. U insonlarning tinchligi, sog‗ligi, osoishtaligi 
yo‗lida xizmat qiladi. Nega kishilar unga ya‘ni sug‗urta sohasiga unchalik darajada 
ishonch bildirishmayapti? Bu kimning aybi, yoki boshqacha qilib aytadigan 
bo‗lsak kimning kamchiligi? Insonlarning ishonchini qozonish bu juda qiyin 
masala, ammo uni yo‗qotib qo‗yish bu juda oson. Shunday ekan aholining 
sug‗urtaga bo‗lgan ishonchini oshirish borasida ko‗plab ishlar amalga oshirilishi 
zarur. Bu O‗zbekiston Respublikasi sug‗urta kompaniyalarining zimmasida turgan 
juda zarur, shuning bilan dolzarb masaladir;
- aholi bilan ishlash tizimining umuman yo‗qligi. Avvalam bor sug‗urta 
kompaniyalarning aholi bilan ishlash tizimiga nimalar kirishini keltirib o‗tsak. 
Bular: 
1.
Joylarda aholi o‗rtasida turli tadbirlar o‗tkazish. 
2.
Seminarlar tashkil qilish. 
3.
Aholining sug‗urtaga bo‗lgan munosabatini o‗rganish. 
4.
Uni qanday sug‗urta xizmatlarini qiziqtirishini bilish. 
5.
Maktab, kolledj, litseylarda sug‗urta sohasida konfirensiyalar o‗tkazish. 
Yuqorida sanab o‗tkanlarimizdan qaysi biri sug‗urta kompaniyalari 
tomonidan yo‗lga qo‗yilgan, yoki qo‗yilmoqda. Bu bir tarafdan uncha muhim 
emasdek ko‗rinishi mumkin, biroq bu tadbirlar aholining sug‗urtaga bo‗lgan 
qarashlarini bir oz bo‗lsa ham o‗zgartirishiga shubhamiz yo‗q;
- sug‗urta sohasida malakali kadrlarning etishmasligi. Hozirgi kunda 
O‗zbekiston Respublikasi sug‗urta kompaniyalarida ishlovchi hodimlarning 
ko‗pchiligi, aniqroq qilib aytadigan 90% sug‗urta sohasida ta‘lim olishmagan. Ular 
yillar mobaynida sug‗urta sohasida ishlab tajriba orttirishgan. Biz bu bilan ularni 
qoralamoqchi emasmiz, ammo har bir sug‗urta kompaniyasida xizmat qilayotgan 
xodim sug‗urta sohasida o‗qigan, shu sohaning mutahassisi bo‗lishi lozim. Chunki 
bu unga kelajakdagi faoliyatida juda kerak bo‗ladi. Shu paytgachan hech bir oliy 
o‗quv yurtlarida sug‗urta yo‗nalishida ta‘lim berilmagan. Mana endigina shu 
masalaga e‘tibor qaratildi. Bu kelajakda o‗zining juda katta ijobiy natijasini beradi. 
O‗zbekistondagi hayot sug‗urtasi bo‗yicha mavjud muammolar: 


98 
-
hayot sug‗urtasi haqida aholi orasidagi sug‗urta madaniyatining past 
darajada ekanligi; 
-
respublika sug‗urta bozorida hayot sug‗urtasi faoliyatini yurituvchi 
kompaniyalarning kamligi; 
-
inflyasiyaning sezilarli darajada ekanligi; 
-
hayot sug‗urtasi uchun kelib tushgan sug‗urta mukofotlaridan byudjetga 
majburiy to‗lovlar to‗lanishi; 
-
hayot sug‗urtasi bo‗yicha malakali sug‗urta agentlarining kamligi; 
-
hayot sug‗urtasi mohiyatini yoritib beruvchi manbalarning kamligi. 
Muammolarni bartaraf etish yo‗llari: 
-
aholining sug‗urta madaniyatini oshirish; 
-
hayot sug‗urtasi haqida reklamalar berish; 
-
hayot sug‗urtasini mazmun mohiyatini o‗zida mujassamlashtirgan hujjatli 
film ishlab chiqib, uni keng ommaga taqdim etish; 
-
sug‗urta bozorida raqobatbardosh hayot sug‗urtasi kompaniyalarini tashkil 
etish; 
-
soliq tizimida islohotlar olib borish lozim; 
-
hayot sug‗urtasi bo‗yicha yuqori malakali agentlar tayyorlash.
-
hayot sug‗urtasi ma‘lumotlar bazasini yaratish: kitoblar, elektron darsliklar. 
Ma‘lumki mamlakatimizda islohotlar rejali asosda amalga oshirilmoqda. 
Iqtisodiyotning barcha soxalaini bosqichma-bosqich mustaxkamlash nafaqat 
tovarlar va xizmatlar xajmining o‗sishida, infratuzilmaning takomillashida, balki 
axoli turmush darajasining ortishida xam o‗z aksini topmoqda.
Bunga inflyasiya darajasining prognozlashtirilgan doirada tartibga solinishi, 
import o‗rnini bosish va bozorni yuqori sifatli tovar va xizmatlar bilan to‗ldirish 
siyosati, shuningdek eng kam ish xaqining doimiy ravishda oshirib borilishi, 
axolining sotib olish qobiliyatining ortishiga sabab bo‗lmoqda. SHu sababli, hayot 
sug‗urtasi bozorining saloxiyati borasida bemalol jadal o‗sish sur‘atlarini kutish 
mumkin. Yoshi ulug‗larni qadrlash, bolalarga yaxshi ta‘lim berishni ta‘minlash va 
kelajakda ularning yaxshi hayot tarzini ta‘minlash kabi milliy qadriyatlarimizni 


99 
xisobga olgan xolda, xozirda annuitet, pensiya va aralash hayot sug‗urtasi turlariga 
katta e‘tibor qaratilmoqda.
Umuman, bozorda mavjud bo‗lgan va kelajakda kiritilishi mo‗ljallangan xar 
bir sug‗urta maxsuloti fuqarolarning ijimoiy xolati va daromad darajasidan qat‘iy 
nazar keng ko‗llanishi mo‗ljallangan. Hayot sug‗urtasi turlari bir qator moliyaviy
imkoniyatlar bilan birgalikda xar bir fuqaroga bir qator uzoq muddatli ijtimoiy va 
moliyaviy muammolarni xal etish va shu bilan birgalikda ishonchli sug‗urta 
ximoyasi bilan ta‘minlashnish imkonini beradi. Bunday afzalliklarni jamlovchi 
sug‗urta maxsulotlarini ―oqilona investitsiyalar‖ deb nomlash mumkin, va umid 
qilamizki, yaqin kelajakda ushbu moliyaviy instirument, o‗z hayotidagi eng muhim 
bo‗lgan-o‗z oilasining farovonligini ta‘minlashni xoxlovchi xar bir O‗zbekiston 
aholisining hayot tarzining ajralmas qismi bo‗lib qoladi. 
Xulosa qilib aytganda hayot sug‗urtasi turlarini rivojlanishiga to‗sqinlik 
qilayotgan bir necha faktorlarni sanab o‗tishimiz mumkin: 
- hayot sug‗urtasi haqida aholi orasidagi sug‗urta madaniyatining past 
darajada ekanligi; 
- respublika sug‗urta bozorida hayot sug‗urtasi faoliyatini yurituvchi 
kompaniyalarning kamligi; 
- inflyasiyaning sezilarli darajada ekanligi; 
- hayot sug‗urtasi uchun kelib tushgan sug‗urta mukofotlaridan byudjetga 
majburiy to‗lovlar to‗lanishi; 
- hayot sug‗urtasi bo‗yicha malakali sug‗urta agentlarining kamligi; 
- hayot sug‗urtasi mohiyatini yoritib beruvchi manbalarning kamligi. 
Muammolarni bartaraf etish yo‗llari 
- aholining sug‗urta madaniyatini oshirish; 
- hayot sug‗urtasi haqida reklamalar berish; 
- hayot sug‗urtasini mazmun mohiyatini o‗zida mujassamlashtirgan hujjatli 
film ishlab chiqib, uni keng ommaga taqdim etish; 
- sug‗urta bozorida raqobatbardosh hayot sug‗urtasi kompaniyalarini tashkil 
etish; 


100 
- soliq tizimida islohotlar olib borish lozim; 
- hayot sug‗urtasi bo‗yicha yuqori malakali agentlar tayyorlash.
- hayot sug‗urtasi ma‘lumotlar bazasini yaratish: kitoblar, elektron darsliklar. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish