15.5. O„zbekiston Respublikasida majburiy tibbiy sug„urtani tatbiq
etishdagi muammolar
Aholi salomatligi holati nafaqat mamlakatning ijtimoiy rivojlanishi,
ijtimoiy-iqtisodiy va gigienik sog‗-salomatligi aks ettirilishining asosiy
ko‗rsatkichi, balki jamiyatning kuchli iqtisodiy, mehnat, mudofaa va madaniyat
potensiali hamda farovonlik omili va tarkibiy qismidir.
An‘anaviy aholi salomatligi holati, quyidagi aniqlovchi ko‗rsatkichlar
tizimida tavsiflanadi:
aholining
takror
ishlab
chiqarish
xususiyatlari
(demografik
tavsinoma);
jismoniy kuchlar yoki ishga layoqatlilar zahirasi (aholining
fiziologik rivojlanishi ko‗rsatkichlari);
aholining atrof-muhit sharoitlariga moslashishi xususiyatlari holati,
uning faoliyati;
tibbiy yordam ko‗rsatuvchi davolash muassasalari tarmog‗ining holati va
faoliyati.
Shuningdek, ijtimoiy sog‗liq holatini tavsiflash uchun iqtisodiy tavsifga ega
mezonlardan ham foydalaniladi:
yalpi ichki mahsulot (YAIM)da sog‗liqni saqlashga yo‗naltirilgan
xarajatlar hissasi;
ushbu xarajatlar tarkibi (statsionar yordamga va
ambulatoriyaga, profilaktik va boshqa sog‗liqni saqlash tadbirlariga).
Sog‗liqni saqlash sohasida o‗tkazilgan islohotlar natijasida qator demografik
ko‗rsatkichlarning yaxshilanganligi qayd etildi. Mustaqilik yillari davomida
mamlakatimiz uchun qulay tendensiya, ya‘ni tug‗ilish sur‘atining pasayishi yuz
berdi. Umr ko‗rish ko‗rsatkichi pasayishi davri tugab, aksincha uning oshishi
davom etmoqda. Umumiy o‗lim darajasi kamaydi, go‗daklik va onalik o‗limi
pasaydi. Umumiy kasallikning kamayishi qayd etilmoqda. Ayrim yuqumli
kasalliklarga qarshi kurashda ma‘lum muvaffaqiyatlarga erishildi.
248
Sog‗liqni saqlash tizimining ayrim hal etilmagan muammolariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
-
moddiy-texnik bazaning zaifligi, boshlang‗ich bo‗g‗inning yuqori
malakali kadrlar bilan yetarlli ta‘minlanmaganligi; uning moliyaviy tizimining
takomillashmaganligi; aholiga to‗liq zaruriy bepul va sifatli tibbiy xizmat
ko‗rsatishni ta‘minlashga imkon bermaydi;
-
shoshilinch tibbiy yordam ko‗rsatish xizmati yetarllicha asbob-anjom bilan
ta‘minlanmaganligi, jumladan yetarlli darajada bo‗lmaganligi bilan bog‗liq
aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko‗rsatish darajasining pastligi;
-
davlat davolash muassasalarida ishlovchilar ish haqining yetarllicha
tabaqalanmaganligi uyda o‗tiradiganlarning tibbiy xizmat to‗loviga qo‗shimcha
xarajatlar qilishiga sabab bo‗ladi.
O‗rta
muddatdagi,
yaqin
kelajakdagi
sog‗liqni
saqlashni
rivojlantirishning birlamchi yo‗nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
-
sog‗liqni saqlash tizimi birlamchi bo‗g‗inini zamonaviy asbob-uskuna,
transport va aloqa vositalari, sog‗liqni saqlash muassasalari tayyorlash va qayta
tayyorlash sifatini oshirishni ta‘minlash yo‗llari orqali ular salohiyatini
rivojlantirish;
-
kasallikning oldini olish, sog‗liqni saqlash va mustahkamlash tadbirlarini
o‗tkazish, jumladan aholini immunizatsiyalash, sog‗lom turmush tarzini targ‗ib
qilishni kuchaytirish;
-
sanitar-epidemiologik sharoitlarni yaxshilash uchun maqsadli tadbirlar
majmuasini amalga oshirish;
-
bolalar o‗limini qisqartirish va onalikni himoya qilishni kuchaytirish;
-
VICH, OITS (SPID), tuberkulez singari yuqumli kasalliklarga qarshi
kurash.
Bu maqsadlarni investitsiya loyihalari doirasida amalga oshirishda jismoniy
infratuzilma va ikkinchi hamda uchinchi bo‗g‗in muassasalari dasturlarini
yaxshilashga alohida o‗rin ajratiladi.
249
Sog‗liqni saqlash tizimini ―smetali moliyalashtirishdan davlat xarajatlari
ratsionalizatsiyasini ta‘minlaydigan, ko‗rsatilgan xizmatlar hajmiga qarab
moliyalashga bosqichma-bosqich o‗tishni davom ettirish lozim. Uzoq va borish
qiyin bo‗lgan nohiyalarda o‗z vaqtida tibbiy yordamni ta‘minlash uchun birinchi
bo‗g‗in muassasalarini ixtisoslashgan transport va asbob-uskunalar bilan
jihozlanishini ta‘minlash, alohida diqqat-e‘tiborni talab etadi; sog‗liqni saqlash
sektorini byudjet manbalari, byudjetdan tashqari fondlar tashkil etish va donor
yordami hisobidan moliyalashtirish hajmini asta-sekin oshirish.
Shuning uchun sotsial yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish
sharoitida sog‗liqni saqlashni rivojlantirishning muhim jihatlaridan biri uning
moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo‗lishi kerak. Sotsial iqtisodiyotda
sog‗liqni saqlash byudjeti uchta asosiy manbalardan – davlat byudjeti, tibbiy
sug‗urtaning majburiy mablag‗laridan va fuqarolarning mablag‗laridan
yig‗ishtirilishi kerak.
Davlat byudjeti mablag‗lari majburiy tibbiy sug‗urtalanganlar dasturiga,
ya‘ni bu tizimga mablag‗ o‗tkazmaydigan (nafaqaxo‗rlar va ishlamaydigan
nogironlar) kishilar uchun tibbiy xizmat to‗lovlariga foydalanilishi kerak.
Majburiy tibbiy sug‗urta tizimi mablag‗lari shu tizimda sug‗urtalanganlar
uchun majburiy va tibbiy sug‗urta dasturini moliyalashtirish uchun sarflanishi
kerak.
Jismoniy
shaxslar
mablag‗lari
tibbiy
sug‗urta
mablag‗laridan
moliyalashtirilgan dasturdan tashqari tibbiy xizmat to‗lovlari uchun foydalaniladi.
Bu mablag‗lar ko‗ngilli tibbiy sug‗urta tizimida (sug‗urta kompaniyasi hujjatlari)
to‗planishi mumkin yoki majburiy tibbiy sug‗urta dasturi tarkibiga kirmaydigan
keyingi tibbiy xizmat to‗lovlariga foydalanilishi mumkin.
Bozor iqtisodiyot sharoitida byudjet yuklamasini kamaytirish maqsadida
sog‗liqni saqlash sohasining keyingi rivojlanishi bu sohada sog‗liqni saqlash
sohasida xususiy sektorni kengaytirishga bog‗liq bo‗ladi.
Odatda, sug‗urta kompaniyalar uchun jismoniy shaxslardan ko‗ra korporativ
mijozlar bilan ishlash manfaatliroqdir. Birinchidan, bunda ko‗lamdan tejaladi:
250
mijozlarni jalb qilish va ularga xizmat ko‗rsatishning o‗rtacha xarajatlari qisqaradi.
Ikkinchidan, bunda ommaviylik ta‘minlanadi va bu sug‗urta biznesining daromad
keltiruvchanligining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Uchinchidan, o‗z-o‗zini
mustaqil ravishda sug‗urtalovchi jismoniy shaxslardan farqli ravishda
kompaniyalarning xodimlari sug‗urta summasini faol sarflashga unchalik
intilmaydilar. Gap shundaki, korporativ sug‗urtalashda xodim uchun sug‗urta
mukofotini korxona to‗laydi, jismoniy shaxs esa uni o‗zi to‗laydi, shuning uchun
ham sarflagan pullari evaziga maksimal foyda olishga, ya‘ni sug‗urta summasining
hammasini sarflashga intiladi.
O‗zbekistonda majburiy tibbiy sug‗urtalash samarali modeliga o‗tish –
murakkab va uzoq jarayon bo‗lib, bir qator shart-sharoitlar mavjud bo‗lishini
nazardatutadi, va quyidagilar O‗zbekistonda majburiy meditsina sug‗urtasini tatbiq
etishdagi muammolar va kamchiliklar deb hisoblanishi mumkin:
-
tibbiy sug‗urtalashni tartibga soladigan me‘yoiy-huquqiy asoslar yo‗qligi;
-
tibbiy sug‗urtalash bo‗yicha sug‗urta mukofotining soliqqa tortiladigan
bazaga (daromad solig‗i, ijtimoiy ajratmalar) kiritilishi, bu sug‗urtalashga
rag‗batlantirishni kamaytiradi;
-
sog‗liqni saqlashga yo‗naltiriladigan moliyaviy resurslarning yetarlli
emasligi va ulardan samarasiz foydalanilishi. Byudjet mablag‗larini ajratish
ko‗pincha xizmat ko‗rsatilayotgan aholi soni, ko‗rsatlayotgan xizmatlar sifati va
hajmiga qarab emas, balki oldingi davrlarda ajratilgan mablag‗lar boshlang‗ich
darajasidan kelib chiqib belgilanadi;
-
rasman bepul xizmatlar olish uchun byudjet muassasalari tibbiyot
xodimlariga norasmiy to‗lovlarning juda keng tarqalganligi. Mos ravishda,
ixtiyoriy tibbiy sug‗urtalash qo‗llash sohasi rasman tijorat asosida taqdim
etiladigan xizmatlar bilangina chegaralanadi;
-
aholi tomonidan ixtiyoriy tibbiy sug‗urtalash bo‗yicha xizmatlarga
talabning pastligiva natijada ixtiyoriy tibbiy sug‗urtalashning, ayniqsa, jismoniy
shaxs tomonidan to‗lanadigan polislar bo‗yicha ziyon ko‗rishi;
251
-
kasalliklar turlari, o‗lim holatlarining sabablari bo‗yicha batafsil
keltirilgan tibbiyot statistikasi ma‘lumotlariga ega bo‗lishning qiyinligi. Keng
hajmli statistika yo‗qligi sababli sug‗urta qiluvchilar qabul qilinayotgan sug‗urta
risklarini real baholash imkoniyatidan mahrumlar.
So‗ngi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha sohalarida katta ishlar
amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, sug‗urta sohasida ham chuqur islohotlar
amalga oshirildi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 apreldagi
PQ-618-sonli ―Sug‗urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qarori, sug‗urta, sug‗urta faoliyati va sug‗urta
nazoratining qonunchilik va me‘yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishni
nazarda tutishi buning yaqqol misolidir. Yuqorida qayd etib o‗tilgan qaror asosida
qabul qilingan qonunlarning kiritilishi, mamlakat sug‗urta bozorida ijtimoiy
ahamiyatga ega bo‗lgan majburiy sug‗urta tizimining shakllanishiga katta hissasini
qo‗shdi.
O‗zbekiston sug‗urta bozori Markaziy Osiyoda eng tezkor sur‘atlar bilan
rivojlanayotgan bozorlardan biri hisoblanadi. Bozor bir necha yildan beri barqaror
o‗sish sur‘atiga ega bo‗lib kelmoqda, bu esa, o‗z navbatida uning mamlakat
iqtisodiyotidagi rolini oshirib bormoqda. Ma‘lumki, mamlakat moliya sektorining,
shu jumladan, sug‗urta sohasining rivoji mamlakatning umumiqtisodiy ahvoli bilan
chambarchas bog‗langan. Sug‗urta sohasi mamlakat iqtisodiyotining rivoji bilan
uzviy bog‗liqligi sababli, ushbu soha mamlakatdagi umumiqtisodiy o‗zgarishlarga
juda tez ta‘sirchan hisoblanadi.
Mamlakatda majburiy sug‗urtalarni rivojlantirish ular sonini ko‗paytirish
bilan emas balki ko‗rsatiladigan hizmat turining bugungi kunda qanday darajada
iste‘molchilar manfaatlarini himoya qilishi bilan baholanadi. Ko‗rsatiladigan
xizmatlarning ommabopligi, mijozlarni bu sug‗urta xizmatiga qiziqishlarini
oshirish ularga xizmat ko‗rsatish sifatini xorijiy davlatlar darajasida tashkil etish,
ko‗rsatilayotgan sug‗urta davrida shartnomani to‗liq bajarilishi kelajakda uzoq vaqt
davomida bu sug‗urta turining davomiyligini kafolatlaydi.
252
Ixtiyoriy tibbiy sug‗urta xizmatlariga aholi tomonidan talabning pastligi
ma‘lum darajada tibbiy sug‗urtaning afzallik va qulayliklarini tushunmaslik bilan
bog‗liq. Shunga mos ravishda talabni ma‘rifat va targ‗ibot orqali oshirish mumkin.
Shu munosabat bilan, sug‗urta kompaniyalari tibbiy sug‗urta masalalariga
bag‗ishlangan seminarlar, davra suhbatlari, teleko‗rsatuvlar o‗tkazish bilan bog‗liq
faoliyatlarni jonlantirish lozim. Shuningdek, bu maqsadlarga milliy xususiyatlarni
hisobga olgan holda mahalla qo‗mitalarini jalb qilish keng targ‗ibotni
tezlashtirishga hamda aholi tomonidan sug‗urtaning ushbu turini ijobiy qabul
qilinishiga imkon berishi mumkin.Shuni ta‘kidlash lozimki, agar sug‗urtalangan
shaxs tibbiy xizmatlardan ushbu sug‗urtaning qulay va manfaatli ekanligini bilib
turib sug‗urta polisi orqali foydalangan bo‗lsa (bunda sug‗urta mukofotining kichik
bir qismini to‗lagan mijoz bir necha baravar katta miqdordagi tibbiy xizmatlardan
foydalanadi), odatda ixtiyoriy tibbiy sug‗urta polisining amal qilish muddatini
keyingi davrga ham uzaytiradi. Ixtiyoriy tibbiy sug‗urtasidan tushadigan
daromadlarning pastligi, ba‘zan esa (ayniqsa jismoniy shaxslar tomonidan
to‗lanadigan polislar bo‗yicha) zararkorligi. Ushbu zararkorlikni faqat ixtiyoriy
tibbiy sug‗urta ko‗lamini kengaytirish yo‗li bilangina bartaraf qilish mumkin.
Ixtiyoriy tibbiy sug‗urta faoliyatini tartibga soluvchi me‘yoriy-huquqiy baza
yo‗q. Faqat ixtiyoriy tibbiy sug‗urta bilan shug‗ullanuvchi sug‗urtalovchilar uchun
mo‗ljallangan qo‗shimcha maxsus imtiyozlar yo‗q (Izoh: bugungi kunda davlat
rahbari va mamlakat hukumatining turli qarorlariga binoan sug‗urtalovchilar
faoliyatini jonlantirishga qaratilgan qator imtiyozlar joriy qilingan). Ixtiyoriy tibbiy
sug‗urta tizimiga qo‗yilgan asosiy talablarni, tomonlarning huquq va
majburiyatlari hamda ixtiyoriy tibbiy sug‗urtani amalga oshirishning asosiy
shartlarini, yagona ta‘riflarni (masalan, ambulator-poliklinika xizmatlariga nimalar
kiradi yoki tibbiy ko‗rik deganda nima tushuniladi kabi) belgilab beruvchi
me‘yoriy-huquqiy baza yo‗q. Faoliyat ko‗rsatib turgan assistans kompaniyalari
xalqaro standartlarga mutlaqo javob bermaydi, ularda xizmat ko‗rsatish tezkorligi
yo‗q, xizmat ko‗rsatuvchi operatorlarning malakasi past. Bunday operatorlar
yuqori malakali tibbiyot xodimlari bo‗lishlari kerak, ular murojaat qilgan
253
sug‗urtalangan shaxslarning holatini tushunibgina qolmay, balki taxminiy tashxis
qo‗ya olishlari va mijozni kerakli ixtisosdagi klinikaga yuborishlari lozim.
Darhaqiqat, bunday operator lavozimlarida asosan o‗qishdan bo‗sh paytda
qo‗shimcha daromad ishlab olmoqchi bo‗lgan, tibbiyot oliy o‗quv yurtlarida
o‗qiyotgan talabalar ishlaydilar. Albatta, assistans xizmatiga qo‗ng‗iroq qilish ham
tibbiyot muassasasiga qo‗ng‗iroq qilish yoki tez yordam chaqirishdek gap. Biroq,
assistans xizmati orqali uyga tez yordam yoki shifokor qanchalik tezkorlik bilan
chaqirilishi noma‘lumdir.
Ixtiyoriy tibbiy sug‗urtani amalga oshirish texnologiyasini shunday tashkil
etish kerakki, tibbiyot muassasasiga kirish erkin bo‗lsin, ya‘ni buning uchun
sug‗urtalangan shaxs sug‗urta polisi va shaxsni tasdiqlovchi hujjat ko‗rsatib
o‗tirishga majbur bo‗lmasin. Ehtimol, standart A4 o‗lchamdagi sug‗urta polislari
o‗rniga istalgan tibbiyot muassasasida foydalanish mumkin bo‗lgan, terminalga
ulanganda sug‗urta shartlari (dasturi) ko‗rsatib turiladigan plastik kartochkalar
tizimiga o‗tish davri kelgandir.
Sug‗urta bozorining rivojlanishida va taraqqiy etishining asosiy garovi bu
aholining sug‗urta madaniyatining rivojlanganlik darajasi hisoblanadi. Sug‗urta
tashkilotlari o‗z mijozlarini ko‗paytirish va sug‗urtaga jalb qilish maqsadida,
targ‗ibot, tashviqot va reklama kabi sug‗urta madaniyatini oshirishga xizmat
qiladigan turli tadbirlarni amalga oshirib boradilar. Sug‗urtaning mohiyatini
tushungan va undan manfaatdor bo‗lgan yuridik va jismoniy shaxslar sug‗urta
tashkilotlarining xizmatlaridan foydalanib kelmoqdalar.
O‗zbekistonda tibbiy sug‗urta bozorini rivojlantirishning muammolari:
- mamlakat tibbiy sug‗urta bilan shug‗ullanadigan sug‗urtachilari sezilarli
qismi yetarlli darajada kapitalizatsiyalashtirilmagan. O‗zbekiston sug‗urta
kompaniyalari ko‗pchiligi o‗zida nisbatan katta bo‗lmagan qaltisliklarni ushlab
qolishi mumkin. Shuning uchun ko‗pchilik sug‗urtalovchilar ko‗prok qayta
sug‗urtalovchi brokerlar vazifasini bajarishadi. Mamlakat sug‗urtachilari va qayta
sug‗urtachilari ilgaridek kapitalningoshirish talabini sezishmoqda. Buni avvlo
mamlakat va chet el investorlari uchun O‗zbekiston sug‗urta industriyasi
254
jozibadorligini oshirilganda, amalga oshirish mumkin va Assotsiatsiya bu
jarayonda aktiv ishtirok etadi;
- ikkinchi muammo – bu mamlakat tadbirkorlari va bizning aholidagi
sug‗urta madaniyatini yetarlli darajada emasligi. Bu yo‗nalishda nafaqat sug‗urta
xizmatlarining aniq turlari yoki alohida sug‗urta kompaniyalari reklamasi, bundan
tashqari, sug‗urtani tadbirkorlarni, fuqarolarni va davlatning mulkiy qiziqishlarini
himoya qilishning samarali shakli sifatida tashviqot ishlarini amalga oshirish kerak
va bu faoliyatni bolalar bog‗chasi va maktablardan boshlash kerak deb o‗ylaymiz;
- uchinchi va oldingilaridan ahamiyati kam bo‗lmagan muammo – bu tibbiy
sug‗urtada ishlaydigan hodimlarning tayyorlash va qayta tayyorlash. Zamonaviy
sug‗urta tizimini muvaffaqiyatli va jo‗shqin rivojlanishi respublikada bilimlarga
ega bo‗lgan va zamonaviy talablarga muvofiq sug‗urta ishlarini olib borish
tajribasiga ega bo‗lgan malakali hodimlarning tanqisligi tufayli to‗xtab turibti. Har
hil baholashlarga qaraganda sug‗urta tuzimida 7 dan 10 minggacha odam
mashg‗ul. Sug‗urtalovchilar hodimlarini malaka darajasini oshirish maqsadida, o‗z
ichiga nafaqat asosiy bilimlar va amaliy ko‗nikmalarni olgan shuningdek sug‗urta
tizimi xodimlarini malakasini doimo oshirishni nazarda tutgan, yagona ta‘lim
tizimini yaratish nazarda tutilgan.
O‗zbekistonda tibbiy sug‗urtaning o‗ziga xos jihatlari to‗g‗risida
gazetamizning avvalgi sonlarida batafsil hikoya qilganmiz. Sug‗urtaning mazkur
turini amalga oshirish mexanizmi ma‘lum bir xududda istiqomat qilayotgan
aholining turmush darajasi, qolaversa, u yoki b u mamlakatdagi sog‗liqni saqlash
tizimining o‗ziga xos xususiyatlari bilan bog‗liq. Sug‗urtaning jahon bozorida har
bir mamlakat tibbiy sug‗urta borasida o‗z tajribasi va uni amalga oshirish
sxemasiga ega.
Tibbiy sug‗urtaning xorijdagi zamonaviy tizimlarida moliyalashtirishning
uchta manbasi etakchilik qiladi. Ular: davlat subsidiyalari, ish beruvchilarning
maqsadli badallari va ishchilarning o‗zlari to‗laydigan badallar. Ushbu
manbalarning nisbati turli hil mamlakatlarda turlicha bulib, bir-biridan katta fark,
qiladi.
255
Ayniqsa, sug‗urtalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish masalasi
dolzarb hisoblanadi. Germaniya qonunchiligiga binoan, har bir amaliyotchi vrach
o‗zining kasb javobgarligini sug‗urtalashi shart. Aynan mana shu tartib
mamlakatda tibbiy yordam sifatini va bemorlar huquqlari muxofazasini
ta‘minlashning muhim omili hisoblanadi. Jabrlangan tomon ko‗proq tovon olish
imkoniyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |